Library ziyonet uz/ A lvido, ey
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
alvido ey gulsari
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Chingiz Aytmatov 67 library.ziyonet.uz/ Jaydar kichik qizi bilan, Tanaboy kattasi bilan. Bolalarni egarlarning oldiga oʻtqizib borishardi. Ovul koʻchalaridan oʻtishardi, yoʻlda uchraganlar va tanish-bilishlari bilan salomlashishardi. Temirchilik ustaxonasi oldida esa Tanaboy birdan otini toʻxtatdi. – Toʻxta, – dedi u xotiniga. Egardan tushdi va katta qizini xotini mingan otning sagʻrisiga mingazdi. – Senga nima boʻldi? Qayoqqa? – Men hozir qaytaman, Jaydar. Sen ketaver, Choroga ayt, men tezda yetib boraman, idorada shoshilinch ishlar bor, tushlikkacha yopilib qoladi. Ustaxonaga ham lip etib kirib chiqaman. Koʻchish oldidan taqalarni saranjomlab qoʻyish kerak. – Oldinma-keyin borishimiz yaxshi emas-ku. – Hechqisi yoʻq, hechqisi yoʻq. Sen ketaver. Men hozir... Na idoraga, na ustaxonaga kirdi Tanaboy. U toʻppa-toʻgʻri otxonaga qarab yoʻl oldi. Otdan tushib, hech kimni chaqirmay bir oʻzi otxonaga kirdi. Koʻzlari qorongʻilikka koʻnikkunicha tomogʻi qaqrab ketdi. Otxona boʻm-boʻsh va jimjit edi, hamma otlar minib ketilgan edi. U yoq-bu yoqqa qarab olgach, Tanaboy yengil nafas oldi. Otboqarlardan birontasini koʻrish uchun yon eshikdan otxona hovlisiga chiqdi. Shunda u bu yerda soʻnggi kunlargacha koʻrishdan qoʻrqib yurgan narsasini koʻrdi. – Shundaydir deb oʻylovdim, ablahlar! – dedi u sekin mushtlarini qisib. Dokaga oʻralgan dumi arqon bilan boʻyniga bogʻlab qoʻyilgan Gulsari bostirma tagida turardi. Kerilgan orqa oyoqlari orasida kattaligi koʻvachaday keladigan, yalligʻlangan tarang shish qorayib koʻrinardi. Ot ohur ustida kallasini osiltirib qimir etmay turardi. Tanaboy lablarini tishlab ingrab yubordi, yoʻrgʻaning yoniga bormoqchi boʻldi-yu, lekin jur’at eta olmadi. Uni vahima bosdi. Boʻm-boʻsh otxona, huvillagan hovli va bichib tashlangan yakkayu-yolgʻiz yoʻrgʻa otni koʻrib vahimaga tushdi. U ortiga qayrildi va indamay nari ketdi. Tuzatib boʻlmaydigan ish sodir boʻlgan edi. Ular kechqurun oʻz oʻtovlariga qaytib kelishganlarida Tanaboy xotiniga xasrat bilan dedi: – Tushim oʻngidan keldi. – Nima boʻldi? – Mehmondorchilikda bu haqda gapirib oʻtirmadim. Gulsari endi qochib kelmaydi. Uni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling