Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
40 
library.ziyonet.uz/ 
 
 
Bibijon indamadi. 
 
Uning koʻzlari oydinda suv tubida yaltirab koʻringan toshlar singari yalt etib yondi-yu, 
yana soʻndi. Saman yoʻrgʻa juvonning unga yaqin kelishini va boʻynini silab-siypashini 
kutardi, lekin u bunday qilmadi. 
 
– Sovuq, – yelkalari qaltirab ketdi Bibijonning. – Nega turibsan? Unday boʻlsa, kir. Eh, 
oʻylab topganingni qara, – sekin kuldi u. – Sen bu yerda ot ustida tipirchilab turganingda 
men ham boʻlarimcha boʻldim. Bolaga oʻxshaysan. 
 
– Men hozir. Otni bogʻlay. 
 
– Huv anavi yerga, devor yonidagi burchakka bogʻlab qoʻya qol. 
 
Xoʻjayinning qoʻllari hech qachon bunchalik qaltiramagandi. U suvliqni chiqarishga 
shoshilar, ayillarni darrov boʻshata olmasdi. Ayilning birini bir oz boʻshatdi, ikkinchisini 
esa esdan chiqarib qoʻydi. 
 
U juvon bilan birga kirib ketdi, koʻp oʻtmay derazalardagi chiroq oʻchdi. 
 
Begona hovlida turish saman otga gʻalati tuyulardi. 
 
Oy bor nurini sochardi. Gulsari devordan koʻzini oshirib qarab, osmonga boʻy choʻzgan, 
oqimtir-koʻkish shu’laga chayib olingan tungi togʻlarni koʻrdi. U quloqlarini dikkaytirib 
tinglardi. Ariqda suv shildirardi. Uzoq dalalada hamon oʻsha traktor tarillar, bogʻlarda 
esa hali ham oʻsha yolgʻiz bulbul sayrardi. 
 
Qoʻshni olma daraxti butoqlaridan oppoq gul barglar toʻkilib, otning kallasi va yoliga 
sekin qoʻnardi. 
 
Tun yorishib borardi. Saman ot tik turib, tanasining ogʻirligini goh u oyogʻiga, goh bu 
oyogʻiga solar, tik turib xoʻjayinini sabr-toqat bilan kutar edi. Tunlarni tongga ulab, hali 
yana koʻp marta bu yerda turishini bilmasdi u. 
 
Tanaboy azonda uydan chiqdi, iliq qoʻllari bilan Gulsarining ogʻziga suvliq sola boshladi. 
Endi uning qoʻllaridan ham notanish oʻtning oʻsha gʻalati hidi kelardi. 
 
Bibijon Tanaboyni kuzatishga chiqdi. Uning pinjiga suqildi, Tanaboy undan uzoq boʻsa 
oldi. 
 
– Moʻyloving sanchib oldi, – shivirladi u. – Shoshilish kerak, qara, yorishib qoldi. – U 
ketmoqchi boʻlib oʻgirildi. 
 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling