Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
125 
library.ziyonet.uz/ 
 
Ularga qoʻshilib Tanaboyning oʻzi ham bor ovoz bilan faryod chekib butun tonggi ovulni 
larzaga keltirdi: 
 
– Choro-oo! Choro-o-o-o! Choro-o-o-o! 
 
U otini yoʻrttirib borar ekan, egar ustida u yoqdan-bu yoqqa chayqalib bu dunyodan koʻz 
yumgan doʻsti xotirasi uchun zor-zor yigʻlar edi... 
 
Mana Choroning hovlisi. Gulsarini eshik oldiga bogʻlab qoʻyibdilar, uning ustida motam 
yopigʻi. Sagʻrisiga tushayotgan qor uchqunlari asta-sekin erib ketayotgan edi. Gulsari 
endi egasiz qoldi. Quruq egar bilan turardi. 
 
Tanaboy oʻzini otining yoliga tashlar, qaddini koʻtarib, yana tashlanar edi. Kishilarning 
yuzini tuman bosgandek zoʻrgʻa ajrata olardi. Hamma yoqda yigʻi-sigʻi. Gʻala-gʻovur 
ichida kimningdir: 
 
– Tanaboyni otdan tushirib, Choroning oʻgʻli oldiga olib boringlar, – deganini ham 
eshitmasdi. 
 
Bir necha kishi uni otdan tushirishga yordamlashdi, qoʻltigʻidan olib, odamlar orasidan 
olib oʻtishdi. 
 
– Meni kechir, Choro, meni kechir! – yigʻlardi Tanaboy. 
 
Hovlida Choroning oʻgʻli student Shomansur uy devoriga yuzini qoʻyganicha turardi. U 
oʻgirilib jiqqa yoshga toʻlgan koʻzlarini Tanaboyga tikdi. Ular yigʻlab quchoqlashib 
koʻrishishdi. 
 
– Sen otangdan, men doʻstimdan judo boʻldik! Meni kechir Choro! Meni kechir! – 
entikib hoʻngrab yigʻlardi Tanaboy... 
 
Soʻngra ularni ajratishdi. Shu payt Tanaboyning koʻzi, yonida turgan xotinlar orasidagi 
Bibijonga tushdi. U Tanaboyga qarab koʻz yoshlarini duv-duv toʻkardi. Uni koʻrish bilan 
Tanaboy yanada hoʻngrab yigʻlab yubordi. 
 
U Bibijonning yaqinroq kelib, tasalli berishini, koʻz yoshlarini artishini istardi. Ammo u 
yaqin kelmadi. Joyida turganicha yigʻlardi. Tanaboyni boshqalar ovutmoqchi boʻlishardi. 
 
– Bas qil, Tanaboy, yigʻidan naf yoʻq, boʻldi endi. 
 
Bundan uning dard-alami oshib, yana zor-zor yigʻlardi. 
XXII 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling