Library ziyonet uz/ A lvido, ey
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
alvido ey gulsari
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Chingiz Aytmatov 95 library.ziyonet.uz/ boʻlib olib, qimir etmasdan atrofdagi hamma narsaga beparvo turishardi. Yem-xashaksiz uzoq qolib ketishdi. Bahor bilan qish oʻrtasidagi kurash juda ham choʻzilib ketdi. Qoʻyxona sovuq. Qor uchquni tomning yomgʻir yuvib ketgan joylaridan uchib tushib, fonarning xira yorugʻida parvonadek aylanib, sekingina pastga, sovuqdan qotgan qoʻy va qoʻzichoqlarning ustiga qoʻnardi. Tanaboy boʻlsa qattiq jangdan keyin oʻliklarni koʻmish komandasidagi soldatdek hamon qoʻylarning orasida turtinib-surtinib oʻz xizmatini bajarish bilan ovora edi. Endi u oʻzining ogʻir ahvoliga koʻnikkan, ogʻir xayollari, gʻazabi alamzadalikka aylandi. Alamlari yuragiga nashtar boʻlib qadalib, egilishga ham imkon bermas edi. U etigi bilan shaltoqda shaloplab kechib, oʻz ishini bajarib yurarkan, bu tungi soatlarda ba’zan oʻzining oʻtgan hayotini eslardi... U yoshlik kezlarida dastyor choʻpon bola boʻlib yurgandi. Akasi Quliboy bilan birgalikda bir qarindoshlarining qoʻylarini boqib yurishardi. Oradan yil – oʻn ikki oy ham oʻtdi, ular faqat ovqat uchun, kundalik tirikchilik oʻtkazish uchun ishlab yurganlari ma’lum boʻldi. Xoʻjayin ularni aldadi. U gaplashishni ham istamadi. Shu tariqa ular oyoqlari yirtiq choriqlarni sudrab qup-quruq, eski xaltalarini yelkalariga osgancha joʻnab ketdilar. Ketaturib, Tanaboy xoʻjayinga doʻq urdi: «Qarab tur, men ulgʻayganimdan keyin buni esingga solib qoʻyaman». Quliboy esa hech nima demadi. U ukasidan chamasi besh yoshlar katta edi. U bu bilan xoʻjayinni qoʻrqita olmasliklarini bilar edi. Oʻzi xoʻjayin boʻlib qoʻylarga, yerlarga ega boʻlsa unda boshqa gap. «Xoʻjayin boʻlsam – ishchilarni hech qachon xafa qilmayman», deb aytgan edi u oʻsha kezlarda. Shu bilan ular oʻsha yili ajralishib ketdilar. Quliboy boshqa boyning qoʻylarini boqishga ketdi, Tanaboy boʻlsa Aleksandrovkaga borib, muhojir rus dehqoni Yefremov qoʻlida batrak boʻlib ishladi. Bu kishi uncha badavlat boʻlmay, bir juft hoʻkizi, bir juft oti va oʻz yeriga ega edi. Gʻalla ekardi. Avliyo ota shaharchasidagi vol'sovkalik tegirmonda bugʻdoy torttirardi. Oʻzi ertadan to kechgacha ishlardi. Tanaboy koʻproq uning hoʻkizlariga va otlariga qarash bilan ovora boʻlardi. Talabchan edi, ammo adolatsizlik ham qilmasdi. Belgilangan haqni berib turardi. Oʻsha davrdagi qirgʻiz kambagʻallari doimo oʻzlarining hamyurtlari qoʻlida ishlashdan koʻra rus xoʻjayinlariga yollanishni afzal koʻrishardi. Tanaboy ruscha gapirishni oʻrganib oldi. Xoʻjayini bilan birgalikda Avliyo ota shaharchasiga yuk tashib, dunyoning bordi-keldisidan bir oz xabardor boʻlib qoldi. Koʻp oʻtmay revolyutsiya yuz berib, hamma narsa ostin-ustin boʻlib qoldi. Tanaboylarning zamoni keldi. Tanaboy ovulga qaytib keldi. Endi oʻzgacha hayot boshlangan edi. Yer ham, erk ham, huquq ham hammasi birdan kelgan edi. Tanaboyni batraklar komitetiga saylagan edilar. U Choro bilan oʻsha yillari uchrashgan edi. Choro xat-savodli edi, yoshlarni yozishga, hijjalarga boʻlib oʻqishga oʻrgatardi. Tanaboy singari batraklar uchun qanday boʻlmasin xat-savod oʻrganish juda zarur edi. Tanaboy Choro bilan birgalikda komsomol yacheykasiga kirishdi. Ular partiyaga ham bir vaqtda oʻtishgan edilar. Hammasi oʻz yoʻlida ketayotgan edi, kambagʻallar endi qnyinchiliklar bilan katta yoʻlga tushib olayotgan edilar. Kollektivlashtirish boshlanganda Tanaboy bu ishga butun vujudi bilan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling