Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
34 
library.ziyonet.uz/ 
 
tomon intilardi. Nahotki xoʻjayini – oʻzi albatta gaplashib olishi lozim boʻlgan juvonni 
koʻrmayotgan boʻlsa?.. 
Ikkinchi kun, ya’ni 2 may ham Gulsarining kuni boʻldi. Bu gal tush paytida choʻl 
bagʻrida uloq oʻtkazildi. Choʻl yana qiy-chuv, qiyqiriqlarga toʻldi, yer yana nogʻoraday 
taraqladi. Son-sanoqsiz otliq ishqibozlar qiy-chuv koʻtarishib uloqchilar atrofida 
girdikapalak boʻlib chopib yurishardi. Yana Gulsari kunning qahramoni boʻldi. Lekin 
Tanaboy uni oxirgi oʻyin – kim epchil va tezkor boʻlsa, uloqni oʻsha oʻz ovuliga olib 
ketishiga ruxsat beriladigan erkin olomon-poygaga saqlab turardi. Olomon-poygani 
hamma kutardi, chunki u musobaqaning choʻqqisi edi, buning ustiga istagan chavandoz 
unda qatnasha olardi. Har kim ham oʻz baxtini sinab koʻrishni xohlardi. 
 
May quyoshi esa bu orada uzoqda – qozoq yerlarida sekin choʻkmoqda edi. Barkashday 
oftob xuddi tuxum sarigʻiga oʻxshardi. Qarasang koʻzing qamashmasdi. 
 
Qirgʻizlar va qozoqlar to kechgacha ot choptirib, egarlaridan engashib, uloqqa chang 
solishar, uni bir-birlaridan yulqib olishib, goh suron koʻtarishar, goh gʻuj boʻlib olishar, 
goh qiyqirishib yana tarqalib ketishardi. 
 
Choʻldagi soyalar uzayganida qariyalar nihoyat olomon-poygani boshlashga ruxsat 
berishdi. Uloq oʻrtaga tashlandi: «Olomon!» 
 
Hamma birdan tashlanib, echkini yerdan koʻtarib olishga urindi. Lekin ur-yiqit 
toʻpolonda uni olish oson emasdi. Otlar telbalanib gir aylanishar, tishlarini gʻijirlatib bir-
birlarini tishlashar edi. Gulsari bu ur-yiqitda qiynalar, keng maydonga chiqqisi kelar
ammo Tanaboy uloqni hech qoʻlga tushira olmas edi. Birdan: «Ushla-a, qozoqlar olishdi-
i!» degan kuchli ovoz yangradi. Otlar girdobidan gimnastyorkasi dabdala boʻlgan yosh 
qozoq quturib ketgan qora toʻriq otda otilib chiqdi. U taqimiga uloqni qistirib, otni 
choptirganicha ketdi. 
 
– Ushla-a! Anavi qora toʻriq! – hamma qichqirdi, quvishga tashlanib. – Tezroq, Tanaboy, 
faqat sen quvib yeta olasan! 
 
Qora toʻriq otdagi qozoq uzangining ostida selkillab osilib borayotgan uloq bilan toʻppa-
toʻgʻri quyosh qizarib botayotgan tomonga ketib borardi. Goʻyo yana bir oz chopsa u ana 
shu alangalanayotgan quyoshga uchib kirib, oʻsha yerda qizil tutun boʻlib erib 
ketadiganday tuyulardi. 
 
Gulsari Tanaboy nega jilovini tortib borayotganini tushunmasdi. Lekin uning egasi qozoq 
yigit ta’qib qilib borayotgan sonsiz-sanoqsiz chavandozlardan ajralib olishini, unga 
yordamga oshiqayotgan bir toʻda urugʻdoshlaridan uzoqroq ketishini kutish kerakligini 
bilardi. Ular toʻriq otni chopqir otlar bilan oʻrab olishsa bormi, qoʻldan boy berilgan 
oʻljani hech qanday kuch bilan olib boʻlmasdi. 
 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling