Library ziyonet uz/ A lvido, ey
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
alvido ey gulsari
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Chingiz Aytmatov 103 library.ziyonet.uz/ qoʻyishmadimikin. Bularni oʻylarkan xunobi oshardi, uni saylamaganlariga hech chiday olmasdi. Prokuror boʻlib ishlayotganiga ozmuncha vaqt boʻldimi. U oʻzining nimalarga qodir ekanligini necha bor isbotlab koʻrsatdi. Hechqisi yoʻq, uning doʻstlari bor, biron nima boʻladigan boʻlsa himoya qilishadi. Vaqt yetdi, endi u partiyaviy ishga oʻtishi kerak, prokurorlik stulida uzoq oʻtirib qoldi... Yoʻrgʻa yaxshi, loy demay, shilta demay, kema singari tebranib suzib borardi. Partorgning oti terlab-pishib ketgan edi, holbuki yoʻrgʻa endigina ter chiqara boshlagandi... Choro boʻlsa oʻz oʻylari bilan band. Uning rang-roʻyi bir holatda, soʻlgʻin yuzi za’faron, koʻzlari kirtayib qolgan. Yurak kasalidan necha yillardan beri azob chekadi. Vaqt oʻtgan sari kasali ogʻirlashib borar, fikrlari mungli edi. Ha, Tanaboy haq edi. Rais baqirardi- chaqirardi, lekin bundan nima foyda. Koʻpincha tumanda qolib ketar, doimo qandaydir ish bilan band boʻlardi. Partiya majlisiga uning masalasini qoʻyish kerak edi, tumanda boʻlsa orqaga siltab kutib turishni tavsiya qilishadi. Nimani kutish kerak? Goʻyo Aldanov oʻz istagi bilan ketmoqchi, deyishardi, extimol, shuning uchundir? Tezroq ketganda ma’qul boʻlardi. Choroga ham ketish vaqti yetgan edi. Undan nima foyda? Doimo kasal. Shomansur kanikulga kelgan edi, u ham ketishni maslahat berdi. Ketish mumkina, vijdon-chi? Shomansur aqlli bola, endi koʻp narsalar haqida otasidan koʻra yaxshiroq muhokama yurita olar edi. Qishloq xoʻjaligini qanday boshqarish va hokazo, hammasiga aqli yetardi. Ularga yaxshi ta’lim berishyapti, vaqt kelib, ular ham ta’lim berayotgan professorlarga yetib qolishar. Biroq, hali gap nima boʻladi, nima qoʻyadi – oʻlib ketadimi! Ammo oʻz gʻam-alamlaridan bosh olib ketolmaydi. Oʻzingdan qochib qutula olmaysan. Ha, odamlar nima deyishadi? Va’da berdi, ishontirdi, kolxozni qarzga botirib, mushkul ahvolga solib qoʻydi. Oʻzi boʻlsa endi chetga chiqib olib tinchgina yashayapti, deyishadi. Yoʻq, unga tinchlik yoʻq, boʻlmaydi ham, yaxshisi oxirigacha turib berishi kerak. Yordamga kelishar, shuncha uzoq vaqt yordamsiz qoldirishmas – faqat tezroq kelishsa, kelganda ham manaviga oʻxshamay chinakam, haqiqiy yordam kelsa. Ish barbod qilinganligi uchun sud qilamiz, deydi. Sud qilsang qilaver! Hukm chiqarish bilan ishni tuzata olarmiding. Ana kelyapti, qovogʻi soliq, goʻyo togʻdagilarning barisi jinoyatchilaru, faqat uning oʻzigina kolxoz ishi uchun kurashadi, unga bularning hammasi bir pul, faqat xoʻja koʻrsingagina kelib-ketadi. Ammo aytib koʻrchi. XVIII Gʻira-shira tuman ichra ulkan togʻlar qad koʻtarib turadi. Ular quyosh nurini koʻrmay qovoq solgancha xoʻmrayib, bahaybat pahlavonlar singari yuksaklikdan tumtayadi. Bahor havosi rutubatli, namgarchilik, tuman. Tanaboy oʻz qoʻyxonasida jon olib, jon beradi, kun sovuq. Birdaniga bir necha sovliq qoʻzilagan, qoʻzichoqlarni qoʻyishga joy yoʻq, dod deb boradigan joy yoʻq. Qoʻy-qoʻzilar ma’rashadi, turtinishadi. Barchasi yeyish-ichishni istaydi, pashsha singari qiriladi. Bu yoqda yana beli shikastlanib xotini yotadi. Turmoqchi boʻlardi-yu, qaddini rostlay olmasdi. Mayli, nima boʻlsa shu boʻlar. Pichoq borib suyakka qadaldi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling