Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
96 
library.ziyonet.uz/ 
 
berilib ketdi. Yer, qoramol, mehnat, istak-orzularning hammasi umumiy boʻlganligidan 
yangi dehqon turmushi uchun kurashda u jonbozlik koʻrsatmasa, kim koʻrsatardi. 
Yoʻqolsin quloqlar! Jangu jadal, keskin kurash davri boshlandi. Kunduz egarda, tunda 
majlis, kengashlarda yurishar, quloqlarni roʻyxatga olishardi. Boylar, mullalar va boshqa 
boyib ketgan kishilar daladagi oʻtlar singari supurib tashlangan edi. Yangi maysalarning 
unib chiqishi uchun dalalarni tozalash kerak edi. Quloqlarni tugatish roʻyxatida Quliboy 
ham borligi ma’lum boʻlib qoldi. Oʻsha kezlarda Tanaboy majlis va miting oʻtkazib ot 
chopib yurar ekan, akasiga jir bitib qolgan edi. Bir bevaga uylanib oldi, xoʻjaligi 
rivojlana boshladi. U qoʻy, sigir, bir juft ot, qulunli sogʻiladigan biya, omoch, borona va 
boshqa narsalarga ega edi. Yigʻim-terim paytida ishchilar yollar edi. Uni boy-badavlat 
boʻlib ketdi deb boʻlmas edi. Ammo kambagʻal ham emas edi. Yaxshi yeb, yaxshi 
ishlardi ham. 
 
Qishloq Sovetining majlisida navbat Quliboyga kelganda Choro: 
 
– Qani oʻrtoqlar, bir oʻylashib koʻraylik. Uni quloq qilish kerakmi yoki yoʻqmi? Quliboy 
singari kishilarning qolxozga foydasi tegib qolmasmikin. Uning oʻzi kambagʻallardan 
chiqqan boʻlsa. Teskari tashviqot olib borgan boʻlmasa, – dedi. 
 
Quliboy haqida turlicha gaplar boʻldi. Kim uning tarafini oldi, kimlar qarshi chiqdi. 
Soʻzlamagan Tanaboy qolgan edi. U qargʻa singari hurpayib oʻtirgan edi. Oʻgay aka 
boʻlsa ham baribir aka. Lekin unga qarshi borishi kerak. Ular bir-birovlarini kam 
koʻrishsa ham tinch-totuv yashashardi. Har biri oʻz ishi bilan ovora edi. Unga tegmanglar 
desa, unda boshqalar nima boʻladi – boshqalarning ham himoyachisi, qarindosh-urugʻlari 
topilishi mumkin. Oʻzlaring hal qilinglar desachi, iniga urib ketdi deyishlari mumkin. 
 
Odamlar uning nima deyishini kutayotgan edilar. Ular Tanaboyning gʻazablanayotgani 
uchun ham kutayotgan edilar. 
 
– Sen, Choro, hamma vaqt shunaqa qilasan! – soʻzlay boshladi u oʻrnidan turarkan. – 
Gazetalarda kitobiy odamlar haqida, joylardagi ziyolilar haqida yozadilar. Sen ham 
ziyolisan. Sen doimo shubhalanasan, biron ishkal chiqib qolmasin deb choʻchiganing 
choʻchigan. Nimaga shubhalanish mumkin? Roʻyxatda bor ekan – demak quloq! Hech 
qanday rahm-shafqat ham kerak emas! Sovet hokimiyati uchun men oʻz otamga ham 
rahm-shafqat qilmayman. U boʻlsa mening akam, sizlar xijolat tortmasangizlar ham 
boʻladi. Sizlar yoʻq desangiz, uni mening oʻzim quloq qilaman. 
 
Quliboy ertasiga unikiga keldi. Tanaboy akasini sovuq kutib oldi, koʻrishish uchun qoʻl 
ham bermadi. 
 
– Nima uchun meni quloq qilasizlar? Axir batrak boʻlib ishlamaganmidik? Axir boy oʻz 
hovlisidan sen bilan meni haydab yubormadimi? 
 
– Endi buning ahamiyati yoʻq. Sening oʻzing boy boʻlib qolding. 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling