Library ziyonet uz/ A lvido, ey
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
alvido ey gulsari
Alvido, ey Gulsari (qissa)
Chingiz Aytmatov 37 library.ziyonet.uz/ Chavandozlarning yuzlaridagi jiddiylik va ularning kamgapligi shundanmikin, qozoqlar doʻmbirasi va qirgʻizlar qoʻbizining jarangdor ovozini shular tugʻdirmadimikin!.. Daryoga yaqinlashib qolishgandi. U oldindagi quyuq changalzorlar ortida xira yiltillardi. Yana ozroq qolgandi. Daryoning narigi betida oʻyin tugaydi, u yogʻi esa ovul. Tanaboy va uni qurshab olganlar bir toʻda boʻlib chopishardi. Gulsarini goʻyo bosh kemaday oʻrtada qoʻriqlab borishardi. Lekin u charchagan, juda charchagan edi – kun haddan ortiq ogʻir boʻldi. Saman yoʻrgʻa holdan toydi. Ikki yonboshida chopib borayotgan yigit uning suvligʻidan tortishib otni yiqilgani qoʻyishmasdi. Qolganlari Tanaboyni orqadan va yon tarafdan qoʻriqlab chopishardi. U boʻlsa egarning oldiga tashlangan uloq ustiga koʻkragini bosib yotardi. Tanaboyning boshi chayqalar, oʻzi boʻlsa egar ustida zoʻrgʻa oʻtirardi. Yonida qoʻltiqlab borayotgan chavandozlar boʻlmaganida edi, oʻzining ham, yoʻrgʻaning ham qoʻzgʻalishga holi kelmagan boʻlardi. Ilgarilari, ehtimol, oʻljani olib shunday qochishgandir, balki, yarador botirni asirlikdan shunday qutqarishgandir... Mana daryo, mana oʻtloq, shagʻal toshli keng kechuv. Qorongʻi tushsa ham hozircha u koʻrinib turardi. Chavandozlar chopishdan toʻxtamay suvga otilib kirishdi. Taqalarning quloqlarni kar qilguday taqir-tuquri ostida suvni sachratib, yoʻrgʻa otni narigi qirgʻoqqa olib chiqishdi. Olomon-poyga tamom boʻlgan edi! Gʻalaba! Kimdir Tanaboyning egaridan uloqni olib, ovulga chopib ketdi. Qozoqlar daryoning narigi betida qolishdi. – Biz bilan uloq chopishganingiz uchun rahmat sizlarga! – qichqirishdi ularga qirgʻizlar. – Sogʻ boʻlinglar! Kuzda yana uchrashamiz! – javob berishdi qozoqlar va otlarini orqaga burishdi. * * * Qorongʻilik tushgan, Tanaboy mehmondorchilikda oʻtirardi, saman yoʻrgʻa esa boshqa otlar bilan birga hovlida bogʻlogʻliq turardi. Minishga oʻrgatilgan birinchi kunni hisobga olmaganda, Gulsari hech qachon bunchalik charchamagandi. Lekin oʻsha paytda u hozirgiga nisbatan nozikkina nihol edi. Uyda u haqda soʻz borardi: – Tanaboy, Gulsari uchun qadah koʻtaraylik: agar u boʻlmasa, bugun biz gʻalabaga erisha olmasdik. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling