Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
66 
library.ziyonet.uz/ 
 
koʻz oldida oy gavdalanadi, kallasini yerga osiltirganida u toshdek dumalab tushadi. 
 
Goh yorugʻ, goh qorongʻi, goh yorugʻ, goh qorongʻi... Qarayverib koʻzlar toliqdi. 
 
Zanjirlar jaranglaydi, oyoqlar qonga belanadi. Sakraydi, tagʻin sakraydi, tagʻin. Hamma 
yoq boʻm-boʻsh, qop-qorongʻi. Kishanda uzoq yurish kerak, kishanda yurish muncha 
ham qiyin. 
 
Jarlik yoqasida gulxan yonmoqda. Sovuq, qattiq yer saman otning biqinini muzlatadi... 
XI 
Ikki haftadan keyin yaylovga, yana togʻlarga koʻchish kerak edi. Butun yoz boʻyi, butun 
kuz va qish boʻyi, kelgusi bahorga qadar shu yoqda boʻlish kerak. Bir uydan ikkinchi 
uyga koʻchish naqadar mushkul! Shuncha ashqol-dashqol qayoqdan yigʻilarkin? Shuning 
uchun ham qirgʻizlar qadimdan: kambagʻal boʻlsang, koʻchib koʻr, deyishadi. 
 
Koʻchishga hozirlanish kerak, bir dunyo har xil ishlarni qilish – tegirmonga, bozorga, 
etikdoʻzga, internatga oʻgʻlining oldiga borib kelish kerak... Tanaboy boʻlsa boʻkkan 
nonday boʻshashib yurardi. Oʻsha kunlari u xotiniga juda gʻalati koʻrindi. Gaplashishga 
ham ulgurmaysan: erta turib yilqilar oldiga ketib qoladi. Tushga tomon qovoqlarini osib, 
asabiylashib qaytib keladi. Bir narsani kutganday, doim quloqlari ding. 
 
– Senga nima boʻldi? – deb surishtirardi Jaydar. U indamasdi, bir kuni esa ochilib 
gapirdi: 
 
– Yaqinda yomon tush koʻrdim. 
 
– Mendan qutulish uchun shuni oʻylab topdingmi? 
 
– Yoʻq, chindan ham. Miyamdan ketmayapti oʻsha tush. 
 
– Shu kunga qoldikmi? Ovuldagi Xudosizlarning boshligʻi sen emasmiding? Kampirlar 
seni qargʻashmasmidi? Qarib boryapsan, Tanaboy, hamma gap shunda, yilqilarning 
oldidan aylanib ketmaysan, yaylovga koʻchish vaqti juda yaqin qolganligi parvoyingga 
ham kelmaydi. Axir mening bir oʻzim bolalarni eplashtira olamanmi? Loaqal Choroni 
koʻrib kelsang boʻlardi. Obroʻli odamlar koʻchish oldidan kasallarni koʻrib kelishadi. 
 
– Ulguraman, – qoʻl siltadi Tanaboy, – keyin. 
 
– Keyin, qachon? Sen, nima, ovulga borishga qoʻrqasanmi? Ertaga birga boramiz. 
Bolalarni olamiz-da, ketamiz. Men ovulga borib kelishim kerak. 
 
Yosh qoʻshnilariga yilqilarni topshirib, ertasi kuni butun oila otlarga minishib joʻnashdi. 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling