Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
79 
library.ziyonet.uz/ 
 
yilqichilik oʻz ahamiyatini yoʻqotgan emish. Mashinalar paydo boʻlganmish. Otlar endi, 
demak, foydasiz boʻlib qolibdi-da. Endi qoʻychilik: jun, goʻsht, teri – asosiy narsa. 
Garchand bunday oqilona hisob-kitobda haqiqat borligini tushunsa ham, u Tanaboyga 
qattiq botardi. 
 
Yaxshi aygʻiri boʻlgan uyurini ba’zi paytlarda vaqtincha, yarim kunga, yoki undan ham 
koʻpga tashlab ketib, oʻz ishlari bilan band boʻlsa boʻlardi. Qoʻylarni esa tashlab hech 
qayoqqa ketib boʻlmaydi. Kunduzi bir qadam ham jilmay ular bilan birga yurish, tunda 
qorovullik qilish kerak. Choʻpondan tashqari otarda choʻliq boʻlishi kerak edi, lekin 
choʻliq berishmayotgandi. Shuning uchun navbat almashmay, dam olmay, tinimsiz 
ishlashga toʻgʻri kelardi. Jaydar qorovul hisoblanardi, kunduzi faqat ba’zi vaqtlardagina 
qizlari bilan qoʻylarga qaray olardi, tun yarmiga qadar miltiq bilan qoʻra atrofida aylanib 
yurardi, keyin Tanaboyning oʻziga qorovullik qilishga toʻgʻri kelardi. Endi kolxozdagi 
butun chorvachilikka xoʻjayin boʻlgan Ibrohim esa bahona topishga usta edi. 
 
– Xoʻsh, men qayerdan olaman choʻliqni, Tanaka? – derdi u kuyinganday boʻlib. – Aqlli 
odamsiz-ku axir. Yoshlarning hammasi oʻqimoqda. Oʻqimayotganlari esa qoʻy desangiz 
tepa sochi tikka boʻladi, ular shaharga, temir yoʻlga, hatto allaqayoqlardagi konlarga ham 
ketib qolishmoqda. Nima qilishga aqlim yetmay qoldi. Sizda hammasi boʻlib birgina otar 
– shunda ham oh-voh qilasiz. Men-chi? Butun chorvachilik mening boʻynimda. Sudga 
tushaman. Bu ishga behuda oʻtgan ekanman, behuda. Siz otaliqqa olgan Bektoyga 
oʻxshash kishilar bilan ishlab boʻlarmidi? Sen, deydi, meni radio, kino, gazetalar bilan 
ta’minla, yangi oʻtov ber, tagʻin har haftada oldimga magazin kelib tursin. Boʻlmasa 
boshim oqqan tomonga ketaman qolaman, deydi. Siz u bilan gaplashsangiz boʻlardi, 
Tanaka!.. 
 
Ibrohim aldamayotgandi. Uning oʻzi ham koʻtarilib ketganidan xursand emasdi. Bektoy 
haqidagi gapi ham toʻgʻri edi. Tanaboy ba’zan bir amallab vaqt topib, otaliqqa olgan 
komsomollari oldiga borib turardi. Eshim Boʻlatbekov garchand unchalik epchil 
boʻlmasa ham koʻngilchan, yumshoq tabiatli yigit edi. Bektoy esa chiroyli, kelishgan edi, 
ammo uning qora qiyiq koʻzlaridan gʻazab oʻti chaqnab turardi. U Tanaboyni qovoq osib 
kutib olardi, unga: 
 
– Sen, Tanaka, kuyib-pishaverma, yaxshisi, oʻz bolalaring oldida oʻtir. Sensiz ham meni 
tekshiruvchilar koʻp. 
 
– Senga nima, bir narsa yutqizyapsanmi bundan? 
 
– Yutqizishga yutqizmaymanu, lekin senga oʻxshaganlarni yoqtirmayman. Sizlar, 
oʻzingizni suvga ham, oʻtga ham urgansizlar. Doim haybarakallachilik, «ura, ura!» 
qilgansizlar. Oʻzingiz boʻlsa odamday hayot kechirmadingiz, oʻzgalarni ham odamday 
yashashiga yoʻl qoʻymadingiz. 
 
– Sen, yigit, juda ham haddingdan oshaverma, – Tanaboy zoʻr-bazoʻr oʻzini tutib 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling