Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
11 
library.ziyonet.uz/ 
 
ham topisha olmadi. Vaqt esa oʻtib borardi, keyinchalik endi kech boʻlib qolgandi... 
 
Tanaboy xuddi oʻsha kezlarda toqqa yilqichi boʻlib borganida keksa Toʻrgʻayning 
yilqilari orasida bir yarim yashar saman toyni birinchi marta koʻrgandi. 
 
– Merosga nima qoldiryapsan, oqsoqol? Yilqilaring juda zoʻr emasku, a? – otlarni 
sanaganlaridan va qoʻtondan haydab chiqarganlaridan soʻng keksa yilqichini uzib oldi 
Tanaboy. 
 
Toʻrgʻay ajin bosgan yuzida bironta ham tuki boʻlmagan qotmagina, oʻsmirlarday past 
boʻyli chol edi. Qoʻy terisidan tikilgan kattakon paxmoq telpagi boshida xuddi 
qoʻziqorinday turardi. Bunday chollar odatda epchil, tili achchiq va baqiroq boʻladi. 
 
Lekin Toʻrgʻayning jahli chiqmadi. 
 
– Bori shu, anchayin yilqilarda, – pinagini buzmay javob berdi u.– Maqtanadigan joyi 
yoʻq, boqib koʻrsang bilasan. 
 
– Ota, men shunchaki aytdim qoʻydim-da,– dedi Tanaboy, murosasozlik bilan. 
 
– Bittasi bor! – Toʻrgʻay koʻziga tushib ketgan telpagini koʻtarib qoʻydida, uzangida 
turib, qamchi sopi bilan koʻrsatdi. – Oʻng tomonda oʻtlab yurgan huv anavi saman toy. 
Zoʻr ot boʻladi. 
 
– Qaysi biri, huv anavi koptokday yum-yumalogʻimi? Koʻrinishdan uvoqqinaku, beli 
ham kalta. 
 
– Kechikib tugʻilgan. Quvvatga kirsa zoʻr boʻladi. 
 
– Nima fazilati bor? Nimasi yaxshi? 
 
– Tugʻma yoʻrgʻa. 
 
– Xoʻsh, nima qipti? 
 
– Bundaylarni kam uchratganman. Ilgarigi zamonlarda u bebaho ot hisoblanardi. Bunday 
ot uchun poyga-uloqlarda jonlarini tikishardi. 
 
– Qani koʻraylikchi! – deb qoʻydi Tanaboy. 
 
Ular otlariga qamchi bosib, yilqilarni chekkalab borishdida, saman toychoqni bir chetga 
chiqarishdi va oldilariga solib haydab ketishdi. Toyning bir chopgisi kelib turuvdi. 
Peshonasidagi yolini silkitib pishqirdida, oʻrnidan qoʻzgʻalib, prujinali oʻyinchoq otday 
bir maromda shitob bilan yoʻrgʻalab ketdi. Keyin, yilqilarga qoʻshilish uchun katta yarim 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling