Lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jizzax pedagogika universiteti
II BOB.Oilada ma’naviy tarbiyaning o’ziga xos xususiyatlari
Download 253.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Hasanova Umida
II BOB.Oilada ma’naviy tarbiyaning o’ziga xos xususiyatlari
2.1.Ma’naviyat va ma’rifatning inson barkamolligida tutgan o’rni O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy rivojlanishi barkamol insonni shakllantirish bilan ruyobga chiqariladi. Barkamol, etuk inson asosan o‘ta o‘qimishli, yangicha fikrlaydigan, madaniyatli, axloq - odobli, mehnatsevar , uquvli, jismonan va ruhan sog‘lom, o‘z haq - huquqini bilgan, vatanini sevadigan, faol, fidoyi va ma’naviy boy singari insoniy fazilatlarni o‘zida mujassamlashtirmog‘i lozim.Bunday yuksak fazilatlarga ega bo‘lgan komil inson asosan oilada tarbiyalanadi. Oilaning bolalarga ko‘rsatadigan ta’siri shunchalar kattaki hech qanday boshqa ijtimoiy ta’sirlar buni bera olmaydi.. Haqiqatan ham bola hayoti oilaviy muhitning ta’sirida tarbiyalanadi. Oilaviy an’analar, qadriyatlar, urf - odatlar bolani kamolotga etkazishda asosiy o‘rin tutadi. Eng muhimi farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini his etadi, anglaydi va nihoyat oila 7 va jamiyatga nafi tegadigan etuk inson bo‘lib shakllanadi deb xulosa chiqarish mumkin.An’ana - bu jamiyatda ijtimoiy hodisa bo‘lib, kishilarning ongida , hayotida barcha sohalarni qamrab olgan, o‘z o‘rnini topgan, ajdodlardan - avlodga o‘tib turadigan, takrorlanadigan oila hayotida qo‘llanadigan umumiy tartib, qoidalar va tajribalar yig‘indisi deb ta’riflash mumkin.Oilaviy an’analar esa ijtimoiy, ommaviy hodisa bo‘lib, oila hayotining barcha yo‘nalishlarini qamrab olgan ya’ni turmush tarzi, mehnat, ahloq - odob, madaniyat, ma’naviyatlarida o‘z o‘rnini olgan, avloddan avlodga o‘tib turadigan, takrorlanadigan, qo‘llanadigan oilaviy tartib - qoidalar yig‘indisi deb tushunish zarur. Oilaviy an’analarning hayotda tadbiq qilinish hajmi, ko‘lami, doirasi ijtimoiy an’analarga qaraganda nisbatan torroq yo‘nalishga ega. SHu nuqtai nazardan yondoshganda oilaviy an’analar davlat miqiyosidagi ta’lim - tarbiya muassasalari, mehnat jamoalari an’analaridan shakli, mohiyati, mazmuni hamda o‘ziga xos milliy xususiyatlari bilan ajralib turadi.O‘zbek xalqining oilaviy an’analari o‘ziga xos milliy xususiyatlarga ega. An’analar oilaning turmush tarzini bezab, ifodalab uning qadr - qimmatini yuksaltiradi. Har bir oilaviy 7 Yo’ldosheva Saodat Xalq urf – odatlar va an’analari. – Toshkent ijod dunyosi nashriyot uyi. 2003 y. 3-22 b. 16 an’ana o‘z shakli, mazmuni, maqsadi va vazifalarni nazarda tutadi. Oilaviy an’analar o‘z milliy mazmuni, shakli, mohiyati hamda xususiyatlari bilan bir - biridan farqlanadi. Yosh avlodning muntazam tizimli uzluksiz, shakllanishida to‘g‘ridan to‘g‘ri kuchli tarbiyaviy ta’sir etuvchi milliy tarbiya vositasidir. Oilaviy an’analar xalqning boy axloq - odobi, madaniyati, ma’naviyati ijtimoiy, oilaviy tajribalari bilan uzaro uzviy bog‘langan va ularni o‘ziga xos tarzda aks ettiradi. O‘zbek oilasining oilaviy an’analari, ayniqsa aqliy, axloqiy, mehnat, nafosat, huquq, ekologik yo‘nalishlar orqali tarbiyalash asosli ildizlarga ega. Masalan, kattalarga hurmat va kichiklarga mehribon bo‘lish; salomlashish va ko‘rishish; bemorlardan hol - ahvol so‘rash va oila boshiga kulfat tushganida yordam berish; birinchi maosh olish; birinchi kor; mehmondo‘stlik va hakazo. Oilada bolalarga singdirilayotgan barcha g‘oya, tajribalar, yangi udumlar, urf - odatlar, ma’naviy - axloqiy qadriyatlar oilaviy an’analar orqali o‘tadi hamda ularni barkamol etib shakllantirishga xizmat qiladi. Oilaviy an’analar maktabning ta’lim, tarbiya sohasida maktabda o‘quvchilarga bergan bilimlarni hayotga tadbiq etishda yaqindan yordam beradi. YAngi avlod o‘tmish ajdodlarning hayotdagi barcha tajribalarini muayyan darajada oilaviy an’analar vositasida davom ettiradi. Tarbiya jarayoni ko‘p qirrali bo‘lib aslida keksa avlodlar bilim, tajribalarini, ko‘nikma va odatlarini yosh avlodga berib, uzatib borishdan ham iborat. SHuning uchun oilaviy an’analar o‘quvchi - yoshlarni tarbiyalashda, oila tarbiyasining maqsad va vazifalarini amalga oshirishda milliy tarbiya vositasi bo‘lib ijtimoiy tarbiyaga xizmat qiladi. Oilada bolalarni tarbiyalashda oila hayotida to‘planib kelinayotgan milliy an’analardan maqsadga muvofiq ravishda foydalanish amaliy ahamiyatga ega.SHuning uchun ham oilaviy an’analar o‘quvchi - yoshlarni tarbiyalashda va oilaviy hayotga tayyorlashda tarbiya vositasi bo‘lib qolaveradi. Masalan, hashar, salomlashish, mehmondo‘stlik, to‘y, ko‘pkari, keksalarni hurmatlash, kabi yuzlab oilaviy an’analar o‘zbek xalqining ma’anaviy - axloqiy qadriyatlariga aylanganini ko‘rsatish mumkin.Istiqlol sharofati bilan oilaviy an’analarni oila hayotiga qo‘llash uchun qulay shart - sharoitlar yuzaga keldi. Mustabid yillarida milliy oilaviy an’analarni oila hayotida qo‘llash u yoqda tursin, 17 hatto milliy tarbiya degan iborani ishlatish mumkin emas edi. Oilaviy an’analardan Navro‘z, mehmondo‘stlik, hayit, to‘y, oilaning boshiga kulfat tushganda hamdard bo‘lish, salomlashish, bolalarni itoatli va sodiq etib tarbiyalash singari milliy an’analarning ta’qiqlanishi, kamsitilishiga qaramasdan o‘z qadr - qimmatini saqlab qola oldi. Bunday oilaviy an’analar, qadriyatlar bilan har birimiz faxrlanishimiz, g‘ururlanishimiz zarur. Bu an’analarni, qadriyatlarni saqlash, boyitish oilaviy tarbiyaviy ishlarning bosh maqsadi bo‘lib qolmog‘i lozim. Bizningcha , ota - onalarning oilaviy an’analar vositasida o‘quvchi - yoshlarni tarbiyalashdagi imkoniyatlarini oshirish, takomillashtirish uchun quyidagi ikki yo‘nalishda ma’rifiy ishlarni tashkil etish ma’qul. Birinchidan , ota - onalarning oilaviy an’analar bo‘yicha pedagogik ma’lumot - madaniyatini oshirish. Ikkinchidan, o‘qituvchilar, tarbiyachilar, mahalla faollari, ichki ishlar, hokimiyat xodimlari va boshqa tarbiya ishi bilan shug‘ullanuvchilarning pedagogik madaniyatini oshirish. Bu ma’rifiy ishlarni olib borishni tashkil etishda o‘z echimini kutayotgan muammolar ham yo‘q emas. Xususan, hozir davlat ta’lim - tarbiya muassasalarida ishlayotgan o‘qituvchi, tarbiyachi, madaniyat xodimlari, ichki ishlar, hokimiyat vakillari, mahalla faollarining oilaviy an’analar bo‘yicha ma’lumotlari va malakalari hozirgi talab darajasida deb xulosa chiqarish qiyin. SHuning uchun bu muammoni hal etishni keng qamrovli tarbiyaviy ishlardan boshlash maqsadga muvofiq. Yana oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida tayyorlanayotgan yosh malakali mutaxassislar o‘quv reja va o‘quv dasturlari, davlat ta’lim standartlarida ham oilaviy an’analar, qadriyatlar, ma’naviyatlar bo‘yicha mavzular va ularga ajratilgan soatlar hozirgi hayot talabi darajasida emasligini aytish zarur. Ammo istiqlolning keyingi uchinchi, to‘rtinchi yillarida oila tarbiyasini yaxshilash bo‘yicha 1998 yilni oila yili deb e’lon qilingani, davlat va jamiyat akademiyasida oila tarbiyasini o‘rganuvchi bo‘limning tashkil qilinishi hamda oila kodeksining qabul qilinishi kabi amaliy tadbirlarning bajarilishi bu sohada ijobiy o‘zgarishlarni yuzaga keltirishga asos bo‘lmoqda.Bizningcha, oilada ota - onalarning oilaviy an’analar bo‘yicha ma’rifiy ishlarni quyidagi yo‘nalish va shakllarda olib borilsa, hozirgi hayot talablariga uyg‘un bo‘ladi. Bular: ota - onalar universitetlarida; dorulfununlarida; maktablarda ota - onalar 18 majlislarida; qo‘mitalarda; ota - onalar kunlarida; mahallalarda; ilmiy - nazariy konferensiyalarda; suhbatlar, munozaralar, uchrashuvlar ilg‘or tajribalarni o‘rganish va yoyish, keksa ota - onalarning pand - nasihatlari, faol ota - onalarning mahalla jamoatchiligi oldida chiqishlari, gazeta, jurnal, radio, televidenie eshittirish va ko‘rsatuvlari, prokuratura, sud, ichki ishlar xodimlarining tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va hakazo. 8 Oilada ota - onalar o‘z bolalari ongida oilaviy an’analarga qiziqishni tarbiyalash eng muhim masaladir. Buning uchun o‘quvchi - yoshlargi an’analar haqida aniq ilmiy ma’lumotlar berilishi lozim. Ma’lumotda oilaviy an’analarning mazmuni, tuzilishi, shakli, maqsadi, vazifalari haqida ularni oila, ijtimoiy hayotida qo‘llashning ta’lim - tarbiyaviy, amaliy ahamiyatini o‘quvchi - yoshlarga o‘rgatish talab etiladi. O‘quvchi - yoshlarda, oilaviy an’analarga intilish, xohishni, hurmatni tarbiyalamay shu oilaning haqiqiy oilaparvari bo‘lishi mumkin emasligiga ishontirish ota - oanlarning muqaddas vazifasidir. Har bir an’ana o‘ziga xos mazmunga, tuzilishga, maqsadga qaratilganligi, bular esa inson hayotida qo‘llanilishi, takrorlanishi orqali odamlarning ruhiyatiga, kayfiyatiga, his - tuyg‘ulariga tushuncha, g‘oya, tajribalar shaklida ijobiy ta’sir etadigan majmualar yig‘indisi deb izohlash mumkin. Umuman an’analarsiz inson hayotini, turmush tarzini tasavvur qilish mumkin emasligini o‘quvchi - yoshlarga tushuntirish darkor. Eng muhimi ota - onalar oilaviy an’analarning o‘quvchi - yoshlarni, yoshlarni oila va ijtimoiy hayotga tayyorlashdagi ilmiy o‘rnini va amaliy ahamiyatini, tajribalarni orttirishdagi, mustahkamlashdagi rolini anglashlari nihoyatda zarur. Masalan, Birinchidan, mehmondo‘stlik, keksalarni hurmatlash an’analari to‘g‘risida o‘quvchi - yoshlarga tushuncha, ko‘nikma, odat, ma’lumot bilan qurollantirmay turib, ularni oila va ijtimoiy turmushga amaliy tayyorlash mumkin emasligi hamda bu milliy urf - odatlarsiz inson barkamol bo‘la olmasligini ota - onalar bilishlari shart. Ikkinchidan, ota - onalarga oilaviy an’analarning tarbiyaviy vazifasini tushuntirishni quyidagi shakl va mazmunda tashkil etsa maqsadga muvofiq bo‘lardi. Ota - onalarga oilaviy an’nalarning tarixi, maqsadi, vazifasi, har birining o‘ziga xos xususiyatlari, ulug‘ ajdodlarimiz 8 Yo’ldosheva Saodat Xalq urf – odatlar va an’analari. – Toshkent ijod dunyosi nashriyot uyi. 2003 y. 3-22 b. 19 tomonidan qullanilib kelinish sabablari, turmush tarzi, tili, axloqi, mehnati, madaniyati, ma’naviyati hamda udum, urf - odat kabilarning o‘quvchi - yoshlarni tarbiyalashdagi tarbiyaviy imkoniyatlarini pedagogik asoslab ko‘rsatishdan iborat. Buning uchun avvalo oilaviy an’analar ajdodlardan - avlodlarga o‘tib kelayotgan oilada o‘quvchi - yoshlarni tarbiyalashning milliy vositaligiga ota - onalarni ishontirish bag‘oyat muhim. Ma'rifat – bilim va ilm, uni egallash ma'nosida u yoki bu insoning tabiat, jamiyat, inson mohiyati haqidagi bilim va ilmlarni egallaganlik darajasi va unga aloqadr bo‘lgan jihatlarni aks ettiruvchi tushunchadir. Ma'rifatli degani esa – muayyan sohada ma'lumoti bor, ko‘p narsani biladigan, mushohada qiladigan, bilimli, o‘qimishli demakdir. Fanlar keng va chuqur rivojlangan va rivojlanib borayotgan hozirgi davrda bilim va ilmga intilgan har bir kishi, fan namoyondasi ilmning ya'niki ma'rifatning ma'lum sohasi, yo‘nalishinigina egallashga erisha oladi. Masalan, fizika, kimyo, biologiya, tibbiyot, matematika va boshqalarning 9 ham ma'lum, o‘zi qiziqqan yo‘nalishlarini egallaydilar.Ma'naviyat, ma'naviylik va ma'rifat, ma'rifatlilikning o‘zaro munosabati va nisbati masalasini to‘g‘ri aniqlab olish ma'naviyat barkamol, komil insonlarni tarbiyalashda, jamiyat ma'naviy – ma'rifiy taraqqiyotida muhim ahamiyatga egadir.Har qanday jamiyatning o‘ziga xos ma'naviy ehtiyojlari mavjud bo‘lib, ular orasida bilimga bo‘lgan ehtiyoj yetakchi o‘rinni egallaydi. Chunki jismoniy va ma'naviy sog‘lom odam tinmay bilim olishga intiladi.Qur'oni karim va Hadisi shariflarda bilim egallash – jamiyatga va o‘ziga foyda keltiruvchi shaxs bo‘lib yetishishida muhim omil ekanligi qayd etilgan. Bilim olish farz ekanligi qayta-qayta uqtiriladi. Bilimsizlik jamiyatda jaholat, razolat, buzg‘unchilik avj olishiga va oxir oqibat halokatga olib kelishligi bayon etilgan. Hadislarda «Olim bo‘l yoki bilim o‘rgatuvchi bo‘l, yoki tinglovchi bo‘l, yo bo‘lmasa bilimga va ilm ahliga muhabbatli bo‘l. Beshinchisi bo‘lma, halok bo‘lasan»,- deyilgan.Ma'naviyat har doim ma'rifat bilan ya'ni bilim bilan uyg‘un holda rivojlanib boradi. Har ikkalasining uyg‘unligiga erisha olsakkina yoshlarimizning ma'naviy barkamol, iymon-e'tiqodli, vatanparvar, insonparvar, vijdonli, diyonatli, or-nomusli, halol va pok insonlar bo‘lib tarbiya topishlariga erisha olamiz. Bu haqda Abu Hamid Muhammad G‘azzoliy quyidagi fikrlarni bildirgan edi: Gumroh kishilar «Ilm bo‘lgach, 9 Ashurov M.O. O’zbek xalqi tarbiya tizimi – Samarqand Ziyokor, 2003 y., 6-son, 16-24 b. 20 amalga hojat yo‘q qablida fikr qiladilar. Bunday fikrlar ilmning o‘zi bilan kifoyalanib, shariatni inkor etuvchilar e'tiqodi bo‘lib, ular uchun ilm hosil bo‘lsa-yu, amal bo‘lmasa. Bu kabi ilmdan foyda yo‘qligini bilishmaydi. Holbuki o‘qib o‘rgangan ilmga amal qilmagan kishining qiyomat kunidagi azobi ikki hissadir». Insoning bilim va ilmni egallab kundalik amaliy faoliyatda ularga amal qilishi insof, iymon, vijdon, ixlos kabi ko‘plab ma'naviy fazilatlarning yanada mustahkamlanishga olib keladi.Ma'naviyati va ma'rifati yuksak kishilargina elim, yurtim deb yashaydi, o‘zgalarga himmat – muruvvat ko‘rsatishni, yordamga muhtoj kishilarga ko‘mak berish va to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishni o‘zlari uchun baxt deb biladi. Yuksak ma'naviyat va marifat sohibi bo‘lgan kishilar boshiga mushkul ish, qayg‘u tushgan kishining mushkilini oson qiladi, qayg‘usiga sherik bo‘ladi, dardiga malham bo‘ladi, hojatini chiqaradi, yetim- yesirlarni parvarish qiladi. Bunday fazilat egasi bo‘lgan kishilarda milliy g‘urur, milliy iftixor tuyg‘usi, oriyat kuchli bo‘ladi. Ular o‘z millati, el-ulusi manfaati sharafini himoya qilishni o‘zi uchun shon-sharaf deb biladi, Vatan mustaqilligiga havf tug‘ilsa, uning himoyasi yo‘lida mol - dunyosini, jonini ayamaydi, fidoiylik va qahramonlik namunalarini ko‘rsatadi.Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayotni barpo etishimizda ma'naviy barkamol, komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazish biz uchun umummilliy miqyosidagi kechiktirib bo‘lmaydigan vazifa bo‘lib qolmoqda. O‘z istiqboli, kelajagini o‘ylagan har qaysi inson, xalq, millat, mamlakat o‘z farzandlarining ma'naviy – ma'rifiy tarbiyasi haqida o‘ylashi va qayg‘urishi kerak. Zero buyuk ma'rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy ta'kidlaganidek: «Tarbiya bizlar uchun yo hayot-yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidur». Jamiyatni, mamlakatni, xalqni tanazzul va halokatdan asrovchi va qutqaruvchi kuch ma'naviyat va ma'rifatdir. Buni bizning ajdodlarimiz to‘g‘ri tushunib yetgan va o‘z farzandlarini kamolga yetkazishda ularning ma'naviy va ma'rifiy tarbiyasiga katta ahamiyat berganlar. Bu haqda eng qadimgi qo‘lyozmamiz «Avesto»da shunday deyilgan: «Tarbiya hayotning eng muhim tirgagi, tayanchi bo‘lib hisoblanishi lozim. Har bir yoshni shunday tarbiyalash lozimki, u avvalo yaxshi o‘qishni, keyin esa yozishni o‘rganishi bilan eng yuksak pog‘onaga ko‘tarilsin».Ma'naviyat va ma'rifat birgalikda bir 21 maqsadni ko‘zlaydi, ya'ni kishilarni kamolot cho‘qqisini egallashlari uchun yo‘l ochadi. Zaminimizda yashab ijod qilgan mutafakkirlar o‘z asarlarida ma'rifat ya'ni ilm – fanning inson ma'naviy barkamolligida tutgan o‘rni va ahamiyati haqida qimmatli fikrlarni bayon qilganlar. Ularning ma'naviyat va ma'rifatning inson barkamolligida tutgan o‘rni va ahamiyati haqidagi qarashlarini o‘rganish – bugungi kunda ma'naviy barkamol yoshlarni tarbiyalash borasidagi vazifalarni amalga oshirishimizda muhim ahamiyat kasb etadi. «Bizlarni (ilm) jaholat qorong‘ulig‘idan qutqarur. Madaniyat, insoniyat, ma'rifat dunyosiga chiqarur, yomon fe'llardan, buzug‘ ishlardan qaytarur, yaxshi xulq va adab sohibi qilur. Alloh taologa muhabbat va e'tiqodimizni orttirur... Turkiston ma'rifatchilik maktabi boy o‘tmish va ulkan merosga ega. Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar Qori Abdurashidxon o‘g‘li, Ashurali Zohiriy, Saidrasul Saidaziziy, Is’hoqxon Ibrat, Ahmad Donish va boshqalar mamlakatni, xalqni milliy zulm va ma'rifiy qoloqlikdan xalos etishning yagona yo‘li ma'rifatda deb bildilar. Ma'rifatparvarlik harakatining yorqin siymolaridan biri Abdulla Avloniyning «Ilm insonlarning madori, hayoti, rahbari, najotidir», - degan g‘oyasi ma'rifatparvarlik harakatinig dasturini tashkil etgan. Ma'rifatli inson bilimlidir. Bilim insonning fazilatini ulug‘lovchi xususiyatlardan biridir. Bilim olish, ma'rifatli bo‘lish, insonlar turli sohalarda qiyinchillikka duch kelganda moddiy va ma'naviy jihatdan g‘alaba qilishi uchun zarur. Bilimsiz, ma'rifatsiz kishi himoyasizdir. Ma'rifat keng ma'noda odamlarga bilim berish, ko‘nikma va malaka hosil demakdir. U ma'naviyatni shakllantiruvchi, jamiyatning yaratuvchanlik, bunyodkorlik quvvatini oshiruvchi inson faoliyati sohasidir. Boshqacha aytganda ma'rifat jamiyatning ta'lim-tarbiyaga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga yo‘naltirilgan inson faoliyatini qamrab oluvchi tushunchadir. Ma'naviyat har doim ma'rifat bilan ya'ni bilim bilan uyg‘un holda rivojlanib boradi. Har ikkalasining uyg‘unligiga erisha olsakkina yoshlarimizning ma'naviy barkamol, iymone'tiqodli, vatanparvar, insonparvar, vijdonli, diyonatli, or-nomusli, halol va pok insonlar bo‘lib tarbiya topishlariga erisha olamiz. Bu haqda Abu Hamid Muhammad G‘azzoliy quyidagi fikrlarni bildirgan edi: Gumroh kishilar «Ilm bo‘lgach, amalga hojat yo‘q qablida fikr qiladilar. Bunday fikrlar ilmning o‘zi bilan kifoyalanib, shariatni inkor 22 etuvchilar e'tiqodi bo‘lib, ular uchun ilm hosil bo‘lsayu, amal bo‘lmasa. Bu kabi ilmdan foyda yo‘qligini bilishmaydi. Holbuki o‘qib o‘rgangan ilmga amal qilmagan kishining qiyomat kunidagi azobi ikki hissadir». Zaminimizda kamol topgan, el-yurtga tanilgan, ma'naviy barkamol, komil zotlar o‘zlarida ma'navyat va ma'rifatni yuksak darajada mujassam etgan allomalar bo‘lganlar. Ular ma'naviyat va ma'rifat chiroqlarini mash'alasingari yoqqanlar. Yuksak ma'naviyat va ma'rifat tufayli To‘ron zamin yer yuzida shuhrat qozongan. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, hozirgi davrda milliy kamolot yo‘li mana shu yo‘l bundan boshqa yo‘l yo‘q. Ma'naviyat va ma'rifat xalqimizning, millatimizning, Vatanimizning porloq kelajagi uchun suv va havodek zarur. Ma'naviyat va ma'rifatning o‘zaro birligi, uyg‘unligi, ma'naviy va ma'rifiy tarbiya ishlarimizni birga olib borish taraqqiyotimiz taqazosi. Ularni bir-biridan ajralgan holda, boshqa-boshqa olib borib bo‘lmaydi. Zero, ta'lim va tarbiya ishini uyg‘un holda olib borishni talab etadi”, chunki “... inson qalbiga yo‘l avvalo ta'lim-tarbiyadan boshlanadi. Buyuk ma'rifatparvar bobomiz Mahmudxo‘ja Behbudiy o‘tgan asrning boshidayoq “Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur, zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqalarga poymol bo‘lur”, degan haqqoniy fikrlar bilan Turkiston ahlining ongu shuurini uyg‘otishga da'vat etgani bejiz emas... Bu so‘zlarning qanchalik haqiqat ekanini bugungi yuksak tafakkur va texnologiyalar zamoni ham isbotlanmoqda”. Ma'naviyat va ma'rifat, uni egallash masalasiga yondashuvga hadislarda aytilgan “Bu dunyoni deb u dunyoni, oxiratni deb bu dunyoni unitmang” degan mazmundagi naqlini hyech qachon esdan chiqarmasligimiz zarur. Chunki tarix va hayot tajribasi dunyoviy va diniy qadriyatlar, ilmma'rifat doimo bir-birini to‘ldirib, boyitib kelganligi shu asosda kishilar ma'naviy kamolot cho‘qqilariga erishganligidan dalolat beradi. Ma'naviy va ma'rifiy qashshoqlik bilan hyech bir millat, u yashayotgan mamlakat hyech qachon iqtisodiy va ijtimoiy – siyosiy taraqqiyotning yuksak cho‘qqilariga erisha olmaydi. Insonning barkamolligi, tarbiyalanganligi, ododbliligi salomdan boshlanadi. Salom odamning kimligini ifodalab turishi kerak. SHundagina salom insonlarni ezgulikka etaklayveradi hamda odamning qadr - qimmatini oshiradi va salomlashishga 23 odatlantiradi. SHuning uchun ota - onalar oilada bolalarni salomlashishga o‘rgatish sharq xalqlarining eng qadimgi oilaviy an’analaridan biridir.Umuminsoniy oilaviy urf – odatlar va an’analarni chuqur o’rganish ularni tahlil qilish, ularni turkumlashtirish, ularni paydo bo’lish yo’llari, revosutsion paydo bo’lish aniqlash ilmiy asoslardan g’oyalarni ilgari surish va shular asosida an’analardan foydalanish yo’llarini tavsiya etishni xayot talab etmoqda. Bularni xamon kelajak kishini tarbiyalashda amaliy yordam beradi. Qadim zamonlardan hatto o’zbek xalqini yozuvi bo’lmagan paytlardanoq yosh avlodni tarbiyalash asosan oildada amalga oshirilgan. Bunda tabiat va ijtimoiy omillar xal qiluvchi o’rin tutganligi shubxasiz.Xalq pedagogikasi xamisha yaxshi samara bergan. Shuning uchun ham xalqning tarbiyaga oid bilimlarini chuqur o’rganish tarbiya natijalariga asoslanib, ularning asaliy manbalariga tarbiya sirlariga nazar tashlash bugungi kunda ham axamiyatni yo’qotmagani yo’q.Shuning uchun ham yosh avlod – ajdodlarimiz tomonidan tarixiy sharoitdagi vujudga kelgan ilg’or an’analarni o’zlashtirish, unga rioya etish, boyitish nixoyatda zarurdir. Nixoyatda mazmuniga ko’ra milliy an’analar qaror topmoqda. Eski va yangi an’analar qarama – qarshiliklar jarayonida saralanadi, sayqal topadi. Ayrim onalar qanday bo’lsa o’sha xolda ko’rinishda uzoq vaqt saqlanib qoladi. Ba’zilari ko’rinishni o’zgartiradi, ba’zilari esa yangilarini uyg’unlashadi, takomillashadi. Bolalar oilaviy an’analarga juda katta e’tibor, qiziqish bilan tayyorlanadilar, kutadilar. Bunday an’analar ular tarbiyasiga taalluqli bo’lgan vositalar sanaladi, ko’rinishdagi an’analarning umri boqiydir, urf – odatlar qancha xayotiy xalqchilik qancha ko’p tarqalgan bo’lsa u xalqda shuncha tez singadi, shuncha uzoq yashaydi. 24 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling