Library ziyonet uz/ A lvido, ey
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
alvido ey gulsari
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Chingiz Aytmatov 85 library.ziyonet.uz/ Shu orada Jaydarga saqmonchilar koʻmakka yugurib kelib qolishdi, qizlari chopib kelishdi, qiy-chuv koʻtarishdi. – Ota! Ota! Qoʻying! Tanaboy jahldan tushdi, lekin hamon ketmoqchi boʻlib yulqinardi. – Ushlama meni, axir koʻrmayapsanmi bu yerdagi ahvolni? Huv anavi qoʻzichoqlar bilan turgan sovliqlarni koʻrmayapsanmi axir? Ertaga biz ularni qayoqqa qoʻyamiz, tom qani? Yem-xashak qani? Hammasi harom oʻladi. Kim javob beradi? Qoʻyvor! – He, toʻxtasang-chi, toʻxta. Xoʻsh, mayli, bording ham deylik, baqirib-chaqirib janjal- toʻpolon qilding ham deylik. Xoʻsh, bundan nima chiqadi? Agar ular shu kunga qadar hech narsa qilishmagan boʻlsa, demak, ularning bunga kuchlari yetmabdi-da. Agar iloji boʻlganda kolxoz yangi ogʻilxona qurgan boʻlmasmidi? – Tomini yopish mumkin edi-ku! Eshiklari qani? Derazalari qani? Hamma yoq vayrona, qoʻyxonada qor, oʻn yillik qiy chiqarilmagan. Buni qara, bu chirik xashak qancha vaqtga yetadi? Axir qoʻzichoqlarga shunaqa pichan beriladimi? Qoʻy-qoʻzilar tagiga nima toʻshaymiz? Qoʻzichoqlar balchiqqa botib oʻlaverishsinmi, a? Shundaymi seningcha? Qoch, yoʻlimni toʻsma! – Boʻldi, Tanaboy oʻzingni bos. Nima, sen hammadan ortiqmisan? Koʻpchilik nima boʻlsa, biz ham shu-da. Tagʻin seni erkak deyishadi-ya! –Uyaltirdi xotini. – Yaxshisi, nima qilish mumkinligini oʻylab koʻr, hali ham kech emas. «Tuf» de ularga. Biz javobgarmiz, biz shu ishni qilishimiz kerak. Men huv anavi jarlikka tushaverishda qalin oʻsgan na’mataklarni koʻrdim, toʻgʻri, tikanakli-yu, lekin ularni chopib tomni berkitsa boʻladi, ustidan goʻng tashlaymiz. Qoʻy-qoʻzilar tagiga esa quvray oʻrishga toʻgʻri keladi. Agar havo aynib qolmasa, bir amallab qishdan chiqib olamiz... Saqmonchilar ham Tanaboyni tinchita boshlashdi. U egardan sirgʻalib tushdi, xotin- xalajlarga parvo qilmay, oʻtovga kirib ketdi. Xuddi ogʻir kasallikdan turganday boshini xam qilib oʻtirdi. Uyda hamma jimib qoldi. Gaplashgani qoʻrqishardi. Jaydar tezak yoqib qaynatilgan qumgʻonni oldida, achchiq qilib choy damladi. Koʻzada suv keltirib erining qoʻliga suv quydi. Ozoda dasturxonni yozdi, hatto qayoqdandir qant-qurslar ham topib keltirdi, likobchaga sariyogʻ toʻgʻrab qoʻydi. Saqmonchilarni taklif qilishdi va choy ichishga oʻtirishdi. Eh, bu xotinlar-ey! Goʻyo mehmonga kelishganday piyolalardan choy ichib har baloni gapirib oʻtirishardi. Tanaboy jimgina oʻtirib, choy ichdi-da, soʻng oʻtovdan chiqib qoʻy qoʻraning qulab tushgan toshlarini qalay boshladi. Bu bitadigan ish emasdi. Lekin qoʻylarni tunda qamash uchun biron narsa qilish kerak-ku. Ayollar ham chiqishib, toshlarga yopishishdi. Hatto qizaloqlar ham toshlarni koʻtarib keltirish uchun chiranishardi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling