Lim vazirligi buxoro davlat universiteti
-chizma. Iqtisodiy resurslar va ehtiyojlarning qondirilish darajasi o’rtasidagi bog`liqlik
Download 61.02 Kb.
|
Ehtiyojning resurslar chegaranganligi bilan aloqadorligini asoslash
1-chizma. Iqtisodiy resurslar va ehtiyojlarning qondirilish darajasi o’rtasidagi bog`liqlik.
Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, ishlab chiqarish imkoniyatlarini va binobarin ehtiyojlarni qondirishning darajasini oshirish zarurligi iqtisodiyot oldiga quyidagi muammolarni qo’yadi. 1. Ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishning optimal variantlarini (eng zarur va tejamli turlarini) tanlab olish va resurslarni ko’proq ishlab chiqarishga jalb qilish. 2. Mavjud resurslarning har bir birligidan tejab-tergab, samarali foydalanish. 3. Fan-texnika yutuqlarini va yangi texnologiyalarni joriy qilib, yangi energiya, material, xom-ashyo turlari, ularning manbalarini topib, foydalanishga jalb qilish, resurslar unumdorligining oshishiga erishish. Bu muammolarni hal qilish zaruriyati kishilardan chuqur iqtisodiy bilimlarga ega bo’lishni taqozo qiladi. Ehtiyojlarning uzluksiz o`zgarib turishi har qanday jamiyatga xosdir, ya'ni ehtiyojlar cheksizdir. Ehtiyojlarning cheksizligi ularning to`xtovsiz yangilanib borishidan iboratdir.. Ehtiyojning yuksalish qonuni borki, u umumiqtisodiy qonunlar jumlasiga kiradi va jamiyatning ichki tuzilishidan qat'i nazar insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlarida amal qiladi. Bu qonunga ko`ra jamiyat a'zolarining, butun aholining ehtiyojlari uzluksiz yuksalib boradi, ehtiyoj miqdoran o`sib, tarkiban yangilanib turadi, eski ehtiyojlar o`rniga yangisi keladi, ehtiyojlarning rivojlanishi murakkab tarzda yuz beradi. Ehtiyojlar yuksalishining to`rt jihati bor. 1.Ehtiyoj kengayib miqdoran o`sib boradi, ya'ni muayyan ehtiyoj saqlangan holda uning ortib borishi. Masalan: gazlamaga ehtiyoj boshqa ehtiyoj bilan o`rin almashmaydi, ammo uning miqdori oshadi. 2. Mutlaqo yangi ehtiyojlar paydo bo`lib, eskilarini surib qo`yadi, ehtiyojlarning ichki tartib strukturasi o`zgaradi. Masalan: televidenie va videoapparatura paydo bo`lishi bilan uyda xohlagan tomoshani ko`rish ehtiyoji paydo bo`lib, teatr yoki kinoga borish ehtiyoji qisqaradi. 3.Muayyan ehtiyojlar guruhi doirasida turli ehtiyojlar nisbati o`zgaradi. Bunda ehtiyoj umumiy tarizda saqlanadi lekin uning aniq ko`rinishlari va shakllari o`zgaradi. Masalan: umumiy transport ehtiyoji saqlangan holda, transport aniq turlariga ehtiyoj o`zgaradi. 4.Bir ehtiyojning ikkinchisi bilan almashtirilishi. Bunday almashuv o`rinbosar ehtiyojlarning paydo bo`lishi bilan yuzaga keladi va bunday ehtiyojlar yuksak rivojlangan iqtisodiyotga xosdir. Masalan: shakar, qand, konfet, tort, navvot shirinlikka ehtiyojni qondiradi, ammo bir-birining o`rnini bosishi ularning foydaliligi darajasidan kelib chiqadi. Resurslar deganda faqat pulni tushunmaslik kerak. Resurslar birinchidan, moddiy shaklga ega bo`lib, yer-suv, yer osti va yer usti boyliklari, asbob-uskuna, mashinamexanizmlar, bino-inshoatlar va boshqalardan, ikkinchidan, inson resurslari yoki mehnat resurslaridan, aniqrog`i kishilarni mehnat qilib ishlab chiqara olish qobiliyatidan. Uchinchidan, moliyaviy resurslar: Valyuta birligi va qimmatbaho qog`ozlardan, to`rtinchidan tabiiy resurslar ya'ni ishlatilsa o`rnini to`ldirish mumkin yoki mumkin bo`lmagan tabiiy boyliklardan iborat. Yer kurrasi va qa'ridagi tabiiy boyliklar ekin maydoni, o`rmonlar, qazilma boyliklar, umuman o`simlik va hayvonot dunyosi miqdoran cheklangan. Masalan Markaziy Osiyodagi sug`orma dehqonchilik Amudaryo va Sirdaryoning suv zahirasi bilan cheklangan. Aholining o`sish sur'atlari pasaygan sharoitda, aholi qariydi, uning tarkibida ishga layoqatli kishilar salmog`i qisqaradi. To`xtovsiz yuksalib boradigan ehtiyojni qondirish uchun kamyob resurslar oqilona ishlatilishi shart. Shu sababli hatto ibtidoiy jamiyatdagi kishilar yerni chirindilar va kul bilan o`g`itlab, hosildorlikni oshirishga intilganlar. Har doim cheklangan resurslarni tejamli ishlatish cheksiz ehtiyojlarni qondirish vositasi bo`lib kelgan. Yuksalayotgan ehtiyojning uni qondirish vositasi bilan aloqasi ikki yoqlama bo`ladi: 1.Ehtiyojning miqdoran ortib borishi resurs birligidan miqdoran ortib borishi resurs birligidan ko`proq iste'mol buyumlari olishni talab qiladi. 2.Ehtiyoj tarkibining yangilanishi resurs birligidan ko`p turdagi mahsulot olishni talab qiladi. Masalan: 1 tonna metalldan 10 xil emas 25 xil uy-ro`zg`or buyumlari olinadi. Ehtiyojlar tez o`zgargani sababli, muayyan resurslar sharoitida ularning hammasini birdan qondirib bo`lmaydi. Shu sababli jamiyat muqobil mahsulotlardan qaysi birini ishlab chiqarishni tanlab oladi. Resurslar cheklanganligidan bir mahsulotni ko`paytirish ikkinchisini kamaytiradi, chunki qo`shimcha mahsulot qo`shimcha resurs talab qiladi. Demak, chegaralangan resurslar doirasida hamma ehtiyojlarni bir vaqtning o`zida bir yo`la qondirib bo`lmaganidan ishlab chiqarish imkoniga qarab, u yoki bu ehtiyojlarni qondirishning optimal darajasini tanlab olish kerak bo`ladi. Resurslar sarfining birligidan olingan natija ko`paysa, ehtiyoj yaxshi qondiriladi.Resurslarning tejalishi ular sarfining yaratilgan mahsulot va xizmatlar birligiga nisbatan qisqarishi demakdir. Biologik ehtiyojlarni tushunish uchun tabiatda ishlaydigan organizm sifatida insonni ko'rib chiqish muhimdir. Bir kishining omon qolishlari uchun: oziq-ovqat, suv, havo, uyqu , issiqlik - oddiy narsalarsiz, gomeostaz buziladi, bu esa tananing o'limiga olib kelishi mumkin. Insonlarning asosiy ehtiyojlari muhim va ikkinchi darajali: xavfsiz mavjudligi; oilaning davomi; turmush; tanani maqbul, sog'lom holda saqlash; hayot uchun qulay tabiiy sharoitlar. Tanadagi organizmdagi biokimyoviy jarayonlar inson ehtiyojlarini oziq-ovqat, tabiiy sharoitlar, iqlimning bir ko'rinishida yoki boshqasida aniqlaydi. Fiziologik ehtiyojlar, masalan, oqsillarni, yog'lar va uglevodlarning oziq-ovqat mahsulotlarini iste'mol qilishdagi maqbul nisbati, umumiy qabul qilingan me'yorlarga javob beradigan va har bir kishi uchun javob beradigan biologik ehtiyojlarning bir turidir. Proteinlar etishmasligi mushak distrofiyasi olib kelishi mumkin. Tananing fiziologik parametrlari asosida insonning ehtiyojlarini tasniflash: 8 soatdan kam bo'lmagan joyda uxlash; toza havo (radiatsiya va og'ir metallar yo'q); oziq-ovqat, kaloriya tarkibi va optimal tarkibi tanani barcha zarur oziq moddalar bilan ta'minlaydi; suv (1,5 - 2 litr). Agar inson asosiy ehtiyojlar bilan qoniqmagan bo'lsa, unda ruhiy o'sishni aytish kerak emas, barcha kuchlar tirik qolishga qaratilgan. Biroq, ruhiyatning kuchini bilish uchun odamlar tasodifan o'zlarini tasalli olishdan, etarlicha oziq-ovqatdan mahrum qilishdan, askinizm yo'lini tanlaganidan misollar bor. "Ozod etilgan jannat berilmaydi!" Degan ibora bor, lekin bu ma'naviy jihatdan cheklanishlar orqali o'sishi kerakligini anglatmaydi, har kimning o'z shaxsiy usuli bor. Ruhning ehtiyojlari va ular qanday namoyon bo'lishi kerak: Bilishga ehtiyoj . XVI asrda bilim faylasufi bo'lishga intilish. M. Montaigne insonning tabiiy va ajralmas ehtiyojiga ega. Estetik ehtiyoj . Yaratguvchi ifodasi va o'ylash istagi, chiroyli yaratish va zavqlanish. Dunyoning go'zalligi qonunlariga muvofiq, uyg'unlik hissi taraqqiyotning ma'naviy nozikligini rivojlantiradi. Yaxshilik qilish kerak . Ma'naviyatga intilgan inson vijdon, diniy sabablar va jamiyatning axloqiy va axloqiy me'yorlarini boshqaradi. Yaxshi ishlarga muhtojlik, inson ruhiy shaxs sifatida rivojlanadi. XULOSA Insoniyat hayoti va uning taraqqiyoti juda murakkab, ko’p qirrali va g’oyat chigal muammolarga boydir. Bu muammolar kishilarning moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko’rsatish, fan, madaniyat, siyosat, mafkura, axloq, davlatni boshqarish sohalaridagi va nihoyat, oiladagi va boshqa faoliyat turlarining borgan sari ko’payib, rivojlanib hamda ularning o’zgarib borishi natijasida vujudga keladi. Uzoq davrlar davomida insoniyat fikrini band qilib kelgan ayrim masalalar bugungi kunda oddiy haqiqat va oson bilish mumkin bo’lgan narsaga o’xshab ko’rinadi. Masalan, bugun hammaga ma’lumki, kishilar yashashlari, siyosat, san’at, adabiyot, fan, ma’rifat, madaniyat, ta’lim bilan shug’ullanishlari uchun hayotiy ne’matlarni iste’mol qilishlari, kiyinishlari kerak. Buning uchun esa oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va turli xizmatlardan iborat hayotiy vositalar zarur. Har bir kishi, o’zining kundalik hayotida bir qancha muammolarga, ya’ni hayotiy ehtiyojlari – kiyim-kechak, oziq-ovqat, uy-ro’zg’or buyumlariga ega bo’lish, bilim olish kabi ehtiyojlar uchun zarur bo’lgan pul daromadlarini qaerdan, nima hisobiga topish kerak degan muammolarga duch keladi. Shu muammolarni yechish va o’z ehtiyojlarini qondirish maqsadida kishilar turli yo’nalishlarda, sohalarda faoliyat ko’rsatadilar. Demak, insonning turli faoliyatlari ichida eng asosiysi, insoniyatning yashashi va uning kamol topishini ta’minlaydigani moddiy va ma’naviy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatishdan iborat bo’lgan iqtisodiy faoliyatdir. Iste’mol tovarlari va xizmat ko’rsatish sohalari turli tuman bo’lganligi uchun iqtisodiy faoliyat ham turlichadir, ularning turi va soni juda ko’pdir. Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, kishilarning yashashi, kamol topishi uchun zarur bo’lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga etkazib berishga qaratilgan, bir-biri bilan bog’liqlikda amal qiladigan turli-tuman faoliyatlar yaxlit qilib, bir so’z bilan, iqtisodiy faoliyat deb ataladi. Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli uy xo’jaligi doirasida ro’y bergan. Shuning uchun qadimgi grek olimlarining (Ksenofont, Platon, Aristotel) asarlarida iqtisodiyot - uy xo’jaligi va uni yuritish qonunlari deb tushuntirilgan. Arab leksikonida «iqtisod» tejamkorlik ma’nosida tushunilgan, chunki islom diniga oid adabiyotlarda tejamkorlikka alohida e’tibor berilgan. Masalan, Quroni Karimda shunday oyat bor: «Englar, ichinglar, hadya qilinglar, ammo isrof qilmanglar».5 Lekin, hozirgi davrda iqtisodiyot keng ma’noni anglatib, faqatgina uy yoki individual xo’jalik yuritish yoki tejamkorlik ma’nosini anglatmaydi, balki iqtisodiyot - yirik xususiy xo’jalik, jamoa xo’jaligi, hissadorlik jamiyatlari, davlat xo’jaliklaridan, moliya va bank tizimlaridan, xo’jaliklararo, davlatlararo birlashmalar, korporastiyalar, konsternlar, qo’shma korxonalar, davlatlar o’rtasidagi turli iqtisodiy munosabatlaridan iborat o’ta murakkab ijtimoiy tizimni anglatadi. Buning ustiga barcha resurslarimiz - pul mablag’lari, tabiiy boyliklar, malakali ishchi kuchlari, ishlab chiqarish vositalari, iste’mol tovarlari hammasi cheklangan miqdordadir. Mana shu cheklangan iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanib, aholining to’xtovsiz o’sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga erishish, resurslar va mahsulotlarni to’g’ri taqsimlash yo’llarini topish iqtisodiyotning asosiy mazmunini tashkil etadi. Shu sababli ham cheklangan resurslardan foydalanib, cheksiz ehtiyojlarni qondira olish uchun iqtisodiy faoliyat yuritish engasosiy zaruratdir. Download 61.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling