Lim muassasalarining turlari va ularning nizomlari haqida tushunchalar
Download 424.17 Kb. Pdf ko'rish
|
SPORT TA’LIM MUASSASALARINING TURLARI VA ULARNING
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sport ta’lim muassasalarining Nizomi haqida tushunchalar
SPORT TA’LIM MUASSASALARINING TURLARI VA ULARNING NIZOMLARI HAQIDA TUSHUNCHALAR Reja: 1. Sport ta’lim muassasalarining Nizomi haqida tushunchalar. 2. Ixtisoslashgan va majmuiy /kompleks/ sport maktablari. Trenerlar kengashi. Iqtidorli yoshlarni tanlash, qabul qilish tartiblari. 3. Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi faoliyati. 4. Sport maktablarida tadbirlarini uyushtirish. Trenerlar, tarbiyachilar, xodimlar va sportchilarni rag’batlantirish. 5. Sport klublari va ularning faoliyatlari. Terma jamoalar tuzish, ularning o’quv-yig’inlarini uyushtirishda Trenerlar va sport tashkilotlari rahbarlarining o’zaro hamkorligi. Sport ta’lim muassasalarining Nizomi haqida tushunchalar Jahon sport nazariyasi hamda amaliyotida yuqori cho’qqilarga erishish bolalar hamda o’smirlar orasida iqtidorli yoshlarni tanlab olib, ularni tarbiyalab yetishtirishdek murakkab pedagogik jarayon hisoblanadi. Bunday jihatlar muhitida 30-yillarda ilk bor shakllangan va ijtimoiy-madaniy taraqqiyotning rivojlanishiga ijobiy ta’siri natijasida sport turlari bo’yicha maxsus sport maktablari, sport-internat maktablari tashkil qilingan. Bunday sport maktablarining ijobiy mehnat samaralari tezda namoyon bo’ldi va ular sobiq SSSR jarayonida mukammalashib, o’z istiqbollarini ta’minladi. Natijada ularning yaxshi ishlab chiqilgan Nizomlari hozirgi mustaqillik sharoitlarida o’z kuchi va mohiyatini yo’qotmadi. O’zbekistonda o’tkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ta’lim-tarbiya sohalaridagi tub islohotlar o’quvchi-yoshlarni sportga jalb etish, ularni kasb-hunarga yo’llash, ijtimoiy mehnat va mudofaa ishlariga layoqatli qilib yetishtirish muammolarini qo’ymoqda. Bunday ulkan va ulug’vor vazifalarni amalga oshirishda eng avvalo umumta’lim maktablari, kollej, litsey, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlari tomonidan olib borilayotgan turli madaniy va sport tadbirlari muhim ahamiyatga ega. Chunki bu tadbirlarda bolalar va o’smirlarning qobiliyati, qizikish va ixloslari sinovdan o’tkaziladi. Soha olimlarining ilmiy tadqiqotlarida bolalar va o’smirlarning jismoniy tayyorgarligi, ularni sport orqalirivojlantirish, iqtidorli bolalarni tanlab sportga jalb etish kabi tajriba keng mazmun topganligi e’tiborga loyiqdir. Ularning ta’kidlashlaricha, bolalarni sportga jalb etish, mahoratli sportchilarni tayyorlash va ularning xalqaro sport maydonlarida samarali qatnashishini ta’minlayli. Eng muhimi esa, o’quvchi-yoshlarning jismoniy jihatdan barkamol o’sishi ta’lim-tarbiyada, o’zlashtirish bo’yicha yukori natijalarga erishishda, qolaversa, jamiyatimizning qonunlari, tartib-qoidalarini buzishning oldi olinishida muhim rol o’ynaydi. Download 424.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling