Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
120 
library.ziyonet.uz/ 
 
anglay olmadi. Yon-atrofida qoʻylar yoʻtalishar, qoʻzichoqlar ma’rashardi. Endi bilsa 
qoʻyxonada yotgan ekan. Hovlida tong yorishib kelmoqda. Nega uygʻondi? Nima uchun? 
Uygʻonmagani ma’qul edi. Birgina oʻlimdan boshqa iloj qolmadi, oʻzini oʻldirishi kerak. 
...Shundan soʻng u ariqdan hovuchlab suv ichdi. Suv nihoyatda sovuq boʻlib, yuzi 
yupqagina muzlagan edi. Qaltiroq barmoqlari orasidan suv shildirab oqib tushar, u boʻlsa 
yana hovuchini suvga toʻldirib, sipqorib ichardi. Bir oz nafasini rostlab oʻziga keldi, faqat 
shundagina u oʻzini oʻldirish haqidagi fikri ahmoqona fikr ekanligini tushunib yetdi. 
Insonga bir marta beriladigan hayotdan qanday qilib oʻzini mahrum etish mumkin?! 
Segizboyevlar shunga arziydimi? Yoʻq, hali Tanaboy yashashni xohlaydi, hali u togʻni 
talqon qiladi... 
 
Uyiga qaytib kelib miltiq va patrontoshni sekingina bekitib qoʻydi va shu kuni kechgacha 
ishladi. Xotini bilan qizchalari va saqmonchi ayollar bilan shirin muomalada boʻlmoqchi 
edi-yu, lekin xotinlar biron narsani sezib qolishmasin deb oʻzini qoʻlga oldi. Xotinlar esa, 
goʻyo hech narsa roʻy bermaganday, hamma ish joyida ekanday, oʻz ishlari bilan 
mashgʻul edilar. Tanaboy ularning bu qiligʻidan gʻoyat xursand edi va lom-mim 
demasdan ishni davom ettiraverardi. U yaylovga chiqib, qoʻylarni haydab kelishga 
yordam berdi. Kechqurun havo ayniy boshladi. Qor yoki yomgʻir yogʻishi aniq edi. Chor- 
atrofdagi togʻlarni tuman qoplab, koʻk yuzini qalin bulutlar chulgʻab olgan edi. Yana 
qoʻzichoqlarni sovuqdan asrash haqida bosh qotirish kerak. Yana qirgʻin boshlanmasin 
uchun qoʻyxonani tozalab, ostiga somon sochish lozim edi. Tanaboy diqqat boʻlar, lekin 
oʻtgan voqealarni imkon qadar unutishga, umidsizlikka tushmaslikka harakat qilardi. 
 
Havo qorongʻilashganda qoʻrada bir otliq paydo boʻldi. Jaydar uni qarshi oldi. Ular 
allanimalar haqida gaplashishardi. Bu vaqt Tanaboy qoʻyxonada ish bilan band edi. 
 
– Bir daqiqaga bu yoqqa chiq, – xotini uni chaqirdi, – bir odam kelibdi. – Tanaboy 
xotinining ovozidan qandaydir koʻngilsiz voqea roʻy berganini sezdi. 
 
Hovliga chiqib, otliq bilan koʻrishdi. U odam qoʻshni ovulning choʻponi ekan. 
 
– E, Aytboy, senmisan? Otdan tush. Qayerlardan soʻraymiz? 
 
– Ovuldan kelayotirman. Bir ish bilan borgan edim. Aytishlaricha, Choro qattiq kasal 
ekan. Sen albatta oldiga borarmishsan. Shunday deb tayinladilar. 
 
«Yana Choro». Unutilgan gʻam-alamlar yana qaytadan yangilanadi. Tanaboy uning 
diydorini koʻrishni istamasdi. 
 
– Nima, men doʻxtirmidim? U hamisha kasal. Usiz ham tashvishim boshimdan oshib 
yotibdi. Koʻrib turibsan-ku, havoning avzoyi ham buzilib kelyapti. 
 
– Borasizmi, bormaysizmi, bu yogʻini oʻzingiz bilasiz. Menga tayinlagan gaplarini kelib 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling