Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
69 
library.ziyonet.uz/ 
 
a’zosisan, kolxoz tuza boshlaganimizda hammadan koʻp sen tomogʻingni qirgansan, bu 
narsalar qanday yuz berayotganligini bizga tushuntirib ber-chi?» deb soʻrab qolishlari 
mumkin. Nima deysan ularga? Loaqal bir joyga yigʻilishib, nimalar boʻlayotganligini 
soʻzlab berishsa ham mayli edi. Kimning koʻnglida nimalar borligini, qanaqa fikrlar, 
qanaqa tashvishlar borligini soʻrashsa edi. Tumandan kelayotgan vakillar ham negadir 
avvalgilariga oʻxshamaydi. Ilgari vakil xalqqa aralashardi, hammaga yaqin edi. Endi esa 
keldi deguncha idorada raisga baqirib-chaqiradi, qishloq kengashi bilan mutlaqo 
gaplashmaydi ham. Partiya yigʻilishida soʻzga chiqsa, koʻproq xalqaro ahvol haqida 
gapiradi, kolxozdagi ahvol esa goʻyo unchalik muhim emasday. Ishlanglar, planni 
bajaringlar, vassalom... 
 
Tanaboy yaqinda bu yerga bir odam kelganligi, til haqidagi qandaydir ta’limot toʻgʻrisida 
tinmay gapirganligini esladi. Tanaboy kolxozning turish-turmushi haqida gap ochmoqchi 
boʻluvdi, koʻzi ola-kula boʻlib ketdi, sizning fikrlaringiz shubhali, dedi. Fikrlarini ma’qul 
topmadi. Nima boʻlyapti-ya oʻzi? 
 
«Mana, Choro tuzalib ketadi-yu, hali, – dedi oʻziga Tanaboy, – koʻnglidagi bor gapni 
toʻkib solishga uni majbur qilaman. Oʻzim ham ochiq gapiraman. Men yanglishayotgan 
boʻlsam, aytsin, agar yanglishmayotgan boʻlsam-chi?.. Unda nima boʻladi? Yoʻq, yoʻq, 
unday boʻlishi kerak emas. Men yanglishyapman, albatta, kimman men? Oddiy 
yilqiboqarman, choʻponman. U yoqdagilar esa dono odamlar...» 
 
Tanaboy oʻtoviga qaytib keldi va uzoq vaqtgacha uxlay olmay yotdi. Hamon bosh 
qotirardi: ishkal nimada ekan? Oʻz savoliga yana javob topa olmasdi. 
 
Choro bilan esa shu-shu suhbatlasha olmadi. Koʻchish oldidan ishlar bilan oʻralashib 
qoldi. 
 
– Koʻchmanchilar yana butun yozga, butun kuzu qishga – kelgusi koʻklamga qadar 
togʻlarga koʻchib ketishdi. Yana qoramollar podasi, yilqilar uyuri, qoʻy-qoʻtonlari daryo 
yoqalab, suvli oʻtloqlar boʻylab yurib ketishdi. Koʻch-koʻron ortilgan karvonlar. Xilma-
xil ovozlar havoda muallaq turib qolgan, ayollarning rang-barang roʻmol va koʻylaklari 
koʻzga chalinadi, qizlar ayriliq-hijron qoʻshigʻini kuylaydilar. 
 
Tanaboy oʻz yilqilarini ulkan oʻtloqdan, ovul yaqinidagi doʻngliklardan haydab borardi. 
U yoʻrgʻa otida kelib ketadigan oʻsha uy, oʻsha hovli hamon ovulning bir chekkasida 
shundogʻligicha turardi. Yuragi orziqib ketdi. Endi oʻsha juvondan ham, saman yoʻrgʻa 
Gulsaridan ham judo boʻlgan edi. Hammasi orqada qolib ketdi, koʻklamdagi kulrang 
gʻozlar galasi singari shovqin solib oʻtib ketdi u davrlar... 
 
...Anchadan buyon ona tuya yelib-yuguradi, boʻtalogʻini izlaydi, chorlaydi. Qaydasan 
qora koʻzli boʻtaloq? Javob ber! Tirsillagan yelinimdan oyoqlarimga tizillab sut 
oqmoqda. Qaydasan? Javob qaytar. Uning yelinidan, tirsillagan yelinidan tizillab sut 
oqmoqda. Oppoq sut... 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling