Library ziyonet uz/ A lvido, ey
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
alvido ey gulsari
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Chingiz Aytmatov 53 library.ziyonet.uz/ Choro haqida soʻz ketganida Tanaboy indamay qoldi. Hamma jimib qoldi. Jaydar ogʻir xoʻrsindi. – Ber, – dedi u eriga, – odamlarni tutib turma. – Mana bu aqlli gap, allaqachon shunday qilsangiz boʻlardi, rahmat sizga Jaydar boybicha. Ibrohim bekorga qayta-qayta minnatdorchilik bildirmagandi. Shundan keyin, koʻp vaqt oʻtmay, u ferma mudirligidan raisning chorvachilik boʻyicha muovinligiga koʻtarildi... Tanaboy egar ustida yerga tikilib oʻtirardi, qaramasa ham hamma narsani koʻrardi. Gulsari qanday tutilganini va unga qanday qilib yangi noʻxta urilganini (oʻzining noʻxtasini Tanaboy oʻlsa ham bermasdi) koʻrib turdi. Gulsarining uyurdan ketgisi kelmayotganligini, Abalakaning oʻgʻli tutib turgan jilovdan qutulish uchun har tomon tashlanayotganini, Ibrohim goh u yonidan, goh bu yonidan ot choptirib kelib, qamchi bilan qulochkashlab uni urayotganini koʻrib turardi. U yoʻrgʻa otning koʻzlarini, bu koʻzlar sarosimaga tushib notanish kishilar uni biyalar va qulunlardan, oʻz xoʻjayinidan ayirib qayoqqa va nega olib ketayotganliklarini tushunmayotganini koʻrardi, kishnaganida uning ochiq ogʻzidan otilib chiqqan bugʻni, yolini, belini, sagʻrisini, bel va biqinlaridagi qamchi izlarini koʻrib turardi, butun bastini, hatto oldingi oʻng oyogʻining toʻpigʻidan yuqorisidagi kichikroq gʻurrani ham koʻrib turardi, uning oyoq tashlashlarini, tuyoq izlarini, och sargʻish toʻriq junlarining soʻnggi qiligacha hammasini koʻrib turardi va lablarini tishlab indamay iztirob chekardi... U boshini koʻtarganida Gulsarini olib ketganlar tepalik orqasida koʻzdan gʻoyib boʻlishgan edi. Tanaboy ingrab yubordida, ularning ortidan otini choptirib ketdi. – Toʻxta, bu niyatingdan qayt! – Jaydar oʻtovdan yugurib chiqdi. Chopib ketayotib birdan uning xayolidan: xotinim anavi tunlardagi qilmishlarim uchun saman yoʻrgʻadan qasos olyapti, degan dahshatli taxmin oʻtdi. U otni toʻsatdan keskin burib, qamchi bilan tislattirib urganicha orqasiga qaytardi. Oʻtov yonida otni shartta toʻxtatdi-da, sakrab tushdi va yuzi burushgan, rangi quv oʻchgan dahshatli bir ahvolda xotinining oldiga chopib keldi: – Sen nega... nega berib yubor, deding? – pichirladi u tik boqib. – Oʻzingni bos! Qoʻlingni tushir, – u har doimgiday xotirjamlik bilan bosib qoʻydi erini. – Gapimga quloq sol. Gulsari axir sening xususiy otingmi? Oʻz otingmi? Oʻzingga tegishli nimang bor sening? Bizdagi hamma narsa kolxozniki. Shu bilan tirikmiz. Saman yoʻrgʻa ham kolxozniki. Rais esa kolxoz xoʻjayini, nima desa, shu boʻladi. Anavi toʻgʻrisida koʻnglingga kelgan narsa bekor, istasang, hozir ham ketishing mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling