Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
98 
library.ziyonet.uz/ 
 
 
Oʻzi ham devorga suyanganicha sekin pastga sirgʻalib tusha boshladi va oʻzini tuta 
olmay, yelkasidagi ogʻirlik uni ham asta-sekin pastga buka boshladi. 
 
U boʻgʻiq qiyqiriqdan va qandaydir yerga bir narsaning «gum» etib urilganidai uygʻonib 
ketdi. Hurkib sakrab ketgan qoʻylar uning oyoqlarini bosib oʻtishdi. Tanaboy nima gap 
ekanligini bilmasdan oʻrnidan irgʻib turib, atrofni koʻzdan kechira boshladi. Tong 
yorishib qolgan edi. 
 
– Tanaboy, Tanaboy, yordam ber, – deb chaqirayotgan edi xotini. 
 
U tomon saqmonchi xotinlar, ularning orqasidan Tanaboy yugurib borishdi. Qarasalar, u 
shiftdan qulab tushgan toʻsin yogʻoch ostida yotardi. Toʻsinning bir uchi yomgʻir yuvib 
ketgan devordan sirgʻalib chiqib, chirib qolgan tomning ogʻirligidan qulab tushgan edi. 
Uyqudan asar ham qolmadi. 
 
– Jaydar! – baqirib yubordi u, yelkasi bilan toʻsinning tagiga kirib zarb bilan koʻtararkan. 
 
Jaydar voy-voylaganicha yogʻoch ostidan emaklab chiqdi. Xotinlar bir narsalar deb 
yigʻlab uni paypaslab koʻra boshladilar. Qoʻrquvdan hech narsani tushunolmay qolgan 
Tanaboy ularni har tomonga surib, qaltiroq qoʻllari bilan xotinining fufaykasi ostini 
paypaslay boshladi: 
 
– Nima, nima boʻldi senga? 
 
– Voy, belim! Belginam! 
 
– Lat yedimikin? Qani, qani! – u darhol plashini yechdi, unga Jaydarni solganlaricha 
qoʻyxonadan olib chiqdilar va palataga olib borib koʻra boshladilar. Sirtdan hech qanday 
lat yemaganday edi. Ammo aslida qattiq shikastlangandi. Ogʻriq azobidan qimirlay 
olmasdi. 
 
Jaydar yigʻlardi: 
 
– Endi nima boʻladi? Bu falokat qayoqda kutib turgan ekan, shunday dolzarb kunlarda-
ya, endi hollaring nima kechadi?. 
 
«Ey Xudo! – dedi Tanaboy xayolan. – Tirik qolganiga shukur qilsachi, bu boʻlsa? Qurib 
ketmaydimi bu ish! Faqat sogʻ-omon boʻlsak boʻlgani, boyoqishim...» 
 
U xotinining boshini silay boshladi: 
 
– Nima boʻldi senga, Jaydar, tinchlan, sogʻayib oyoqqa turib ketsang boʻlgani. Boshqa 
ishlar uchun hech tashvish tortma, eplaymiz... 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling