Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
41 
library.ziyonet.uz/ 
 
– Bibi, bu yoqqa kel – chaqirdi uni Tanaboy. – Menga qara, buni bir silab-siypab qoʻy, 
erkala, – imo qildi u saman yoʻrgʻaga qarab. – Bizni xafa qilma sen! 
 
– Voy, esimdan ham chiqibdi-ya, – kulib yubordi u. – Buni qara, ustini olma guli 
qoplabdi. – U shirin soʻzlarni aytib turib, peshonasida yulduz qashqasi bor huv anavi 
toʻriq biyachaning lablari singari silliq va yoqimli ajoyib qoʻllari bilan otni silab-siypay 
boshladi. 
 
Daryodan oʻtgach, xoʻjayin oʻlan ayta boshladi. Uning qoʻshigʻi ostida qadam tashlash 
unga yoqar, shunda yaylovdagi podaga tezroq yetib olishga oshiqar edi. 
 
Bu may tunlarida Tanaboyning omadi keldi. Podani tunda boqish navbati unga kelgandi. 
Saman yoʻrgʻa uchun yangi hayot boshlandi. Kunduzi u oʻtlab yurardi, dam olardi, tunda 
esa xoʻjayini yilqilarni pastqam yerga haydab, uni minib yana oʻsha hovli tomon 
haydardi. Tong gʻira-shirasida ular goʻyo ot oʻgʻrilariday choʻlning kamqatnov 
soʻqmoqlaridan yurishib, pastqamlikdan otlar tomon shoshilishardi. Bu yerda xoʻjayini 
yilqilarni bir joyga yigʻib, qayta-qayta sanab chiqar va oxiri koʻngli tinchirdi. Saman 
yoʻrgʻaga qiyin boʻldi. Xoʻjayinning bir oyogʻi u yoqda, bir oyogʻi bu yoqda edi. Tunlari 
esa yoʻlsiz joylardan chopib yurish oson emasdi. Lekin xoʻjayinning irodasi shu edi. 
 
Gulsarining erki oʻzida boʻlsa, u uyurdan sira ham ajralmasdi. Unda aygʻirlik alomatlari 
paydo boʻlayotgandi. Hozircha u toʻdadagi aygʻir bilan chiqishib, murosa qilib yurgandi. 
Lekin ikkalasi ham bitta biyaga aylanishib, dam-badam toʻqnashadigan boʻlib qolishdi. U 
boʻynini tik koʻtarib, dumini xoda qilib yilqilar oldida tez-tez oʻzini koʻz-koʻz qilib 
yuradigan boʻlib qoldi. Qattiq kishnar, achchigʻlanar, biyalarni sonidan asta tishlar edi. 
Bu esa ularga yoqsa kerak, uyur aygʻirining rashkini keltirib Gulsariga suykalishardi. 
Saman yoʻrgʻa rosa adabini yerdi – aygʻir qari, rahmsiz va urishqoq edi. Lekin tun boʻyi 
hovlida turishdan koʻra bezovtalanib, toʻda aygʻiridan qochib yurish yaxshi edi. Bu yerda 
– hovlida u biyalarni sogʻinar, anchagacha tipirchilab turar, yer tepinar, keyin 
yuvoshlanib qolardi. Agar anavi hodisa boʻlmaganida, kim bilsin, bu ―tungi safarlar‖ 
qanchagacha davom etardi... 
 
Oʻsha tunda saman yoʻrgʻa uyurni qoʻmsab, egasini kutib, odatdagidek hovlida turardi, 
bir oz mudray boshlagandi ham. U tom toʻsiniga qantarilib qoʻyilgandi. Bu – yotishiga 
yoʻl qoʻymasdi: har gal mudrab boshi tushib ketganda suvligʻi ogʻziga qattiq botardi. 
Shunday boʻlsa ham uyqu bosardi. Havo qandaydir ogʻir boʻlib, qop-qora bulutlar 
osmonni qoplab olgandi. 
 
Gulsari mudrab turib, uyqu aralash daraxtlarni goʻyo toʻsatdan qandaydir bir kuch 
qulatmoqchi boʻlganday silkitayotganini, ular shovillab ketganini payqab qoldi. Shamol 
guvillab, sigir sogʻadigan boʻsh chelakni taraqlatib hovlida yumalatib, arqondagi kiyim-
kechaklarni yulib-yulqib uchirib ketardi. Laycha qayoqqa yashirinishini bilmay 
tipirchilab gʻingshiy boshladi. Yoʻrgʻa jahl bilan pishqirdi, quloqlarini dikkaytirib qotib 
qoldi. U boshini devordan oshirib choʻl tomonga qaradi, u yerdan, zulmat ichidan 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling