Alvido, ey Gulsari (qissa)
Chingiz Aytmatov
114
library.ziyonet.uz/
raykomning birinchi sekretariga bogʻliq edi. U masalani Segizboyev moʻljallagan
tomonga burib yubordi. – Bakasovni jinoiy javobgarlikka tortishni menimcha keragi
yoʻq. Lekin u partiya safida qolishga loyiq emas. Bu masalada oʻrtoq Segizboyev
butunlay haqli. Ovozga qoʻyaman. Bakasovni partiyadan oʻchirilsin, degan oʻrtoqlar qoʻl
koʻtarsin.
Byuro a’zolari yetti kishi edi. Uchtasi oʻchirilsin, deb qoʻl koʻtardi, uchtasi qarshi. Faqat
Qashqatoyevning oʻzi qoldi. U bir oz kechikib, oʻchirilsin deb qoʻl koʻtardi. Tanaboy
hech narsani koʻrmadi. U oʻz masalasining hal qilinganligini faqat Qashqatoyevning
sekretar' ayolga aytgan soʻzlaridan keyingina eshitdi.
– Protokolga yozib qoʻying. Raykom byurosining qarori bilan oʻrtoq Bakasov Tanaboy
Do'stlaringiz bilan baham: |