Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
22 
library.ziyonet.uz/ 
 
 
– Tur, tur! – qichqirib yubordi u va tizgin bilan otning kallasiga tushirdi. Soʻng urgani 
uchun oʻzidan xafa boʻlib, yana baqira boshladi: – Nega tushunmaysan axir? Harom 
oʻlmoqchimisan? Bunga sirayam yoʻl qoʻymayman! Tur, tur, dedim! 
 
U otning yolidan tortardi. 
 
Gulsari oyoqlarini zoʻr-bazoʻr tiklab oldi, ogʻir ingradi. Qorongʻu boʻlsa ham otning 
koʻziga qarashga Tanaboyning yuragi dov bermadi. U otni silab-siypadi, u yer-bu yerini 
paypaslab koʻrdi, soʻngra qulogʻini otning chap biqiniga tutdi. U yerda, otning 
koʻkragida yuragi xuddi yoʻsinlarga oʻralib qolgan tegirmon parragiday pixillab zoʻrgʻa 
urib turar edi. U to beli qaqshagunicha otning yonida shu koʻyda uzoq egilib turdi. Keyin 
qaddini rostlab, boshini silkidi, xoʻrsindi, soʻng tavakkal qilishga – koʻprikdan oʻtgach, 
soy yoqalab boruvchi soʻqmoqqa burilishga qaror qildi. Bu soʻqmoq togʻliqqa olib 
chiqardi va uyga tezroq yetib olishi mumkin edi. Toʻgʻri, tunda adashib qolish ham hech 
gap emas, ammo Tanaboy oʻziga ishonardi, bu yerlarni koʻpdan beri bilardi, faqat ot 
chidash bersa boʻlgani. 
 
Chol shular haqida oʻylar ekan, uzoqda yoʻlovchi mashinaning chiroqlari porlab koʻrindi. 
Chiroqlar zulmat quchogʻidan bir juft yorqin shar kabi toʻsatdan chiqdi-da, uzun, 
tebranuvchi yogʻdulari bilan oʻz oldidagi yoʻlni paypaslab tez yaqinlashib kela boshladi. 
Tanaboy saman ot bilan koʻprik yonida turardi. Mashina ularga hech qanday yordam bera 
olmasdi, shunday boʻlsa ham Tanaboy uni kutib turardi. Sababini oʻzi bilmasa ham kutib 
turardi u. 
 
«Nihoyat, loaqal bittasi uchradi»,– oʻyladi u yoʻlda odamlar paydo boʻlganligidan 
mamnun boʻlib. Yuk mashinasining chiroqlari oʻtkir nurlari bilan uning koʻzlarini 
qamashtirgan edi, u koʻzlarini qoʻli bilan berkitib oldi. 
 
Mashina kabinasida oʻtirgan ikki kishi koʻprik yonidagi qari kishi va uning oldida goʻyo 
ot emas, balki odamga ergashib olgan itga oʻxshab turgan egarsiz, yugansiz qirchangʻini 
koʻrib hayron qolishdi. Toʻgʻri tushgan yorugʻlik bir lahza chol va otni yoritib yubordi va 
ular birdan jismsiz oppoq shaklga aylanib qolgandek boʻldi. 
 
– Tavba, tun yarmida bu yerda nima qilib yuribdi? – dedi haydovchining yonida oʻtirgan 
quloqchin telpakli novcha yigit. 
 
– Bu oʻsha, anavi yoqdagi arava shuniki, – tushuntirdi haydovchi va mashinasini 
toʻxtatdi. – Senga nima boʻldi, chol? – qichqirdi u kabinadan boshini chiqarib. –Yoʻlda 
aravani tashlab ketgan senmisan? 
 
– Ha, men,– javob berdi Tanaboy. 
 
– Shunaqa degin. Qarasak, yoʻlda shalagʻi chiqqan arava yotibdi. Atrofda hech kim yoʻq. 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling