Library ziyonet uz/ A lvido, ey
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
alvido ey gulsari
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Chingiz Aytmatov 90 library.ziyonet.uz/ ham xoʻl boʻlib qolgandi. Tanaboy bolalarni koʻrpa-toʻshagi bilan bir quchoq qilib oʻrab, ularni burchakka koʻtarib keldi. Oʻtovdan kattaroq joy ocha boshladi. Koʻrpa ivib qolmasligi uchun bolalarning ustiga kigizni yopib tashladi va chiqib qoʻyxonadagi xotin- qizlarni chaqira boshladi: – Qoʻzichoqlarni oʻtovga olib kelinglar! – dedi-yu, oʻzi ham oʻsha yoqqa chopib ketdi. Ammo oʻtovga bulardan qanchasini joylashtirish mumkin? Koʻp deganda oʻttiz- qirqtasini. Qolganlarini nima qilish kerak. Eh, hech boʻlmasa qoʻldagilarini saqlab qolsak edi. Mana, tong ham otdi. Yogʻingarchilikning oxiri ham koʻrinmasdi.. Bir oz tingan boʻladi, keyin yana goh yomgʻir, goh qor, goh yomgʻir, goh qor... Oʻtov qoʻzichoqlarga toʻlgan. Ular toʻxtovsiz ma’rashardi, sassiq hid. Buyumlarni bir joyga uyib, brezent bilan yopib qoʻyishdi. Oʻzlari esa saqmonchilarning chodiriga koʻchib oʻtishdi. Bolalar sovqotib, yigʻlashardi. Choʻponning qora kunlari keldi. U oʻz taqdirini qargʻaydi. Hammani soʻkadi, olamdagi hamma narsani. Choʻpon boshidan oyogʻigacha jiqqa hoʻl boʻlgan qoʻylar, sovuqdan toʻngʻayotgan qoʻzichoqlar orasida uxlamaydi, yemaydi-ichmaydi va soʻnggi kuchlari bilan kurashadi. Oʻlim zax qoʻyxonadagi qoʻy-qoʻzilarni qiyrata boshladi. Oʻlimning bu yerga kirib kelishi – oʻpirilgan tom orqali, oynasiz deraza orqali, eshik oʻrni orqali, istagan joydan kirib kelaverishi qiyin emas edi. U kirib keldi-yu, qoʻzichoqlarni va zaiflashib qolgan ona qoʻylarni qira boshladi. Choʻpon koʻkarib ketgan qoʻy oʻliklarini bir nechtalab tashib qoʻyxona orqasiga uya boshladi. Dalada, qoʻy qoʻrada esa qorni osilgan boʻgʻoz sovliqlar qor va yomgʻir ostida turishardi. Ular bugun-erta tugʻadigan. Ularni yomgʻir savalardi, jagʻlari qarishib, hoʻl junlari tutam- tutam boʻlib osilib turardi. Qoʻylar yaylovga borishni istashmasdi. Shunday sovuq va loygarchilikda yaylovda nima bor. Qop yopinib olgan keksa saqmonchi ayol ularni quvlaydi, qoʻylar esa, goʻyo bu yerda oʻzlariga jannat tayyorlab qoʻyilganday, hadeb orqaga tisarilishadi. Ayol yigʻlaydi, ularni toʻplaydi, yana haydaydi. Ular esa tumtaraqay boʻlib yana orqalariga qochadilar. Tanaboy gʻazablangan holda chopib chiqadi. Qani endi bu tentak qoʻylarni tayoq bilan savalasang. Ammo ularning qornida bolasi bor. Boshqalarni chaqirib, hammalari birgalikda ne qiyinchiliklar bilan qoʻylarni yaylovga haydab yuboradilar. Bu ofat boshlangandan beri Tanaboy qancha vaqt oʻtganini bilmaydi, qoʻzilatish paytidagi hisob-kitobidan adashib qoldi. Koʻpchiligi ikkitadan, hatto uchtadan qoʻzilashdi. Ammo butun boylik nobud boʻldi, hamma mehnat zoye ketdi. Qoʻzichoqlar tugʻilgan kuniyoq loy va goʻng shiltasi ustida harom oʻlib qolaverdi. Qolganlari ham yoʻtalardi, xirillardi, ichi ketib bir-birovlarini bulgʻab iflos qilib tashlashardi. Bolasiz |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling