Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
56 
library.ziyonet.uz/ 
 
duxoba yostiqli besoʻnaqay egarning borligi, biqinlariga zilday uzangilarning shapatilab 
zaiflayotganligi bilan uning ishi yoʻq edi. U kecha suvligʻini chaynab, guvillab 
oʻtayotgan yuk mashinalaridan hurkib, tumandagi qator ot qoziqlarining birida 
turganligini unutgandi. Keyinroq sassiq ichimlikxona yonidagi koʻlmakda turganligi va 
uning yangi xoʻjayini oʻzining ulfatlari bilan chiqqanligi, hammasidan sassiq hid burqib 
taralganligini ham unutgandi. Yangi xoʻjayini pishillab, kekira-kekira unga mingandi. 
Yoʻlda ular loy kechishib ahmoqona poyga uyushtirganlarini, yangi xoʻjayinini qanday 
surib olib ketganligini va u egar ustida loʻkillab borganligini, keyin esa yuganni qattiq 
tortib, uning boshiga qamchi bilan tushira boshlaganini ham unutgandi. 
 
Hammasini unutgandi saman yoʻrgʻa, hammasini. Uyurning hidi, biyalar sutining hidi, 
qulunlar hidi, dasht shamolining hidi uning boshini aylantirardi... Saman yoʻrgʻa chopib 
yurardi – orqasidan quvib kelayotganlarini fahmlamay chopib-elib yurardi. 
 
Tanaboy yilqilarni avvalgi joyiga qaytargan edi hamki, ovuldan ikki otboqar kelib qoldi. 
 
Ular Gulsarini podadan olib ketishdi. 
 
Lekin koʻp oʻtmay u yana paydo boʻlib qoldi. Bu gal noʻxtasi ham, egari ham yoʻq edi. 
Bir amallab yuganni boshidan chiqarib tashlab, tunda otxonadan qochgandi. Tanaboy 
avval kulib yubordi, soʻng jimib qoldi va oʻylab turib, yoʻrgʻaning boʻyniga sirtmoq 
tashladi, oʻzi tutdi, oʻzi jilovlab, ovulga yetaklab ketdi, qoʻshni yaylovdagi yosh 
yilqiboqardan yoʻrgʻani orqadan haydab borishni iltimos qilmoqchi boʻldi. Yarim yoʻlda 
qochoq yoʻrgʻa ot ketidan kelayotgan otboqarlarni uchratdi. Gulsarini ularga topshira 
turib, Tanaboy hatto poʻngʻillab ham qoʻydi: 
 
– Nima, u yoqda hamma qoʻlsizlar toʻplanganmisizlar, raisning otiga tuzukroq qaray 
olmaysizlar. Qattiqroq bogʻlanglar uni. 
 
Gulsari uchinchi marta qochib kelganida, Tanaboyning hazilakamiga jahli chiqmadi: 
 
– Nima qilyapsan, ahmoq! Qaysi jin seni bu yoqqa boshlab kelyapti? Ahmoqsanda, 
ahmoqsan, – soʻkinardi u sirtmoq bilan saman yoʻrgʻaning ketidan quvib. Yana uni 
qaytarib olib borib berdi va tagʻin otboqarlar bilan soʻkishishdi. 
 
Lekin Gulsari aqlli boʻlishni xayoliga ham keltirmasdi, har gal qulay paytdan foydalanib 
qochib kelardi. 
 
Otboqarlarning ham joniga tegdi, Tanaboyning ham. 
...Oʻsha kun Tanaboy kech yotdi – yaylovdan kech qaytgan edi. Har ehtimolga qarshi, 
yilqilarni oʻtovga yaqin haydab keltirib qoʻydi-da, uxlab qoldi, uyqusi notinch boʻldi. 
Kun boʻyi juda charchagandi. Qanaqadir gʻalati tush koʻrdi – u yana urushda yuribdimi 
yo qayerdadir kushxonadami, anglash qiyin edi. Hamma yoq qon, qoʻllar ham yopishqoq 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling