Library ziyonet uz/ A lvido, ey
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
alvido ey gulsari
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Chingiz Aytmatov 55 library.ziyonet.uz/ Qaydasan, qora koʻzli boʻtalogʻim? Yelinimdan, tirsillab turgan yelinimdan sut tizillab chiqyapti, oyoqlarimdan oqib tushyapti. Qaydasan? Javob ber! Yelinimdan tizillab sut oqyapti. Oppoq sut... Qizlar esa uxlab yotishardi. Oʻtov ortida bepoyon choʻl, tun qorongʻiligida koʻz ilgʻamas choʻl yastanib yotardi. Bu paytda Gulsari otxonada toʻs-toʻpolon qilib, otboqarlarga uyqu bermayotgandi. U otlarga qamoqxona boʻlgan otxonaga birinchi bor tushishi edi. VIII Tanaboy bir kuni ertalab yilqilar orasida oʻz saman yoʻrgʻasini koʻrganida qalbi olam- olam quvonchga toʻldi. Ustida egar, noʻxtasidan uzilgan arqonning bir boʻlagi osilib turardi. – Gulsari, Gulsari, omonmisan? – Tanaboy sirtmogʻi bilan yugurib bordi va yaqinlashib uni begona yuganda, ogʻir uzangili qoʻpol begona egar ostida koʻrdi. Uni ayniqsa egar ustidagi qalin duxoba yostigʻi gʻazablantirib yubordi, goʻyo otni erkak emas, balki xotin minib yurganday. – Tuf! – gʻazablanganidan tupurib yubordi Tanaboy. Otni tutmoqchi, uning ustidagi mana bu bema’ni abzal-anjomlarning hammasini uloqtirib tashlamoqchi boʻldi, lekin Gulsari tutqich bermay qochib ketdi. Saman yoʻrgʻaning hozir u bilan ishi yoʻq, u biyalarga aylanishardi. Yoʻrgʻa ularni shu qadar sogʻingandiki, oʻzining. sobiq xoʻjayinini hatto payqamagan ham edi. «Demak, oxir qochib kelibsan-da, tizginni uzibsan-da. Balli! Xoʻp, mayli, oʻynab qol, oʻynab qol, men jim yuraman», oʻyladi Tanaboy va yilqilarning bir oz chopib yurishiga erk berishga qaror qildi. Gulsarining orqasidan odamlar yelib kelishmagunicha, u oʻzini oʻz uyidagiday his etib yuraversin. – Hayt-hayt-hayt! – qichqirdi Tanaboy, uzangiga oyoq tirab va sirtmoqni havoda oʻynatib yilqilarni haydadi. Biyalar qulunlarini chaqirib qoʻzgʻalishdi, yosh biyalar oʻynoqlab chopib ketishdi. Shamol ularning yollarini oʻynardi. Koʻkatlar bilan qoplanayotgan yer quyosh nuri ostida yashnardi. Gulsari seskanib tushdi, qaddini rostlab oldi-da, gerdayib chopib ketdi. Uyur oldiga tushib oldi, yangi aygʻirni uyurdan quvib chiqardi-da, orqaga haydab yubordi, oʻzi boʻlsa pishqirib, uyur oldida oʻzini koʻz-koʻz qilib oʻynoqlab ketdi va yilqilarning goh u yonboshiga, goh bu yonboshiga chopib oʻta boshladi. Uyurning hidi, biyalar sutining hidi, qulunlar hidi, dasht shamolining hidi uning boshini aylantirardi. Ustida bema’ni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling