Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
47 
library.ziyonet.uz/ 
 
oʻz qiliqlarini koʻrsatadi. Vaqtincha unutilgan hamma narsani esga tushiradi u. 
Yigirmanchi asrda ham qish oʻzining shu qiligʻini qoʻymadi... 
 
Oʻshanda ham shunday qildi. Oriqlab ketgan mollar va yilqilar togʻlardan tushishib, 
choʻlga yoyilib ketishdi. 
 
Bahor. Qishdan omon chiqishdi. 
 
Oʻsha bahorda aygʻir Gulsari yilqilar orasida sayr qilib yurdi. Tanaboy endi uni kamdan-
kam egarlar, unga rahmi kelar, minaverish mumkin ham emasdi – qochirish mavsumi 
yaqinlashib qolgandi. 
 
Gulsari yaxshi aygʻir boʻladiganga oʻxshardi. Jajjigina qulunlarni xuddi otalariday 
kuzatib yurardi. Ona biya alahsib qolsa, u qulunning biror yoqqa dumalab ketishiga yoki 
yilqilardan ajralib qolishiga yoʻl qoʻymasdi. Gulsarining yana bir fazilati shu ediki, u 
otlarni bekordan-bekor bezovta qilishlarini yaxshi koʻrmasdi, agar bezovta qilaverishsa 
yilqilarni darrov uzoqroqqa haydab ketardi. 
 
Oʻsha yilning qishida kolxozda oʻzgarishlar boʻldi. Yangi rais yuborishdi, Choro ishlarni 
topshirdi-da, tuman kasalxonasiga yotdi. Uning yuragi juda zaiflashib qolgandi. Tanaboy 
koʻp marta doʻstini koʻrgani bormoqchi boʻldi-yu, ammo ishni tashlab ketib boʻlarmidi? 
Choʻpon koʻp bolali onaga oʻxshaydi. Doim, ayniqsa kuz va koʻklamda tashvishi koʻp 
boʻladi. Mol mashina emaski, qulogʻini burab qoʻyib ketaversang. Shu tariqa Tanaboy 
tuman kasalxonasiga bora olmadi. Endi uning yordamchisi yoʻq edi. Xotini oʻrin 
yordamchi yilqiboqar hisoblanardi – turmush kechirish uchun bir amallab pul topish 
kerak edi-da, axir: mehnat kuniga kam haq toʻlansa ham, har holda bir mehnat kuniga 
qaraganda ikki mehnat kuniga koʻproq haq olish mumkin. 
 
Lekin Jaydarning qoʻlida bolasi bor edi. U qanaqasiga yordamchi boʻla olsin? Kunu tun 
oʻzi koʻz-quloq boʻlib turishi kerak edi. Tanaboy qoʻni-qoʻshnilari bilan gaplashib 
yordamchi topgunicha Choroning kasalxonadan chiqib ovulga qaytganligi haqida xabar 
keldi. Shunda u xotini ikkisi, keyinchalik – togʻdan tushganlarida unikiga borishga qaror 
qilishdi. 
 
Vodiyga endi qaytib tushishganida, yangi joyga endigina koʻnika boshlashganida, 
Tanaboy haligacha hayajonsiz eslay olmaydigan voqea yuz berdi... 
 
Yoʻrgʻa ot dong chiqarsa, oqibati uning uchun yaxshi ham boʻlishi mumkin, yomon ham. 
Tevarak-atrofga uning dong-dovrugʻi qanchalik koʻp taralsa, boshliqlar unga shuncha 
koʻp koʻz olaytirishadi. 
 
Oʻsha kuni Tanaboy ertalabdan otlarni yaylovga haydadi, oʻzi esa ovqatlanish uchun 
uyiga qaytdi. Qizini tizzasiga olib, xotini bilan oilaviy ishlar haqida gaplashib choy ichib 
oʻtirardi. 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling