Library ziyonet uz/ A lvido, ey
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
alvido ey gulsari
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Chingiz Aytmatov 82 library.ziyonet.uz/ Shunda Choroning soʻziga kirgani uchun oʻzini eng yomon soʻzlar bilan koyirdi. Va’dani katta berdi. Minbarga chiqib gapirdi. «Men, falonchi pistonchi ilgʻor odam, partiya va vatan oldida soʻz beraman». Loaqal mana shu keyingi soʻzlarni gapirmasa ham boʻlardi! Partiya va vatanning bunga nima daxli bor-a! Odatdagi xoʻjalik ishi. Yoʻq, tartib-qoida shunday. Nega endi kerak boʻlsa-boʻlmasa, biz har qadamda shu soʻzlarni tiqishtiraveramiz, a?.. Nima ham qilardi, oʻzi aybdor. Oʻylab koʻrmagan. Oʻzgalarning gapi bilan ish qiladigan boʻlib qolgan. Ularga nima, aldab-suldab qutulib olishadi, lekin Choroga rahming keladi. Hech omadi kelmayapti-da uning. Bir kun sogʻ boʻlsa, ikki kun kasal. Umr boʻyi u yoqqa yuguradi, bu yoqqa yuguradi, unga yalinadi, buni koʻndiradi, xoʻsh, nimaning uddasidan chiqdi? Ehtiyotkor boʻlib boryapti, soʻzni tanlab gapiradi. Modomiki kasal ekansan, dam olishga chiqsang ham boʻlarmidi... Qish choʻponlarni goh umidlantirib, goh tashvishlantirib oʻz maromida borayotgandi. Tanaboyning otarida ikki sovliq quvvatdan ketib halok boʻldi, juda nimjon boʻlib qolgan ekan. Uning otaligʻidagi yosh choʻponlarning ham bir nechtadan qoʻylari oʻldi. Busiz boʻlmaydi ham. Bir qish ichida oʻn sovliqni yoʻqotish oddiy narsa. Eng muhimi oldinda, koʻklam arafasida. Birdan havo iliy boshladi. Sovliqlarning yelinlari darrov toʻlisha boshladi. Oriqlab ketishgan, qorinlarini zoʻrgʻa koʻtarib yurishgan boʻlsa ham, yelinlari esa kun sayin emas, soat sayin qizarib, shishib borardi. Nima sababdanikin? Qayoqdan bunchalik kuch- quvvat olishadi-ya! Kimningdir bir necha sovliqlari qoʻzilab qoʻyibdi, degan ovoz tarqaldi. Demak, qochirish davrida e’tiborsizlik, beparvolik qilingan ekan-da. Bu birinchi ogohlantirish edi. Bir-ikki haftadan keyin qoʻzilar pishgan olmadek «tap-tap» tusha boshlaydi. Qabul qilib olishga ulgursang bas. Shunda choʻponlarning tashvishlar pallasi boshlanadi. Har bir qoʻzi uchun choʻpon titrab turadi va qoʻylar ketidan yura boshlagan kunini la’natlaydi, agar barra qoʻzichoqni saqlab qola olsa, agar qoʻzilar oyoqqa turib, qishga qadar dumlari koʻrinib qolsa uning shodlik-quvonchlarining cheki boʻlmaydi. Shunday boʻlsa, yaxshi boʻlardi. Keyinchalik odamlardan koʻzini yashirib yurmas edi. Qoʻzilatish davrida yordam uchun kolxozdan saqmonchilarni – koʻpchiligi qari va bolasiz boʻlgan ayollarni oʻz hollariga qoʻymay yuborishdi. Tanaboyning otariga ham ikki saqmonchini joʻnatishdi. Ular koʻrpa-toʻshaklari, chodirlari, qozon-tovoqlari bilan kelishdi. Hammaning koʻngli koʻtarildi. Saqmonchilardan kam deganda yetti kishi kerak edi. Ibrohim otarlar Beshtol vodiysidagi qoʻzilatish punktiga koʻchganida yana saqmonchilar yuborishni va’da qilib, hozircha shularning oʻzi ham kifoya, degandi. Otarlar gʻimirlab qolishdi, pastroqqa, togʻ yonbagʻirlariga, qoʻzilatish bazalariga tusha boshlashdi. Tanaboy oʻzi qoʻylarni haydab borguncha ayollarning manzilga yetib, u yerda oʻrnashib olishlariga yordam berishni Eshim Boʻlatbekovdan iltimos qildi. Ayollarni bir karvon qilib joʻnatdi, oʻzi esa qoʻylarni toʻpladi-da, boʻgʻoz sovliqlar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling