Library ziyonet uz/ A lvido, ey
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
alvido ey gulsari
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Chingiz Aytmatov 65 library.ziyonet.uz/ Gulsari turtki va muzday bir narsaning tegishidan gʻujanak boʻlib qoldi. Yangi xoʻjayini esa uning oldida choʻqqayib oʻtirar, termilib nimanidir kutar edi. Birdan kuchli ogʻriqdan yoʻrgʻaning koʻzlarida oʻt chaqnab ketdi. Voh! Qizgʻish alanga yalt etib yondi-yu, darrov hamma yoqni qorongʻilik bosdi. Hamma ish bitganida ham Gulsari hamon bogʻlogʻliq yotardi. Qon tinguncha boʻshatmaslik kerak edi uni. – Xoʻsh, mana Joʻraqul Aldanovich, hammasi joyida, – dedi Ibrohim qoʻllarini ishqalab. – Endi u hech qayoqqa chopib keta olmaydi. Chopib boʻpti endi. Tanaboyga esa parvo qilmang. Tuf deng. U hamma vaqt shunaqa boʻlgan. U oʻz akasini ham siylamagan – quloq qilgan, Sibirga yuborgan. U kimga yaxshilik istaydi deysiz... Ibrohim xursand boʻlib mixdan tulki teri telpagini oldi, uni silkib qoqdi, silab-siypadi va terlagan boshiga kiydi. Bolalar esa hamon chillak oʻynashardi: Oqboy, Koʻkboy... ..... zu-u-u-u. – Ha-ha, yeta olmadingmi, qani engash. Chuh, Gulsari, olgʻa! Ura-a-a, bu mening Gulsarim! Serquyosh, yorugʻ kun edi... X Tun. Yarim tun. Keksa odam bilan qari ot. Jarlik yoqasida gulxan yonmoqda. Olov shamolda goh pasayadi, goh kuchayadi... Muzlagan qattiq yer saman otning biqinini muzlatadi. Boʻynini choʻyanday ogʻir narsa bosib turganday, kishanlangan oyoqlar bilan hakkalab yurgan paytidagiday kallasini goh yuqoriga koʻtarib, goh pastga tushurishdan charchadi. Gulsari oʻsha vaqtdagiday yelib- yugurib chopa olmaydi. Zanjir kishanlarni uzib tashlay olmaydi. Chopganida tuyoqlaridan oʻt chaqnashi uchun oyoqlarini erkin tashlashni istaydi, koʻkrak qafasini toʻldirib-toʻldirib nafas olish uchun yer uzra parvoz qilgisi keladi, yilqilarni chorlab ovozi boricha kishnash uchun, biyalar va qulunlar u bilan birga bepoyon yavshonzor dasht boʻylab chopib yurishlari uchun yaylovga tezroq yelib borgisi keladi, lekin kishanlar yoʻl qoʻymaydi. Zanjirlarning jarang-jurungi ostida u qochoq katorgachi singari hakkalab boradi. Hamma yoq huvillagan, qop-qorongʻi, oʻzi yakka-yu yolgʻiz. Shamol yelib turgan osmonda miltillab oy koʻrinadi. Saman ot hakkalab yurib kallasini osmonga koʻtarganida |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling