Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
102 
library.ziyonet.uz/ 
 
 
Gulsari tarang jilovni tortib gijinglagancha shaxdam qadam tashlab borardi. Xoʻjayini 
sogʻayguncha u qantariqda dam olvolgan edi. Biroq hozir ham uning ustida xoʻjayini 
emas, balki charm pal'to ustidan kiygan brezent plashining barlarini ochib yuborgan 
allaqanday notanish kishi oʻtirar edi. Uning kiyimlaridan bir oz kraska va rezinka hidi 
kelib turardi. Choro boʻlak otda, uning yonida borardi. Yoʻrgʻani u tumandan kelgan 
oʻrtoqqa bergan edi. Gulsari unga kim mingani bilan ishi yoʻq edi. Yilqidan, avvalgi 
xoʻjayinidan ajratib olganlaridan buyon unga koʻp kishilar mingan edi. Har xil odamlar – 
yaxshilari ham, yomonlari ham, egarda qulay va noqulay oʻtirganlar ham bor edi. 
Oliftalarning ham qoʻliga tushdi. Ular otga mingandan keyin suyulib ketishar edi! Ular 
jon-jahdlari bilan otni choptirib birdan jilovini tortib toʻxtatar, oldingi oyoqlari bilan 
tikka turgʻizar va yana urib haydar va yana jilovini zarb bilan tortgancha taqqa toʻxtatar 
edilar. Nima qilayotganini oʻzlari bilmasdilar, faqat hamma uning Gulsarida 
ketayotganini koʻrishsa bas. Hamma-hammasiga koʻnikib qolgan edi Gulsari. Uni 
otxonada saqlab zeriktirib qoʻymasalar boʻlgani. U hamon avvalgi havas, avvalgi 
ishtiyoq: yugurish, yugurish va yana yugurish ishtiyoqi bilan yashardi. U kimni olib 
boryapti, buning unga ahamiyati yoʻq. Buning ot ustida borayotgan kishi uchun farqi bor 
edi. Saman yoʻrgʻani berib qoʻyishibdimi, demak, uni hurmat qiladilar, undan 
hayiqadilar. Kuchli va chiroyli ot edi Gulsari. Unga mingan kishi tinch, rohat qilib 
borardi. 
 
Bu safar yoʻrgʻaga kolxozga vakil qilib yuborilgan tuman prokurori Segizboyev mingan 
edi. Unga kolxoz partorgi hamroh boʻlib borar edi – bu katta hurmat. Partorg ogʻiz 
ochmasdi, ehtimol choʻchiyotgandir: qoʻzilatish yomon ahvolda. Juda yomon edi. 
Shunday ekan ogʻiz ochmagani, choʻchigani ma’qul. Quruq soʻzlar bilan gapga 
aralashishdan nima foyda. Pastki lavozimdagi kishi yuqori lavozimli kishidan hayiqmogʻi 
kerak. Aks holda hech qanday tartib-intizomning boʻlishi mumkin emas. Shundaylari 
ham boʻladiki, ular itoatlaridagi kishilarni oʻzlari bilan teng koʻrib muomala qilishadi
keyin shu kishilarning oʻzidan pand yeyishadi, hasratlaridan chang chiqadi. Hokimiyat – 
katta ish, mas’uliyatli ish, uni boshqarish har kimning ham qoʻlidan kelavermaydi. 
 
Segizboyev egar ustida yoʻrgʻaning bir tekisda qadam tashlashiga monand tebranib, 
shularni oʻylab borardi, uning kayfiyatini yomon deb ham boʻlmasdi, lekin har holda 
choʻponlarni tekshirishga yuborilayotgan ekan, u yerda ehtimol koʻngilsiz ahvolga duch 
kelishi mumkin, buni bilar edi. Qish bilan bahor toʻqnash kelib, bir-biriga yon bergisi 
kelmasdi, bu toʻqnashuvda hammadan koʻp qoʻylar talofat koʻrishardi, qoʻzichoqlar 
nobud boʻlardi, holdan toygan sovliqlar qirilardi, ularni saqlab qolish mumkin emasdi. 
Har yili ahvol shu. Bundan hamma xabardor. Modomiki, uni vakil qilib yuborishgan 
ekan, demak, u kimnidir javobgarlikka tortishi kerak. Tumandagi qoʻylarning katta qismi 
qirilib ketishi hatto unga qoʻl kelishini ichida bilib turardi. Axir chorvachilikdagi ogʻir 
ahvolga tushib qolganiga u, tuman prokurori, raykom byurosining a’zosi javobgar emas. 
Birinchi sekretar' javob berishi kerak. Hali yangi, tumanga yaqindagina kelgan, 
boshqalarning azobini ham u cheksin. Segizboyev boʻlsa, chetdan qarab turadi, u yoqdan 
yuqoridagi oʻrtoqlar ham koʻrishsin, chetdan yangi sekretar' yuborib xato qilib 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling