Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
93 
library.ziyonet.uz/ 
 
yuqumli kasallik singaridir. Bitta sovliq bolasini emizmasa, boshqalar ham undan oʻrnak 
oladi. 
 
Sarosimaga tushib qoldi Tanaboy. Ular qizcha bilan birgalikda ochlikdan bir-birini yeb 
qoʻyish holiga kelgan ona qoʻylarni qoʻzichoqlari bilan qoʻy qoʻraga qamab, bu yerda 
ularni oʻz bolalarini emizishga majbur etdilar. Tanaboyning oʻzi sovliqlarni tutib turdi
qizi esa qoʻzichoqlarni ularning yeliniga olib bordi. Biroq ona qoʻy aylanib, buralib, 
tipirchilardi. Qizcha bu ishni uddalay olmadi. 
 
– Ota, ular emisha olmayapti. 
 
– Emishadi, oʻzing uddasidan chiqa olmayotgandirsan. 
 
– Yoʻgʻ-e, koʻryapsiz-ku, ular yiqilib tushishyapti. – Qizchaning yigʻlab yuborishiga oz 
qolgan edi. 
 
– Qani ushlab turchi, men oʻzim! 
 
Koshki uning kuchi yetsa ona qoʻyni ushlab turishga. Otasi qoʻzichoqni emchagiga 
tutishi, u endigina ema boshlashi bilan ona qoʻy birdan oʻrnidan qoʻzgʻalib qizchani 
yiqitib qochib qoldi. Tanaboyning toqati toq boʻldi. Qizining yuziga bir shapati urdi. U 
hech qachon bolalarini urmagan edi. Endi esa alamini qizidan oldi. Qizcha burnini tortib 
yigʻlay boshladi. Tanaboy boʻlsa uni tashlab, qoʻl siltagancha chiqib ketdi. 
 
Bir oz yurib qaytib keldi, qizidan qanday kechirim soʻrashni bilmasdi. Uning oʻzi chopib 
keldi: 
 
– Ota, ona qoʻy qoʻzichoqlarni emiza boshladi. Biz oyim bilan ularni sovliqlarga tuta 
boshladik. U endi qoʻzichoqlarni tepib haydamayapti. 
 
– Unday boʻlsa juda soz, yasha qizim. 
 
Birdan oʻzini yengil his qildi Tanaboy. Goʻyo ishlar bir oz yurishganday. Ehtimol, 
qolganlarini yana saqlab qolish mumkin boʻlar. Koʻryapsanmi, havo ham yumshayapti! 
Nogahonda, chinakam bahor boshlanib, choʻponning qora kunlari oʻtib ketsa? Yana u 
ishga tutindi. Ishlash, ishlash! – faqat shu yoʻl bilangina ularni saqlab qolish mumkin. 
 
Otda oʻspirin yigit – hisobchi kelib qoldi. Xayriyat... Ahvol qalay, deb soʻraydi. 
 
Tanaboyning soʻkib yuborishiga sal qoldi. Endi nimasini soʻraysan? 
 
– Ilgariroq qayerda eding. 
 
– Qayerdasi nimasi? Otarma-otar aylanib yuribman, yakka oʻzim ulgurolmayapman. 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling