ʼlim vazirligi oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti
Download 353.06 Kb.
|
O\'zbek tili qoidalari
Majlis bayoni. Hisobot
BAYONNOMA (majlis bayoni) Majlis bayoni ‒ bayonnomalarni rasmiylashtirish ham barcha rasmiy idoralar hayotidagi ish yuritishning muhim qismlaridan hisoblanadi. Chunki turli tashkilot va muassasalar jamoalari faoliyatiga oid ko‘plab masalalar yig‘ilishlarda, demokratik yo‘l bilan hal bo‘ladi va ularni hal qilishga oid qabul qilingan qarorlar hayotga tatbiq etilishi uchun belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi. Ana shu rasmiylashtirilgan hujjat bayonnoma sanaladi. Bayonnomada turli yig‘ilishlardagi chiqishlar va qarorlar g‘oyatda siqiq va rasmiy tilda yozilgan hujjatdir. Shu hujjat asosida jamoaning faoliyati olib boriladi va nazorat qilinadi. Bayonnomada uni rasmiylashtirayotgan tashkilot va muassasaning nomi, Bayonnoma degan so‘z, yig‘ilish raqami, sanasi va joyi, qatnashuvchilar, kun tartibi, uning muhokamasi tafsiloti (asosiy ma’ruzachi va so‘zga chiquvchilar), qabul qilingan qarorlar, majlisga raislik va kotiblik qilganlarning imzosi o‘z aksini topgan bo‘lishi lozim. Agar zarur bo‘lsa, uning oxirida ilova ham berilishi mumkin. Majlis bayoni. Turli majlis, kengash va boshqa tur anjumanlarning borishini, yig‘ilish qatnashchilarining chiqishlari va ular qabul qilgan qarorlarni aniq holda qayd qiluvchi rasmiy hujjat majlis bayoni deb ataladi. Ushbu hujjat turli organlarning doimiy kotiblari tomonidan tuziladi va rasmiylashtiriladi. Majlis bayonining asosiy zaruriy qismlari: tashkilot nomi; hujjat nomi (majlis bayoni) va shartli raqami; majlis o‘tkazilgan sana; majlis o‘tkazilgan joy; tasdiqlash ustxati (agar hujjat tasdiqlanishi zarur bo‘lsa); majlis raisi va kotibining familiyalari; qatnashuvchilar ro‘yxati yoki soni; matn. KUN TARTIBI, 2) ESHITILDI, 3) SO‘ZGA CHIQDILAR, 4) QAROR QILINDI; ilovalar (agar bo‘lsa); majlis raisi va kotibining imzolari. Zaruriyat tufayli majlis davomida qabul qilingan qarorlardan ko‘chirmalar rasmiylashtiriladi. Buyruqdan ko‘chirmada bo‘lganidek, majlis bayonidan ko‘chirma ham imzo bilan tasdiqlanadi. Bayondan ko‘chirma quyidagi asosiy qismlardan iborat: tashkilot nomi; hujjat nomi (majlis bayonidan ko‘chirma); yig‘ilish o‘tkazilgan sana; shartli raqam; bayon tuzilgan joy; matn. 1) KUN TARTIBI; 2) ESHITILDI; 3) QAROR QILINDI. Imzolar. Nusxa tasdiqlangani haqida belgi (muhr bilan). Download 353.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling