Lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Elektr-kinetik potentsialga turli omillarning ta`siri


Download 58.03 Kb.
bet7/8
Sana25.04.2023
Hajmi58.03 Kb.
#1399301
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
fizik-kolloid(maruza) ne\'matov diyorbek

Elektr-kinetik potentsialga turli omillarning ta`siri.
Elektr-kinetik potentsialga potentsialga indifferent elektrolit ta`siri.
Indifferent elektrolitlar – bularning tarkibida kolloid zarrachasini kristallik panjarasiga ta`sir etuvchi ionlar yo‘q. Amaliyotda indiferent elektrolitlar ta`sirida kolloidlarni koagullanishi o‘rganiladi. Bu elektrolitlar kolloid zarrachaning umumiy potentsialiga hech qanday ta`sir ko‘rsatmaydi. Elektrokinetik potentsial esa qarama-qarshi ionlarning
kontsentratsiyasi oshishi bilan va ikkilamchi elektr qavatning siqilishi bilan kamayadi.
Indifferent elektrolitlar qo‘shilganda ikki ko‘rinishni ajratish lozim: Sistemaga qarama – qarshi ioni bilan bir xil ionli elektrolit qo‘shish.
Termodinamik potentsial kattaligi sirtga adsorbilangan barcha anionlar bilan suyuqlikning adsorbsion va diffuzion qavatlaridagi o‘shancha kationlar orasidagi umumiy potentsiallar ayirmasini ko‘rsatadi.
Elektrostatik potentsialning kattaligi esa sirtga adsorbilangan anionlar sonidan adsorbsion qavat tarkibidagi kationlar sonini olib tashlaganda qoladigan kationlar soni bilan sirtning anionlari orasidagi potentsiallar ayirmasini ko‘rsatadi. Sistemaga elektrolit – stabilizator bilan ionlari umumiy bo‘lmagan elektrolit qo‘shish.
Birinchi holatda – agar barcha qarshi ionlarning valentliklari bir xil bo‘lgan ikkilamchi elektr qavat, qalinligi diffuz qavatning siqilishi natijasida adsorbsion qavat qalinligiga tenglashishga xarakat qiladi. Natijada ξ – potentsial nolga tenglashguncha kamayadi, bu esa sistemani izoelektrik holatiga olib keladi (ya`ni musbat va manfiy zaryadlar tenglashadi).
Ikkinchi holatda, ya`ni elektrolit stabilizatorning ikkala ionidan bo‘lmagan elektrolit qo‘shilganda kolloid zarrachaning qarshi ionlari ekvivalent miqdorda qo‘shilganda elektrolit ionlari bilan almashinadi. Almashinish ionlarning valentligiga bog’liq bo‘ladi.
Elektr-kinetik potentsialga noindiferent elektrolit ta`siri. Bunday elektrolitning bitta ioni dispers fazasining kristallik panjarasini tuzilishida qatnashadi, bu elektrolitning potentsial aniqlovchi ioni φ0 potentsialni oshirishi mumkin. Uning yonidagi ion, qarshi ion zaryadi bilan bir xil bo‘lgan ion esa ikkilamchi elektr qavatni siqa boshlaydi. elektrolitning kichik kontsentratsiyada ion sirtga ta`sir etib, kristallik panjara tuzilib bo‘lgandan so‘ng, ikki holat yuz beradi.
Qo‘sh elektr qavatning qayta zaryadlanishi. 1-qayta zaryadlanishdan avvalgi egri; 2-qayta zaryadlangandan so‘nggi egri.
Sistemaga qo‘shilgan noindifferent elektrolitning ioni kristallik panjarasiga ta`sir eta boshlaganda ξ – potentsial oshadi, elektrolitning kontsentratsiyasi oshganda esa ikkilamchi elektr qavat siqilib, ξ – potentsial kamayadi va maksimumga o‘tadi.
Noindifferent elektrolit qo‘shilganda kolloid zarracha qayta zaryadlanishi mumkin.
Masalan, buni AgJ zolini misolida ko‘rish mumkin. Zolni stabilizatori sifatida AgNO3 olingan bo‘lsin. Elektrolit qo‘shishdan oldin zolning potentsiali aniqlangan ioni Ag+, qarshi ioni NO3- bo‘lib, zolimiz musbat zaryadga ega. Sistemaga KJ ni ortiqcha miqdorda qo‘shilsa, potentsiali aniq ion J- bo‘lib, qarshi ion esa K+ bo‘ladi, zol manfiy zaryadga ega bo‘lib qoladi. Dispersion muhitdagi AgNO3 qo‘shilgan KJ bilan reaktsiyaga kirishib, sistemada qo‘shimcha miqdorda manfiy zaryadli dispers faza hosil bo‘ladi. Zolning bunday qayta zaryadlanishida nafaqat ξ – potentsial, balki φ0 -potentsial ham o‘zgaradi. Sistemaga begona ionli elektrolit qo‘shilganda faqat ξ – potentsial o‘zgaradi.

Download 58.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling