ʼlim vazirligi oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti
Download 353.06 Kb.
|
O\'zbek tili qoidalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- FARMOYISH HUJJATLARI VA ULARNING TURLARI
T opshiriqlar:
1. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar tuzing 2. Berilgan so‘z va iboralarni tarjima qiling va ular ishtirokida gap tuzing: mablag‘, majburiyat, ma’muriyat, moddiy javobgarlik, nizom, yo‘riqnoma, indeks, topshirilsin, tasdiqlansin, bajarilsin, bo‘shatilsin, tayinlansin; eshitildi, qaror qilindi, ko‘rib chiqildi, ko‘rsatib o‘tildi. 3. Mehnat shartnomasidan tayanch so‘zlarni ajratib yozing. 4. Quyidagi nutqiy qoliplar ishtirokida hujjatlarga misollar tuzing: Qabul qilishingizni so‘rayman, ozod etishingizni so‘rayman, ruxsat berishingizni so‘rayman, buyruqqa asosan, betobligim tufayli, ruxsat berishingizni so‘rayman 5. Oliy ta’lim muassasasi Nizomining tuzilishini yozib keling. FARMOYISH HUJJATLARI VA ULARNING TURLARIFarmoyish hujjatlari asosan tashkilot rahbarining buyruq, ko‘rsatma, farmoyishlari asosida yuzaga keladi. Farmoyish hujjatlarida vazirlik, idora, tashkilot faoliyatiga oid ma’muriy va tashkiliy masalalarning yechilishi belgilab beriladi. Bunday hujjatlar tashkilot faoliyatini boshqaradi va muvofiqlashtiradi, boshqaruv organiga uning oldiga qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirishni ta’minlash imkonini beradi. Farmoyish hujjatlari boshqaruv tizimi bo‘yicha yuqoridan quyiga: boshqaruvchi organdan boshqariladigan organga, tashkilot rahbaridan tarkibiy tuzilmalar va xodimlarga yo‘llanadigan qarorlarni o‘z ichiga oladi. Buyruq – muayyan muassasa oldida turgan asosiy va kundalik vazifalarni hal qilish maqsadida qo‘llanadigan hujjat bo‘lib, muassasa rahbari yoki uning vazifasini bajaruvchi muovin tomonidan imzolanadi. Buyruqlarning ikki turi mavjud: asosiy faoliyatga oid va shaxsiy tarkibga oid buyruqlar. Asosiy faoliyatga oid buyruqlar ishni tashkil qilish, muassasa yoki uning bo‘limlari faoliyatini tartibga solishda qo‘llanadi. Ularda, odatda, yuqori tashkilotlardan kelgan ko‘rsatmaviy hujjatlar xodimlarga yetkaziladi, ularning ijrosi yuzasidan aniq tadbir-choralar belgilanadi, mas’ul shaxslar va bajarish muddati tayinlanadi. Buyruqning asosiy matni asoslovchi (kirish) va farmoyish qismlaridan tarkib topadi. Asoslovchi qismda buyruqdan maqsad, shart-sharoitlar, sabablar ko‘rsatiladi, asos qilib olinayotgan buyruqqa havola qilinadi (nomi, raqami, sanasi yoziladi). Kadrlarning shaxsiy tarkibiga oid buyruqlar biror xodim ishga qabul qilinganda yoki bo‘shatilganda, boshqa bo‘limga o‘tkazilganda, shuningdek, muayyan xodimga nisbatan rag‘batlantirish yoki intizomiy jazo choralari qo‘llanganda, xodimga mehnat ta’tili berilganda va shu kabi hollarda beriladi. Bunday buyruqlarga tarkibiy tuzilma rahbarining taqdimnomasi, shaxsiy ariza hamda bildirgilar, xizmat tekshiruvi xulosalari va shu kabilar asos bo‘ladi. Download 353.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling