Lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 58.03 Kb.
bet5/8
Sana25.04.2023
Hajmi58.03 Kb.
#1399301
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
fizik-kolloid(maruza) ne\'matov diyorbek

Gui – Chepmen nazariyasi. 1913 yilda Gui-Chepmen qo‘sh elektr qavat tuzilishi haqida nazariyani yaratdilar. Bu nazariyaga ko‘ra qo‘sh elektr qavat hosil bo‘lishida bir tomondan qarama – qarshi zaryadlarni ikki qavat shaklida yig’ishga intilgan elektrostatik tortishuv kuchi va ikkinchi tomondan ionlarni suyuqlik ichida tarqatuvchi Broun harakat kuchi borligi katta ahamiyatga ega. Gui – Chepmen qo‘sh elektr qavat tartibidagi qarshi ionlar qavati diffuz (yoyiq) tuzilishga ega deb faraz qildilar.
Elektroforez va elektroosmos.
Kolloid zarrachalar ma`lum zaryadga ega bo‘lganligi uchun kolloid eritmaga tashqaridan elektr toki berilganda zarrachalar biror elektrodga tomon harakat qiladi: manfiy zarracha musbat elektrodga, musbat zarracha manfiy elektrodga tomon boradi. Kolloid zarrachalarning tashqi elektr maydon ta`sirida harakat qilish hodisasi elektroforez yoki kataforez deyiladi. Bu hodisani 1807 yilda Moskva universitetining professori Reyss birinchi bo‘lib kashf etgan. Reyss bir parcha loyga ikki nayni (A va B naylarni) o‘rnatib, bu naylarga tozalab yuvilgan qum soldi va ikkala nayga bir xil balandlikda suv qo‘ydi.
So‘ngra bu suvga o‘sha vaqtda elektrning birdan-bir manbai bo‘lgan Vol`t ustuni elektrodlarini tushirdi. Tok yuborilgandan bir oz vaqt o‘tgach, musbat elektrod tushirilgan naydagi suv loyqalandi: loy zarrachalari sekin-asta ko‘tarilib, suvda suspenziya hosil qila boshladi. Lekin shu bilan bir vaqtda bu naydagi suv kamaya bordi, manfiy elektrod tushirilgan nayda esa suv ko‘tarila boshladi. Reyss bu tajribasi bilan loy zarrachalari manfiy zaryadli ekanligini isbotladi. Sрu yo‘l bilan elektroforez usulida kolloid zarrachalarning zaryadlarini aniqlash mumkin bo‘ldi.

Reyss tajribasining sxemasi.
Reyss tajribasida biz ikki hodisani ko‘ramiz: bulardan biri loy zarrachalarining musbat elektrod tomon harakati bo‘lsa, ikkinchisi suyuqlikning manfiy elektrod tomon harakat qilishidir. Suyuqlikning elektr maydonida g’ovak jism (diafragma) orqali elektrodlar tomon harakat qilishi elektroosmos deyiladi.
Elektroosmos yo‘nalishiga qarab suyuqlik zaryadi ishorasini aniqlash mumkin. Rus olimlari I. Jukov va B. Nikol`skiy elektroosmos hodisasidan foydalanib suvni tozalash usulini topdilar.

Download 58.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling