Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
78 
library.ziyonet.uz/ 
 
XV 
Butun oktabr' oyi togʻlarda qurgʻoqchilik boʻlib, hamma yoq oltin tusga kirgan edi. 
Boshda faqat ikki kungina yomgʻir yogʻib, havo sovudi, tuman tushdi. Ammo keyin bir 
kechada bulutlar tarqalib ketdi, ertalab Tanaboy oʻtovidan chiquvdi, orqasiga tisarilib 
ketishiga sal qoldi– togʻlar choʻqqilaridagi yangi qorlari bilan u tomon bosib 
kelayotganday edi. Ularga qor qanday yogʻibdi! Goʻyo Tangri hozirgina yaratganday
ular falakda musaffoligicha, soyada ham, yorugʻlikda ham yaqqol koʻzga tashlanib 
turardi. Qor yogʻgan joydan koʻm-koʻk, bepoyon boʻshliq boshlanardi. Uning tubida olis-
olislardan koinotning xayoliy zumrad ufqi koʻrinib turardi. Nur va sof havoning moʻl-
koʻlligidan Tanaboy junjikib ketdi va yuragi hasratga toʻldi. U yana Gulsari bilan birga 
borgan huv oʻsha juvonni esladi. Yoʻrgʻa qoʻl ostida boʻlsa edi, minardi-da, zavq-shavqi 
va shodligidan qiyqirib, mana bu ertalabki oppoq qor kabi uning huzuriga kirib borardi... 
 
Ammo u bu faqat orzugina ekanligini bilardi... Nimayam qilardi, umrning yarmi orzu-
xayol bilan oʻtadi. Shuning uchun ham, ehtimol, hayot shunchalik lazzatli, orzu 
qilganlarining hamma-hammasi ham roʻyobga chiqavermaganligi uchun ham, ehtimol, 
azizdir bu hayot. U togʻlar va osmonga tikilib turib, hamma odamlarning bir xil darajada 
baxtli boʻla olishiga shubhalanardi. Har kimning oʻz taqdiri – qismati bor. Unda, bir 
togʻda bir paytning oʻzida ham yorugʻlik, ham qorongʻilik boʻlganidek, oʻz quvanchlari, 
oʻz gʻamu-gʻussalari boʻladi. Hayot shular bilan toʻla-toʻkis... U juvon, ehtimol, endi 
kutmayotgandir ham. Togʻlardagi yangi qorni koʻrib eslagan boʻlmasa agar... 
 
Odam qarib boraveradi, koʻngil esa taslim boʻlishni xohlamaydi, ahyon-ahyonda bir 
ijirgʻanib, oʻzini eslatib qoʻyadi. 
Tanaboy otni egarladi, qoʻylar qoʻrasini ochdi, oʻtovning ichiga qarab xotiniga qichqirdi: 
 
– Jaydar, men qoʻylarni bir aylantirib kelay, sen ishlaringni qilib boʻlguningcha qaytib 
kelaman. 
 
Qoʻylar mayda qadam tashlab tez-tez yurib ketishdi, qoʻylar yelka, boshlarini qimirlatib 
tepalikka qarab koʻtarilib borardi, qoʻshni choʻponlar ham qoʻylarini haydab chiqa 
boshlashgandi. U yer-bu yerda togʻ yonbagʻri, pastliklar, jarliklarda qoʻy suruvlari yer-
zaminning azaliy tortigʻi – oʻt-oʻlanlarni tera boshladi. Kuzgi togʻlarning sargʻish, 
qoʻngʻir oʻt-oʻlanlari orasida kulrang oqish qoʻylar toʻda-toʻda boʻlib daydib yurishardi. 
 
Hozircha ishlar joyida edi. Tanaboyga yomon otar tegmadi – ular ikki va uch marta 
qoʻzilagan sovliqlar edi. Yarim ming bosh. Yarim ming tashvish. Qoʻzilagandan keyin 
esa ular ikki baravardan ziyodroq koʻpayadi. Lekin qoʻzilatishga, choʻponlarning 
mashaqqatli mehnati boshlanishiga hali uzoq edi. 
 
Yilqilarga qaraganda qoʻylarni boqish ancha tinchroq, albatta, lekin Tanaboy ularga 
darrov koʻnika qolmadi. Otlarni boqish boshqacha edi-da! Ammo, aytishlaricha, 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling