ʼlim vazirligi oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti
Qudratli Darband - vaqt to‘xtagan joy
Download 353.06 Kb.
|
O\'zbek tili qoidalari
Qudratli Darband - vaqt to‘xtagan joy
O‘zbekistonning ba’zi hududlarida shu qadar mahobatli va go‘zal maskanlar mavjudki, ularning betakror manzarasi inson qalbini hayratga soladi. Maftunkor tabiatning beg‘ubor go‘zalligi sizni ajablantiradi va unutilmas xotiralarni qoldiradi. Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida joylashgan Darband darasi ham xuddi shunday maftunkor maskanlardan biridir. Bu so‘lim go‘shada hatto eng tolmas sayyohni ham hayratda qoldiradigan chuqur g‘orlar, ulkan kanyonlar, tiniq muqaddas buloq va hatto million yil oldin dinozavrlar yashagan joylar mavjud. Darband darasida o‘tmish qoldiqlarini saqlaydigan sirli muhit hukm suradi. “Darband” tojikchada “daraga to‘siq” degan ma’noni ifodalaydi. Tik qoyalarining balandligi 400 metr, uzunligi esa – 8 kilometr. Bir vaqtlar So‘g‘diyona va Hindistonni bog‘laydigan eng muhim karvon yo‘llaridan biri Darband orqali o‘tgan. Qishloq aholisi ushbu yo‘lni himoya qilish uchun mas’ul bo‘lgan, shuning uchun dara shunday g‘ayrioddiy nomga ega. Daraga kirganingizda go‘yoki vaqt to‘xtagandek tuyuladi. Bu yerliklar issiq chopon kiyishadi, qoyalarda esa siz bolalarning yalang oyoq chopib yurishini, soyda baliq ovlayotganini uchratasiz. Loy uylar benihoya mo‘rt bo‘lib ko‘rinadi, ulug’vor qoyalar esa sizni qo‘rqitmoqchi bo‘lgandek boshingiz uzra viqorli nazar soladi. Bunday betakror manzara aslo qo‘rquv uyg‘otmaydi, aksincha, o‘ziga maftun etadi. Mazkur tasvirlar Darbandning ilk go‘zalligini namoyon qiladi. Qoyali tog‘lar – Darband darasi taklif qiladigan yagona narsa emas. Qator afsonalari bilan mashhur muqaddas “Xo‘jamoy ota” bulog‘i uchun O‘zbekistonning barcha hududidan odamlar minglab kilometrni bosib kelishadi. Afsonalarga ko‘ra, bir vaqtlar Xo‘jamoy ismli qariya uzoq davom etgan qurg‘oqchilikdan so‘ng ona qishlog‘i aholisini qutqarish uchun suv topishga qaror qilgan. Xudo unga Darbandga yetib borishi va u yerda hassani uch marta yerga urib qo‘yishi haqida ishora yubordi. Xo‘jamoy ota shunday qildi va qoya ichida mo‘jizaviy tarzda g‘or paydo bo‘ladi va yozning jaziramasida ham qurimaydigan buloq otilib chiqadi. Tog‘dagi g‘or yaqinida Xo‘jamoy ota qabri – ziyoradgohi joylashgan. Bu qabrga borish oson emas, chunki unga boradigan yo‘l kichik daryo va tik pastlik bilan to‘silgan. Mahalliy aholi yillar davomida og‘ir sharoitga o‘rganib, tog‘ yonbag‘ridagi qabrga bemalol yetib borishadi. Darband darasi haqida barcha taassurotlarni tasvirlashga so‘z ojiz. Mazkur manzilgoh O‘zbekistonning beqiyos go‘zalligiga to‘liq ishonch hosil qilishda o‘zingiz kashf qilishingiz zarur bo‘lgan maskanlardan biri. Buni esa chorshanbadan tashqari har kuni Uzbekistan airways aviakompaniyasi parvoz qiladigan Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurib amalga oshirishingiz mumkin. Download 353.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling