Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
16 
library.ziyonet.uz/ 
 
yoqdan yomgʻir yogʻib, bir yoqdan oftob chiqar, tuyoqlar ostidan oʻt unar edi. Oʻtloqlar 
koʻm-koʻk, ularning ustidagi tizma togʻlarda oppoq-oppoq qorlar yarqirab turardi. Oʻsha 
bahorda saman yoʻrgʻa yoshlikning ajoyib davrini surardi. Bir yarim yasharli kalta dum, 
serjun toychoqdan kelishgan, baquvvat aygʻirga aylanib borayotgandi. Uning boʻyi oʻsdi, 
tanasi yumshoq tarhlarini yoʻqotib, uch burchak shakliga kira boshlagandi – koʻkragi 
keng, orqasi ingichka edi. Kallasi ham yoʻrgʻa otlarnikidek ozgʻin, peshonasi doʻng, 
koʻzlarining oraligʻi keng, lablari yigʻiq va tarang edi. Ammo uning chopishdan boshqa 
ishi yoʻq, shu sababdan u xoʻjayiniga koʻp tashvish orttirgan edi. Oʻz tengdoshlarini 
orqasidan ergashtirib, bularning orasida uchar yulduzday chopib yurardi. Qanaqadir 
bitmas-tuganmas kuch uni togʻlarga, yon bagʻirlardan pastliklarga, toshli qirgʻoq, tik 
soʻqmoqlar boʻylab, soyliklarga haydardi. Hatto tun yarmida, yulduzlar ostida uyquga 
ketganida ham oyoqlari ostidagi zaminining qochib ketayotganligi, yoli va quloqlarida 
shamolning hushtak chalayotganligi, tuyoqlari taqillayotganligi tushiga kirardi. 
 
Oʻziga bevosita aloqador boʻlmagan hamma narsaga qanday qarasa, xoʻjayiniga ham 
xuddi shunday qarardi. Uni sevmasdi ham, unga hech qanday adovati, gʻarazi ham yoʻq 
edi, chunki unga xalaqit bermasdi. Faqat uzoqqa chopib ketishganida ularni quvib 
soʻkinardi. Ba’zan xoʻjayini saman yoʻrgʻaning sagʻrisiga ukruk – sirtmoq bilan bir-ikki 
urib qolishga ulgurardi. Bunday vaqtda Gulsarining butun tanasi titrab ketar, ammo 
kaltakdan koʻra koʻproq zarbning toʻsatdan kelib tushganligidan choʻchib ketardi, shunda 
qadamini yana ham tezlashtirardi. U yilqilar yoniga qaytayotib qanchalik tez chopsa, 
ukrukni koʻndalang tutib izma-iz quvib kelayotgan xoʻjayiniga shunchalik koʻp yoqardi. 
Yoʻrgʻa oʻz ortidan ruhlantiruvchi qichqiriqlarni, xoʻjayini egar ustida oʻlan ayta 
boshlaganini eshitar, bunday damlarda u egasini sevar, qoʻshiq ostida chopishni yaxshi 
koʻrar edi. Borib-borib bu qoʻshiqlar qulogʻida qoldi – ularning orasida har xili: quvnogʻi 
va gʻamgini ham, uzuni va qisqasi ham, soʻzlisi va soʻzsizi ham bor edi. U yana 
xoʻjayining yilqilarni tuz bilan boqishini ham yaxshi koʻrardi. Qoziqlarga oʻrnatilgan 
uzun taxta oxurga egasi yalama tuz parchalarini tashlardi. Butun yilqilar yopirilib kelardi, 
ana rohat, ana maza. Uni qoʻlga tushirgan ham shu tuz boʻldi. 
 
Bir kuni xoʻjayin boʻsh chelakni taqillatib chalib, otlarni «poʻ, poʻ, poʻ!» deb chorlay 
boshladi. Otlar chopib kelishdi. Gulsari boshqalarning oʻrtasida turib tuz yalardi va 
xoʻjayini sherigi bilan birga qoʻllarida sirtmoq bilan yilqilarni aylana boshlaganida sira 
ham bezovtalanmadi. Buning unga dahli yoʻq edi. Ukruk bilan miniladigan otlarni, 
sogʻiladigan biyalarni va boshqa yilqilarni tutishardi, lekin uni tutishmasdi. U erkin edi. 
Birdan qil sirtmoq uning boshidan sirgʻalib tushib, boʻynida osilib qoldi. Gulsari nima 
gapligini tushunmas, sirtmoqdan u qoʻrqmas, shuning uchun tuz yalashda davom etardi. 
Boshqa otlar boʻyinlariga ukruk tashlanganida oʻzlarini har yoqqa tashlardilar, oyoqlarini 
koʻtarib sapchirdilar, Gulsari boʻlsa qimir etmadi. Lekin uning daryoga chopib borib suv 
ichgisi kelib ketdi. Boʻynidagi sirtmoq esa tortilib uni toʻxtatib qoʻydi. Bunaqasi sira 
boʻlmagandi. Gulsari sapchib oʻzini orqaga tashladi, koʻzlari ola-kula boʻlib xirillay 
boshladi, soʻng shiddat bilan old oyoqlarini osmonga tik koʻtardi. Atrofdagi otlar 
birpasda tumtaraqay qochib ketishdi, shunda u oʻzini qil arqonda ushlab turgan odamlar 
oʻrtasida koʻrdi. Egasi oldinda, uning orqasida esa ikkinchi yilqichi turardi, yaqindan beri 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling