Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
42 
library.ziyonet.uz/ 
 
qandaydir dahshatli narsa guvillab yaqinlashib kelayotgan edi. Bir zumdan soʻng xuddi 
daraxt qulaganday taraq-turuqlab ketdi. Momaqaldiroq gulduradi, chaqmoqlar bulutlarni 
qaychiladi. Sharillab yomgʻir quydi. Saman yoʻrgʻa qamchi yeganday jilovini uzmoqchi 
boʻldi va uyuri uchun dahshatga tushib, jon-jahdi bilan kishnab yubordi. Unda oʻz 
urugʻini xavfdan saqlashdek azaliy savqi tabiiy uygʻongan. Ot es-hushini yoʻqotib suvliq, 
jilov, ayil, qil arqondan – uni bu yerda mahkam ushlab turgan hamma narsadan qutulish 
uchun isyon koʻtardi. U har yoqqa tashlanib, tuyoqlari bilan yerni qaziy boshladi va 
yilqilar sado eshitish umidida tinimsiz kishnashga kirishdi. Ammo faqat boʻrongina 
hushtak chalar va uvillardi. Oh, u bogʻlogʻliq joyidan boʻshay olganda edi!.. 
 
Xoʻjayini ichki oq koʻylakda otilib chiqdi, uning ortidan ayol koʻrindi, u ham oppoq 
koʻylakda edi. Ular yomgʻir ostida bir pastda qorayib ketishdi. Chaqmoq ularning hoʻl 
yuzlari va qoʻrquv bosgan koʻzlariga nur sochib, qorongʻilikdagi uyning bir qismini 
uning shamolda ochilib-yopilib turgan eshigini ham yoritdi. 
 
– Toʻxta! Toʻxta! – yechib olishga urinib otga baqirdi Tanaboy. Lekin ot endi unga 
boʻysunmasdi. Saman ot xoʻjayiniga yirtqichlarday tashlandi, tuyoqlari bilan devorni 
qulatdi, chilvirni uzish uchun tinmay yulqinardi. Tanaboy devorga qapishib uning yoniga 
pisib bordi, qoʻllari bilan boshini berkitib oldinga tashlandi va jilovga osilib qoldi. 
 
– Tezroq yech! – qichqirdi u juvonga. 
 
Ayol chilvirni endi yechgan ham ediki, yoʻrgʻa ikki old oyogʻini oldinga koʻtarib, 
Tanaboyni hovli boʻylab sudrab ketdi. 
 
– Qamchini ber, tezroq! 
 
Bibijon qamchini keltirgani yugurib ketdi. 
 
– Toʻxta, toʻxta, oʻldiraman! – qichqirardi Tanaboy otning tumshugʻiga qamchi bilan 
savalab. U egarga oʻtirib olishi, hozirning oʻzidayoq yilqilar oldiga yetib borishi lozim 
edi. U yoqda nima boʻlayotganikin? Dovul otlarni qayoqlarga haydab ketdiykin? 
 
Lekin saman yoʻrgʻa ham yilqilar oldida boʻlishi kerak edi. Hozirning oʻzidayoq, qudratli 
savqi tabiiy uni chorlayotgan mana shu damdayoq yetib borishi lozim. Shuning uchun 
ham u kishnar va oyoqlarini tik koʻtarar, shuning uchun ham u bu yerdan tezroq ketishga 
shoshilardi. 
 
Yomgʻir esa chelaklab quyardi, chaqmoq chaqib, momaqaldiroq gumburlab, yerni 
larzaga keltirardi. 
 
– Ushla! – buyurdi Tanaboy Bibijonga. 
 
Juvon jilovni ushlab olganida u egarga sakradi. U oʻtirishga hali ulgurmasdanoq, otning 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling