Library ziyonet uz/ A lvido, ey
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
alvido ey gulsari
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Chingiz Aytmatov 63 library.ziyonet.uz/ Boʻynidagi qil arqonni his etgach, Gulsari bir seskanib tushdi. Tikanday arqon. Arqonni sirgʻaluvchi sirtmoq qilib koʻkragi ustidan bogʻlashdi, uchini tashqariga, yonboshiga uloqtirib tashlashdi. Nima kerak ularga? Negadir arqonni orqa oyogʻiga solib, toʻpigʻidan oʻtkazishyapti, oyoqlarini tushovlashyapti. Gulsari asabiylasha boshlaydi, pishqiradi, koʻzini ola-kula qiladi. Nima qilganlari bu? – Tezroq! – shoshirdi Ibrohim va kutilmaganda ingichka ovoz bilan chiyillab yubordi: – Yiqit! Ikki juft baquvvat jundor qoʻl arqonni zarb bilan oʻzlari tomonga tortadi. Gulsari ildizi qirqilgan daraxtday yerga gursillab yiqilib tushadi. Quyosh gir aylanib ketadi, zarbdan yer gumburlaydi. Bu nimasi? Nega u yonboshlab yotibdi? Nega odamlarning yuzlari yuqori tomon gʻalati choʻzilib ketgan, nega daraxtlar balandga koʻtarilgan? Nega u yerda bunday noqulay vaziyatda yotibdi? Yoʻq, bunaqasi ketmaydi. Gulsari kallasini koʻtarib bir silkindi, butun tanasi bilan qoʻzgʻalishga harakat qildi. Arqonlar uning oyoqlarini qorniga tortib, terisiga botib ketdi. Saman yoʻrgʻa ijirgʻanib, bogʻlanmagan bitta orqa oyogʻini jon-jahdi bilan siltay boshladi. Arqon tortildi, chirsilladi. – Ustiga tashlan, bos, ushla! – tipirchilab qoldi Ibrohim. Hamma otga tashlandi, tizzalari bilan bosishdi. – Boshini, boshini yerga bosinglar! Bogʻla! Tort! Ha, shunday. Tezroq boʻlsanglar-chi! Mana bu yeridan yana bir oʻtkaz. Tort, yana bir tort, tagʻin. Ha balli. Endi bu yeridan ilintir, tugun qilib bogʻla! – tinmay chiyillardi Ibrohim. Saman yoʻrgʻaning oyoqlarini arqon bilan tobora siqishib, to hammasi qattiq bir tugun boʻlib yigʻilmagunicha tortaverishdi. Gulsari oyoqlarini chirmab olgan arqondan qutulish uchun hamon urinib, boʻyni va kallasiga oʻtirib olganlarni itqitib tashlardi. Ogʻriqdan qattiq ingrab yubordi. Lekin odamlar uni tagʻin tizzalari bilan bosa boshladilar. Yoʻrgʻaning terga botgan tanasi changak boʻlib, tomirlari tortishib, oyoqlari uvushib qoldi. Shunda u taslim boʻldi. – Uff, nihoyat! – Xoʻp kuchi bor ekan-da! – Hatto traktorday kuchi boʻlganida ham endi u qimir eta olmaydi! Shunda yiqilgan saman yoʻrgʻa yoniga yangi xoʻjayinning oʻzi yugurib kelib, uning bosh |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling