Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
100 
library.ziyonet.uz/ 
 
siltab, qoʻylar tomon ishora qildi. 
 
– Ol ularni. Istasang sana, istamasang oʻzing bilasan, uch yuz sakson besh bosh. 
 
– Nima uchun? 
 
– Ketaman. 
 
– Ketamaning nimasi? Qayoqqa ketasan? 
 
– Boshim oqqan tomonga. 
 
– Axir men aybdormanmi? 
 
– Aybing shuki, sen meni otaliqqa olgansan. 
 
– Nima boʻpti? Toʻxta, toʻxta deyman, qayoqqa? Qayoqqa otlanyapsan? – faqat 
shundagina Tanaboy oʻz otaligʻidagi choʻponning niyatini anglab yetgan edi. Boshiga 
quyilib kelgan qondan yuragi siqilib, qizishib ketdi. – Nega bunday boʻldi? – dedi u 
sarosimaga tushib. 
 
– Boʻlar ish boʻldi. Qoʻlimdan kelgani shu. Jonimdan toʻydim. 
 
– Sen nimalar deyayotganingni tushunyapsanmi? Bugun-erta sovliqlaring qoʻzilaydi-ku. 
Qanday qilib ketasan? 
 
– Shunday qilib, biz bilan shunday muomala qilar ekanlar, biz ham shunday qilishimiz 
kerak. Xayr! – Bektoy tayoqni boshi uzra bor kuchi bilan aylantirib uloqtirib yubordi-da, 
nariga yurib ketdi. 
 
Tanaboy hayron boʻlib, turgan joyida qotib qoldi. Soʻzlashga soʻz ham topolmadi. U 
boʻlsa orqasiga qaramasdan odimlab ketayotgan edi. 
 
– Esingni yigʻ, Bektoy! – Tanaboy uning orqasidan yugurdi. – Bunday qilish yaramaydi. 
Nima qilayotibman deb oʻylab koʻr! Eshityapsanmi? 
 
– Qoʻysang-chi! – Bektoy keskin burildi. – Buni sen oʻylab koʻr. Men esa odamlar 
qanday yashayotgan boʻlsa shunday yashashni istayman. Mening boshqalardan bir yerim 
kammi? Men ham boshqalar singari shaharda ishlab, moyana olishim mumkin. Nega men 
bu yerda qoʻylar bilan birga nobud boʻlib ketay. Yem-xashak boʻlmasa, qoʻyxona 
boʻlmasa, biron boshpana boʻlmasa. Meni tinch qoʻy. Ishingga boraver. Joningni 
Jabborga berib, goʻngga botib oʻl! Oʻzingga bir qara, kimga oʻxshab ketibsan. Bu yerda 
halok boʻlasan. Senga bu ham kamlik qiladi. Yana oʻrtaga shiorlar tashlaysan. 
Boshqalarni ham oʻz orqangdan ergashtirmoqchi boʻlasan. Unaqasi ketmaydi! Meniki 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling