Lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti
Elektr-kinetik potentsialga pH ta`siri
Download 58.03 Kb.
|
fizik-kolloid(maruza) ne\'matov diyorbek
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kolloid sistema kontsentratsiyasining ta`siri.
- Haroratning ta`siri.
- Kolloid sistemalarning rangga ega bolish xossalari.
Elektr-kinetik potentsialga pH ta`siri. Dispersion muhitning pH qiymati ξ – potentsialga katta ta`sir ko‘rsatadi, chunki N+ va ONionlar kuchli adsorbilanish qobiliyatiga ega. H+ – ionlari o‘zlarining kichik radiuslari hisobiga ON- - ionlari esa katta dipol momentiga ega bo‘lgani uchun qattiq faza sirtiga yaqinlasha oladi.
Kolloid sistema kontsentratsiyasining ta`siri. Har qanday kolloid sistemani suyultirish natijasida ikkilamchi elektr qavatning qalinligi oshib, eritmada qarshi ionlarning kontsentratsiyasi kamayib, ξ – potentsial oshadi. Shu bilan birga suyultirish natijasida dispers faza sirtidan potentsial aniqlovchi ionlarning desorbilanishi kuzatiladi va ξ – potentsial, φ0 – potentsial kamayadi.Kontsentrlangan kolloid sistemalarda buning aksi kuzatiladi. Haroratning ta`siri. Harorat ko`tarilishi hamda issiqlik harakatining intensivligi oshishi bilan qarshi ionlarning harakati ortib, ξ – potentsial ham ortishi kerak, lekin potentsial aniqlovchi ionlarning desorbtsiyasi ham oshishi mumkin, bu holda ξ – potentsial va φ0 – potentsial kamayadi. Harorat pasayishi bilan bu holning aksi kuzatiladi. Kolloid sistemalarning rangga ega bo'lish xossalari. Optik xossalariga: yorug’likning kolloid eritmalarda tarqalishi, kolloid eritmalarning rangi, yorug’likning kolloidlarga yutilishi, ultramikroskop, elektromikroskopik va rentgenografik xossalari kiradi. Rangi: Yorug’lik nuri qismlarining yutilish xossasi bilan difraktsiya ya`ni yorug’lik zarrachani o‘rab o‘tishi hodisasining birga qo‘shilishi natijasida kolloid eritmada biror rang hosil bo‘ladi. Zollarning o‘tayotgan yorug’likdagi rangi disperslik darajasiga, zarrachalarning kimyoviy tabiatiga va shakliga bog’liq holda o‘zgaradi. Masalan: kumush zoli dispers darajasiga ko‘ra rangi: Dispers faza va dispers muhit moddalarining yorug’likni sindirish koeffitsientlari o‘rtasidagi farq qancha katta bo‘lsa, Faradey – Tindal effekti shuncha ravshan ko‘rinadi. To‘lqin uzunliklari kichik bo‘lgan binafsha va havorang nurlar kolloid sistemalarda yaxshi yoyiladi, lekin to‘lqin uzunligi katta bo‘lgan qizil nur yaxshi yoyilmaydi. Faradey – Tindal effekti zolning kontsentratsiyasi haqida fikr yuritishga imkon beradi. Kolloid eritmani kontsentratsiyasini aniqlovchi asbobga nefelometr deyiladi. Nefelometrning ishlashi sinaladigan zolda yoyilgan yorug’lik intensivligining standart zolda yoyilgan intensivligi bilan solishtirib ko‘rishga asoslangan. Ul’tramikroskopiya yordamida ma`lum hajmdagi zarrachalarning soni hisoblab topiladi, lekin zarrachaning shakl va o‘lchamlarini bevosita aniqlab bo‘lmaydi. Bu usulda zarrachaning shaklini aniqlasa bo‘ladi, masalan: kolloid zarrachalar tayoqcha shakliga ega bo‘lsa ul’tramikroskopiyada ko‘radigan yorug’ nuqtalarning ravshanligi o‘zgarib turadi. Kolloid eritmalarda yorug’likning tarqalishi. Tindal-Faradey effekti. Kolloidlarning optik xossalari qatoriga yorug’likning kolloid eritmalarda tarqalishi, kolloid eritmalarning rangi, yorug’likning kolloidlarga yutilishi, qutblangan yorug’lik tekisligining aylanish hamda ultramikroskopik, elektronomikroskopik va rentgenoskopik xossalar kiradi. Zollarga rangdorlik xossalari xos. Zollarning o‘tayotgan yorug’likdagi rangi ularning darajasiga, zarrachalarning kimyoviy tabiati va shakliga bog’liq holda o‘zgaradi. Disperslik darajasi yuqori bo‘lgan metall zollarining rangi, odatda, qizil va to‘q sariq, disperslik darajasi past bo‘lgan metall zollari binafsha va ko‘k tusli bo‘ladi. Masalan, oltinning disperslik darajasi yuqori bo‘lgan zollari qizil tusli bo‘lib, disperslik darajasi past bo‘lgan zollari binafsha va ko‘k tuslidir. Metall zollarining o‘tayotgan yorug’likdagi rangi yutilgan nurning to‘lqin uzunligiga ham bog’liq. Projector nuri, tuman, tutun havo ranglidir. Osmonning ko‘k tusda bo‘lishiga sabab quyosh nurining havo qavatlarida to‘lqin uzunligiga qarab turli darajada tarqalishidir. Download 58.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling