Lim muassasalarining turlari va ularning nizomlari haqida tushunchalar
Sport maktablarining turlari va ularningnizomlari haqida tushunchalar
Download 424.17 Kb. Pdf ko'rish
|
SPORT TA’LIM MUASSASALARINING TURLARI VA ULARNING
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sport maktablari haqidagi nizomlar ularning ish faoliyatini tartibga soluvchi va doimiy ravishda muvofiqlashtiruvchi rasmiy hamda huquqiy hujjatdir
- Ular quyidagi turlarga ajratiladi
Sport maktablarining turlari va ularningnizomlari haqida tushunchalar
Yuqorida ta’kidlanganidek O’zbekistonda sport turlari bo’yicha turli xil maxsus sport maktablari faoliyat ko’rsatib kelmoqda va ularning o’z sohalari, ixtisosliklariga qarab Nizomlari mavjud. Sport maktablari haqidagi nizomlar ularning ish faoliyatini tartibga soluvchi va doimiy ravishda muvofiqlashtiruvchi rasmiy hamda huquqiy hujjatdir. 1 Ular Respublika hukumati, sport tashkilotlari hamda mutasaddi vazirliklar, tashkilotlarning Qarorlari, yo’l-yo’riqlari asosida to’ldirilib, boyitib boriladi. Nizomlarda asosan sport maktablarining maqsad va vazifalari, tarkibiy tuzilishi, sportchilarni tanlab olish, sinovdan o’tkazish, trenerlarning vazifaaari, moddiy-texnik va xo’jalik ishlarini boshqarish kabi sohalar bayon qilingan. O’zbekistonda sport maktablari, bilim yurtlarini tuzish hamda ularni boshqarishning qatьiy tartib va qoidalari mukammal ishlab chiqilgan. Sport maktablari faoliyatlarini to’la aks ettiruvchi talab va qoidalar ularning nizomlarida batafsil bayon qilingan. Nizomlarga ko’ra, bolalar va o’smirlar sport maktablari va olimpiya o’rinbosarlari bilim yurtlari, sport qo’mitalari, jamiyatlari va Xalq ta’limi vazirligi tizimida tashkil qilingan. Ular quyidagi turlarga ajratiladi: 1. Davlat sport qo’mitalari, tizimidagi oliy sport mahorati maktablari va olimpiya bilim yurtlari. 2. Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi bolalar va o’smirlar sport maktablari, sport turlari bo’yicha Ixtisoslashtirilgan maktablari, olimpiya o’rinbosarlari bilim yurtlari. 3. Kasaba uyushmalari jismoniy tarbiya-sport jamiyati va boshqa sport jamiyatlari tarkibidagi sport maktablari. Sport maktablari va bilim yurtlarini moddiy-texnik ta’minlash hamda boshqarish tartiblari mas’ul idoralar va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Nizomga ko’ra, sport maktablari, bilim yurtlari faoliyati asosan direktor tomonidan boshqariladi. Unda pedagogik kengash hal qiluvchi organ hisoblanadi. Pedagogik /trenerlar/ kengashda tarbiyaviy ishlar, sportchi-o’quvchilarni tanlab olish, o’quv-sport mashrulotlarini tashkil qilish, musobaqalarga tayyorgarlik musobaqa natijalari, trenerlarning faoliyatlari, ota-onalar bilan aloqadorliq moliyaviy-xo’jalik va boshqa ko’pgina masalalar muhokama qilinadi. Bolalar va o’smirlar sport maktablari, asosan, ixtisoslashgan /fakat bir tur/ va kompleks /ko’p turlar/ shaklida bo’ladi. 10 O’zbеkiston Rеspublikasining 2015 yil 4 sеntеyabrda qabul qilingan «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida» gi O’RQ-394-sonqonuni Ma’lumki, Respublikada futbol, kurash, voleybol va boshqa sport turlari bo’yicha juda ko’p sport maktablari, olimpiya o’rinbosarlari bilim yurtlari tashkil qilingan. 1993 yil martda O’zbekiston Vazirlar Mahkamasi Respublikada ommaviy futbolni rivojlantirish to’g’risida qaror qabul qildi. Bu, o’z navbatida, barcha viloyatlar, tumanlar markazlarida futbol maktab-internatlar tashkil qilish, ularning faoliyatlarini boshqarish va moddiy-texnik ta’minlashga alohida e’tibor berishni taqozo qiladi. Uzoq yillar davomida Toshkent, Samarkand, Andijon, Chirchik shaharlarida sport internatlari (hozir ular olimpiya o’rinbosarlari kollejlari) faoliyat ko’rsatib keldi va Respublika terma jamoalari uchun ko’p mingli iqtidorli sportchilar tayyorlab berdi. Ularning orasida yuzlab xalqaro sport musobaqalarining sovrindorlari bor. O’zbekiston mustaqilligi sharoitida yangidan futbol, kurash, tennis, karate va boshqa sport turlari bo’yicha maxsus klublar tashkil etilgan, ularda turli yoshdagi bolalar shug’ullanmoqda. Bu klublar, asosan, sport maktabi vazifasini bajarmoqda. Download 424.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling