Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
106 
library.ziyonet.uz/ 
 
 
– Tanaboy! Tanaboy! Es-hushingni yigʻib ol! – Rangi oʻchib ketgan Choro sakrab 
egardan tushdi. 
 
– Nari tur! – itarib yubordi uni Tanaboy. – Men oʻz majburiyatimga ham, butun 
hayotimga ham tupurdim. Qoch! Mening joyim turmada! Sen nima uchun manavi charm 
pal'toli yangi manapni boshlab kelding? Meni xoʻrlash, mening ustimdan kulish yoki 
masxara qilish uchunmi? Meni qamash uchunmi? Qani, ablah, qama meni turmaga! – 
Tanaboy biror narsa olish uchun olazarak boʻlib turdi, qoʻliga devorga suyogʻliq 
panshaxa ilinishi bilan Segizboyevga tashlandi. – Qani, ablah, ket bu yerdan! Yoʻqol! 
 
Jahli chiqqanidan nima qilayotganini bilmay panshaxani silkita boshladi. 
 
Qoʻrqib ketgan Segizboyev yoʻrgʻaning boshini goh u tomonga, goh bu tomonga tortar 
edi. Panshaxa gangib qolgan otning boshiga urilib sakrab ketar, sharaqlab yana uning 
boshiga kelib tushar edi. 
 
Nima uchun Gulsari titrab boshini silkitayotganini, nega muncha suvliq uning qizarib 
turgan jagʻini yirayotganini, nima uchun uning koʻzlari xonasidan chiqib ketay 
deyayotganini gʻazablangan Tanaboy tushunmasdi. 
 
– Qoch, Gulsari, nari tur! Men mana shu charm pal'toli manapni tutib olay, – deb 
baqirardi Tanaboy gunohsiz yoʻrgʻaning boshiga ustma-ust tushirib. 
 
Shoshilib kelgan yosh saqmonchi ayol uning qoʻliga osilib, panshaxani yulib olishga 
urindi. Lekin Tanaboy uni itarib yubordi. 
 
– Qochaylik! Orqaga qochaylik! Oʻldirib qoʻyadi! – deb otiga minib olgan Choro 
Tanaboy bilan Segizboyevning oʻrtasiga oʻzini tashladi. 
 
Tanaboy panshaxa bilan unga ham hamla qildi. Ikkalasi ham ot qoʻyib qoʻradan qochib 
qolishdi. Otlarning dumiga, uzangisiga sapchigan it ham hurib, ularning orqasidan 
yugurdi. 
 
Tanaboy boʻlsa qoqilib-suqilib ularning izidan chopar, qoʻliga tushgan kesakni uloqtirar 
va hamon baqirardi: 
 
– Mening joyim turmada! Turmada! Yoʻqol! Yoʻqol bu yerdan! Mening joyim turmada! 
Turmada!.. 
Keyin u orqaga qaytdi, nafasi boʻgʻziga tiqilib, hamon oʻzicha gʻuldurardi: «Mening 
joyim turmada, turmada!» Uning yonida oʻz burchini bajarganidan gerdayib koʻppak it 
chopib borardi. U oʻz xoʻjayinining maqtovini kutardi, lekin xoʻjayin unga e’tibor 
bermasdi. 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling