License type supported cc: Attribution 0 International (cc by 0) 98


Download 97.89 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana02.06.2024
Hajmi97.89 Kb.
#1837201
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
zamonaviy-shaharsozlik-nazariyasida-transport-va-uning-landshaftini-rivojlanishini-dolzarb-vazifalari-va-hususiyatlari

Ключевые слова: современные города, градостроительство, транспорт, 
заторы, ландшафт, экология, растительность. 
Zamonaviy shaharsozlikda transport tizimi asosiy infratuzilma bo‘lib xizmat qiladi. 
Shaharning barqaror rivojlanishi, aholi sonining o‘sishi transport tizimiga ham ta’sir 
ko‘rsatmay qolmaydi. Shunday ekan shahar aholi soni o‘sishi ko‘cha, yo‘l avtomobil 
transportlar tirbandligi, shovqinli, transportlardan chiqadigan zararli gazlarning 
miqdorini oshishiga olib keladi. Shu muammolarni bartaraf etish yuzasidan O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi yo‘l xo‘jaligi tizimini chuqur 
isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 9-dekabrdagi PF-5890-son Farmoni va 


SJIF 
2022:5.962
 
License type supported CC: Attribution 4.0 International (CC BY 4.0)
 
100 
“Yo‘l sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar 
to‘g‘risida” 2019-yil 9-dekabrdagi PQ-4545-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi 
qarori, hamda O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston 
respublikasi transport vazirligi huzuridagi avtomobil yo‘llari qo‘mitasi to‘g‘risidagi 
nizomni tasdiqlash” haqida qaror farmonlar imzolandi
1

Dastlabki shaharlar hunarning inson faoliyatining alohida tarmog‘i sifatida 
shakllana boshlagan davrda, jamiyatda mehnat taqsimoti vujudga kelishi natijasida 
shakllandi. Shaharlar harbiy istehkomlar (qal’a shaharlar) va savdo manzilgohlari sifatida 
shakllana boshladi. Shaharsozlik antik davrga kelib gullab-yashnadi. Grek shaharlarida 
gippodam sistemasi deb nomlanuvchi aniq to‘g‘ri burchakli prinsipga asoslangan 
ko‘chalar loyihasi keng tarqaldi. Qachonlardir Rim imperiyasi tarkibida bo‘lgan 
shaharlarda bu sistema keyinchalik ham rivojlandi. Bu sistema aloqalarning qulay 
joylashuvi va issiq iqlim sharoitida hududni yaxshi shamollatishga imkon beradi. 
XIX asr ikkinchi yarmidan boshlab kelajak shaharlari loyihalari yuzasidan 
loyihalar ishlab chiqila boshlandi. 1898-yili E.Govard radial halqali tarixiy tarkibli bog‘-
shahar g‘oyasini taklif qildi. Shahar keng radial hiyobonlar bilan olti qismga ajratilgan 
aylana shaklida qurilgan. Markaziy ma‘muriy-jamoat maydoni park bilan o’rab olingan. 
Turar-joy halqasi ichida yashil belbog‘ bo‘lib, unda maktablar va sport inshootlari 
joylashgan. Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi va aholi dam olishi uchun katta shaharning 
tashqi qismi ajratilgan. Shu tarzda markaziy park va yashash hududining yashil belbog‘i 
o‘zaro va shahar atrofi hududi bilan hiyobonlar orqali bog‘lanib, yagona tizimni tashkil 
etadi. Govardning nazariy modeli har bir alohida holat uchun yechim topish imkonini 
berdi (1-rasm) [1]. 
O‘rta Osiyo huhudida shahar ko‘cha-yo‘llarning rivojlanishi uzoq tarixirga ega. 
Hozirgi kunda ham rivojlanib bormoqda. Ideal kelajak shaharlari yoki zamonaviy 
shaharlarini yaratish bevosita transport tizimiga bog‘liq hisoblanadi. Bugungi kunda 
transport tizimi quyidagi turga bo‘lish mumkin (1-sxema). 
1
 
https://lex.uz/uz/docs/-4818723?query=avtomobil%20transporti%20landshaft#sr-1
 
1-rasm. E.Gorvardning 
bog‘-shahar loyihasi 



Download 97.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling