Library ziyonet uz/ A lvido, ey
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
alvido ey gulsari
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Chingiz Aytmatov 64 library.ziyonet.uz/ tomonida choʻqqayib oʻtirib oldi, kechagi aroqning hidi gup etib anqidi va goʻyo uning oldida ot emas, balki odam – uning ashaddiy dushmani yotganday oshkora nafrat va tantana bilan tirjaydi. Terlab-pishib ketgan Ibrohim roʻmolchasi bilan artina-artina uning yoniga oʻtirdi. Rais ikkalasi yonma-yon oʻtirishib, bundan keyin yuz berishi lozim boʻlgan hodisani kutib papiros chekishdi. Hovlining orqasida esa bolalar chillak oʻynashardi: Okboy, Koʻkboy, Buzoqlarni haydama. Haydasang-u yetmasang, Bolalarga aytaman – zu-u-u-u... Quyosh hamon ilgarigiday nur sochardi. Yoʻrgʻa soʻnggi marta poyonsiz dashtni koʻrib turgandi, u yerlarda yilqilar erkin holda qanday daydib yurganligini koʻrayotgandi. Ular ustidan kulrang gʻozlar uchib oʻtishyapti, qanotlarni qoqishyapti, oʻz orqalaridan ergashishga chorlashyapti... Gulsarining tumshugʻiga esa pashshalar yopishib olgan. Hayday olmaydi. – Boshlaymizmi, Joʻraqul Aldanovich! – tagʻin soʻradi Ibrohim. Unisi indamay bosh silkidi. Ibrohim oʻrnidan turdi. Hamma yana harakatga keldi, yopirilib, bogʻlangan yoʻrgʻani tizzalari va koʻkraklari bilan bosishdi. Uning kallasini yerga yanada qattiqroq niqtashdi. Bolalar devor ustiga chiqib chumchuqlarday tizilib olishdi. – Qaranglar, bolalar, qaranglar, nima qilishyapti. – Saman yoʻrgʻaning tuyoqlarini tozalashyapti. – Ja bilarkansan-da, tuyoqlarinimish! Hech-da. – Hey, nima bor sizlarga bu yerda, qani, joʻnab qolinglar! – ularga qoʻl siltadi Ibrohim. – Boringlar, oʻynanglar. Tez. Bolalar devordan sirgʻalib tushib ketishdi. Atrof jimjit boʻlib qoldi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling