Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
17 
library.ziyonet.uz/ 
 
bu yerda paydo boʻlib qolgan va yilqilar tevaragida tinmay ot choptirib, uning joniga 
tekkan yilqichilarning bolalari ularni oʻrab olishgandi. 
 
Yoʻrgʻa otni dahshat bosdi. U tagʻin bir sapchib oyoqlarini baland koʻtardi, soʻng yana 
osmonga sapchidi, koʻzi oʻngida quyosh olovli doiralarga boʻlinib xiralashib ketdi
togʻlar, yer, odamlar qulab, chalqanchasiga yiqilib tusharkan, koʻz oldini bir lahza qop-
qora, vahimali boʻshliq qopladi, u bu boʻshliqni oldingi oyoqlari bilan tepkilab turardi. 
 
Ammo u qancha tepinmasin, sirtmoq boʻynini borgan sari qattiqroq siqib borardi, yoʻrgʻa 
samanning nafasi boʻgʻilib, oʻzini odamlardan chetga olish oʻrniga ularga tashlandi. 
Odamlar oʻzlarini olib qochishdi, sirtmoq bir daqiqa boʻshashdi va ot chopib ularni 
sudrab ketdi. Ayollar qichqirib, bolalarini oʻtovlarga hayday boshlashdi. Lekin yilqichilar 
oʻrinlaridan turib olishga ulgurishdi va sirtmoq yana Gulsarining boʻynidan siqa boshladi. 
Bu gal u shu qadar qattiq siqdiki, nafas olishning iloji boʻlmay qoldi. Shunda u boshi 
aylanib, nafasi boʻgʻilib toʻxtadi. 
 
Arqonni qoʻldan chiqarmay, xoʻjayin yon tomondan yaqinlashib kelaverdi. Gulsari uni 
bir koʻzi bilan koʻrib turardi. Xoʻjayin tilka-pora boʻlib ketgan kiyimda, yuzlari shilingan 
holda unga yaqinlashardi Ammo egasining koʻzlarida gʻazab uchquni koʻrinmasdi. U 
ogʻir nafas olar va yorilib ketgan lablarini chapillatib sekin, deyarli shivirlab gapirardi: 
 
– Tek, tek, Gulsari, qoʻrqma, toʻxta, toʻxta! 
 
Uning ortidan arqonni boʻshatmay ehtiyotkorlik bilan yordamchisi yaqinlashib kela 
boshladi. Xoʻjayin nihoyat qoʻlini choʻzib saman otga yetkazdi, uning boshini siypadi, 
oʻgirilmay turib yordamchisiga: 
 
– Yuganni ber, – dedi. U yuganni uzatdi. 
 
– Tek tur, Gulsari, tek tur, jonivor, – der edi u. U yoʻrgʻa otning koʻzlarini kafti bilan 
berkitib turib boshiga yugan soldi. 
 
Endi uni jilovlash va egarlash kerak edi. Kallasiga yugan tashlanganida Gulsari xirillab, 
qochishga urinib koʻrdi. Lekin egasi uning yuqori labidan ushlab qolishga ulgurdi. 
 
– Burov sol! – qichqirdi yordamchisiga. U chopib kelib otning labiga chilvir bilan burov 
soldi va gʻaltakni aylantirganday tayoq bilan aylantira boshladi. 
 
Yoʻrgʻa saman ogʻriq azobidan orqa oyoqlariga oʻtirib qoldi va ortiq qarshilik 
koʻrsatmadi. Sovuq temir suvliq tishlariga taqillab tegdi va ogʻzining burchlariga botib 
ketdi. Uning ustiga nimanidir tashlashdi, beliga qayish solib shunday tortishdiki, koʻkragi 
qisilib, tebranib ketdi. Bular ham koʻziga koʻrinmadi, endi lab-lunjidagi dahshatli 
ogʻriqnigina sezardi, xolos. Koʻzlari kosasidan chiqib ketayozgandi. Na qimirlab, na 
nafas olib boʻlardi. U hatto egasi qachon va qanday qilib ustiga minib olganini ham 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling