Lim muassasalarining turlari va ularning nizomlari haqida tushunchalar


Sport markazlari va ularning faoliyatlari


Download 424.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana17.09.2023
Hajmi424.17 Kb.
#1680309
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
SPORT TA’LIM MUASSASALARINING TURLARI VA ULARNING

Sport markazlari va ularning faoliyatlari 
Sport markazlari tushunchasi asosan zamonaviy sport inshootlarini bildiradi. 
Bu mashg’ulotlarni o’tkazishdagi to’g’ri tushuncha hisoblanadi. Shuningdek sport 
jamiyatlari, sport maktablari va ularda faoliyat ko’rsatuvchi rahbarlar, trenerlar, 
hakamlar hamda boshqa rasmiy kishilarning sport turlari bo’yicha terma jamolar 


tuzish, 
ular 
bilan 
o’quv-yig’in mashg’ulotlarini o’tkazish masalalarini 
muvofiqlashtirish faoliyati ham shu tushuncha ichiga /sport markazi/ kiradi. 
Tuzilgan terma jamoalar safida eng kuchli sportchilar yig’iladi, o’quv-yig’in 
mashg’ulotlari va rasmiy hamda norasmiy musobaqalarda ularning texnik-taktik 
tayyorgarliklari sinab ko’riladi. Shu jihatdan ham bunday tadbirlarda faqat 
trenerlargina emas, balki ilmiy xodimlar, mutasaddi rahbarlar, mas’ul xodimlar, 
shifokorlar, homiylar ham mashg’ulotlar hamda musobaqalarda ishtirok etish
o’zlarining taxminiy mulohazalarini bildirishlari mumkin. 
Bunday hollarda sport turlariga qarab shahar va viloyat markazlarida mavjud 
bo’lgan eng yaxshi sport inshootlari tanlanadi. Ularga zarur bo’lgan asbob-
uskunalar, texnik vositalar, shart-sharoitlar yaratiladi. Sport markazlaridagi o’quv-
yig’in mashg’ulotlari va musobaqalar hamda sport inshoot xizmatlari bilan bog’liq 
tashkiliy ishlar, moddiy-texnik hamda moliyaviy ta’minot ishlari tashkil qiluvchi 
tashkilot, jamiyat, klub tomonidan amalga oshiriladi. So’nggi yillarda bunday 
mas’ul va yirik sport tadbirlarini tashkil qilish hamda ularni maqsaddagidek 
o’tkazish jamg’arma uyushmalari, homiylar tomonidan qo’llab-quvvatlanmoqda. 
Sport markazlari faoliyati, asosan, sport inshootlari ma’muriyati, mas’ul 
jamiyatlar va sport klublari tomonidan boshqariladi. Umumiy rahbarlik sport 
uyushmalari, sport qo’mitalari tomonidan olib boriladi. 
Xulosa qilib aytganda, O’zbekistonning katta sporta rivojiga bolalar va 
o’smirlar sport maktablari, maxsus olimpiya o’rinbosarlari sport maktablari hamda 
bilim yurtlari jamoalari o’z hissalarini qo’shmoqda. Yosh sportchilarni tarbiyalab 
voyaga yetkazishda, ularning Xalqaro sport maydonlariga qadam qo’yishlarida 
trenerlarning xizmati g’oyat kattadir. 
O’zbekistonning shon-shuhfatini sport orqali jahonga yoyishda kurash, bog’s, 
tennis, shoxmot, sharkona yakkakurash va boshqa sport turlari bo’yicha sportchilar 
mardonavor mahorat ko’rsatmoqdalar. Shu sababdan ham O’zbekiston Prezidenti va 
hukumati sportni yanada rivojlantirish, ayniqsa, bolalar va o’smirlarning sport 
maktablari faoliyatini yanada yaxshilash zarurligini ko’zda tutib, qator farmonlar, 
qarorlar qabul qilmoqda. Shuningdek tajribali trenerlar va xalqaro sport 
musobaqalarining g’oliblari munosib ravishda taqdirlanmoqda. Bunday g’amxo’rlik 
va e’tiborlar sport inshootlarini yanada kengaytirish, eng zamonaviy sport 
inshootlarida terma jamoalarning o’quv-yig’in mashg’ulotlarini o’tkazish hamda 
musobaqalarni tashkil qilishga muhayyo qilib berilmoqda. 
Ta’kidlash lozimki, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ni hayotga singdirish 
uchun respublika viloyatlarining markazlarida olimpiya o’rinbosarlari kollejlari 
tashkil etilmoqda. Ular terma jamoalar tarkibini to’ldirish bilan birgalikda jismoniy 
tarbiya va sport sohasida o’rta ma’lumotli mutaxassislar tayyorlaydi. Eng muhim 
tomoni shundaki, bu bilim yurtlariga ko’proq, mahaliy xotin-qizlardan qabul qilish 


va ularni davr talablari, milliy qadriyatlar asosida tayyorlash ko’zda tutilmoqda. Bu 
esa, o’z navbatida, respublika terma jamoalarini mahalliy millat xotin-qizlari bilan 
ta’minlash hamda milliy sport turlari va Xalq milliy o’yinlarini keng yoyish, ularni 
ommaviylashtirishga zamin tayyorlaydi. 

Download 424.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling