Library ziyonet uz/ A lvido, ey
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
alvido ey gulsari
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Chingiz Aytmatov 91 library.ziyonet.uz/ qolgan sovliqlar ma’rashardi, yugurishardi, toʻlgʻoq tutib yotganlarini turtib, bosib oʻtishardi. Bularning hammasi, qandaydir, gʻayri-tabiiy ofat edi. Eh, qoʻzilash, hech boʻlmaganda, bir oz sekinlashganda edimi! – Tanaboyning istagi shu edi. Sovliqlar esa xuddi maslahatlashib qoʻyishganday, birining ketidan biri, birining ketidan biri qoʻzilardi. Tanaboyning qalbida dahshatli adovat oʻti yondiki, bu yaramas qoʻyxonada sodir boʻlgan jamiki narsalarga: qoʻylarga ham, oʻziga ham, oʻz hayotiga ham, bu yerda jon berib, jon olib yurgan ishiga ham nafrati oshib koʻz oldini qorongʻilik qoplay boshladi. U bir oz es-hushini yoʻqotib qoʻydi, oʻy-xayollardan koʻngli behuzur boʻla boshladi. Ularni qanchalik quvib yuborishga urinmasin, yana nari ketmay qalbiga, miyasiga joylashib olmoqchi boʻlardi: «Nega bunday? Bu kimga kerak edi? Nega biz qoʻylarni qoʻzilatyapmiz, ularni saqlay olmasak? Kim aybdor bunga? Kim? Javob ber, kim? Sen va senga oʻxshagan vaysaqilar. Biz hammasini koʻtaramiz, yetib olib, oʻzib ketamiz, soʻz beramiz. Chiroyli gapiramiz. Mana koʻtar endi, harom oʻlgan qoʻzichoqlarni. Chiqarib tashla ularni. Huv anavi xalqobda oʻlib yotgan sovliqni sudrab kel. Koʻrsat oʻzingni, kim ekanligingni...» Ayniqsa kechalari tizzasigacha loyda va qoʻy siydigida shaloplab kechib yurarkan, alamli va iztirobli oʻylardan Tanaboyning nafasi qisilardi. O, bu qoʻzilatish pallasining uyqusiz tunlari! Oyoq ostingda bijib ketgan goʻng botqogʻi, tepangdan yomgʻir quymoqda. Shamol qoʻyxonada xuddi daladagidek kezib yurar, fonarlarni oʻchirar edi. Tanaboy yangi tugʻilgan qoʻzichoqlarni bosib olmaslik uchun paypaslanib, qoqilib-surinib, kaftlarini yerga qadab, tizzalab yurib boradi, fonarni topib yoqadi va uning yorugʻida oʻzining goʻngga va qonga belanib qop-qora boʻlib shishib ketgan qoʻllarini koʻradi. U koʻpdan beri oʻzini oynada koʻrmagan edi. Sochlari oqarib, oʻzining ancha keksayib qolganini sezmasdi. Endi uni keksalar qatoriga qoʻshsa boʻlardi. Oʻziga qaray olmasdi, bunga fursati yoʻq edi. Ovqatlanishga, yuvinishga vaqti yoʻq edi. Bir zum oʻziga ham, boshqalarga ham tinchlik bermasdi. Ishning bunday fojeali ahvolda borayotganligini koʻrib yosh saqmonchi qizni otga mingizdi: – Yoʻrtib borib Choroni topgin. Aytgin, tez kelsin, agar kelmaydigan boʻlsa u holda qaytib koʻzimga koʻrinmasin. Kechga tomon qiz ot chopib keldi, koʻm-koʻk koʻkarib, butunlay uvib ketgan holda otdan sakrab tushdi: – Kasal ekan u, Tanaka, toʻshakda yotibdi, bir-ikki kundan soʻng oʻlsam ham boraman, deb aytdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling