License type supported cc: Attribution 0 International (cc by 0) 98
Download 97.89 Kb. Pdf ko'rish
|
zamonaviy-shaharsozlik-nazariyasida-transport-va-uning-landshaftini-rivojlanishini-dolzarb-vazifalari-va-hususiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- SJIF 2022:5.962 License type supported CC: Attribution 4.0 International (CC BY 4.0) 100
Ключевые слова: современные города, градостроительство, транспорт,
заторы, ландшафт, экология, растительность. Zamonaviy shaharsozlikda transport tizimi asosiy infratuzilma bo‘lib xizmat qiladi. Shaharning barqaror rivojlanishi, aholi sonining o‘sishi transport tizimiga ham ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi. Shunday ekan shahar aholi soni o‘sishi ko‘cha, yo‘l avtomobil transportlar tirbandligi, shovqinli, transportlardan chiqadigan zararli gazlarning miqdorini oshishiga olib keladi. Shu muammolarni bartaraf etish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi yo‘l xo‘jaligi tizimini chuqur isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 9-dekabrdagi PF-5890-son Farmoni va SJIF 2022:5.962 License type supported CC: Attribution 4.0 International (CC BY 4.0) 100 “Yo‘l sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 9-dekabrdagi PQ-4545-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qarori, hamda O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston respublikasi transport vazirligi huzuridagi avtomobil yo‘llari qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash” haqida qaror farmonlar imzolandi 1 . Dastlabki shaharlar hunarning inson faoliyatining alohida tarmog‘i sifatida shakllana boshlagan davrda, jamiyatda mehnat taqsimoti vujudga kelishi natijasida shakllandi. Shaharlar harbiy istehkomlar (qal’a shaharlar) va savdo manzilgohlari sifatida shakllana boshladi. Shaharsozlik antik davrga kelib gullab-yashnadi. Grek shaharlarida gippodam sistemasi deb nomlanuvchi aniq to‘g‘ri burchakli prinsipga asoslangan ko‘chalar loyihasi keng tarqaldi. Qachonlardir Rim imperiyasi tarkibida bo‘lgan shaharlarda bu sistema keyinchalik ham rivojlandi. Bu sistema aloqalarning qulay joylashuvi va issiq iqlim sharoitida hududni yaxshi shamollatishga imkon beradi. XIX asr ikkinchi yarmidan boshlab kelajak shaharlari loyihalari yuzasidan loyihalar ishlab chiqila boshlandi. 1898-yili E.Govard radial halqali tarixiy tarkibli bog‘- shahar g‘oyasini taklif qildi. Shahar keng radial hiyobonlar bilan olti qismga ajratilgan aylana shaklida qurilgan. Markaziy ma‘muriy-jamoat maydoni park bilan o’rab olingan. Turar-joy halqasi ichida yashil belbog‘ bo‘lib, unda maktablar va sport inshootlari joylashgan. Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi va aholi dam olishi uchun katta shaharning tashqi qismi ajratilgan. Shu tarzda markaziy park va yashash hududining yashil belbog‘i o‘zaro va shahar atrofi hududi bilan hiyobonlar orqali bog‘lanib, yagona tizimni tashkil etadi. Govardning nazariy modeli har bir alohida holat uchun yechim topish imkonini berdi (1-rasm) [1]. O‘rta Osiyo huhudida shahar ko‘cha-yo‘llarning rivojlanishi uzoq tarixirga ega. Hozirgi kunda ham rivojlanib bormoqda. Ideal kelajak shaharlari yoki zamonaviy shaharlarini yaratish bevosita transport tizimiga bog‘liq hisoblanadi. Bugungi kunda transport tizimi quyidagi turga bo‘lish mumkin (1-sxema). 1 https://lex.uz/uz/docs/-4818723?query=avtomobil%20transporti%20landshaft#sr-1 1-rasm. E.Gorvardning bog‘-shahar loyihasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling