ʼlim vazirligi oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti
Download 353.06 Kb.
|
O\'zbek tili qoidalari
Председатель совета: Нурматов А.
Секретарь: Джуракулова Г. TARJIMA MASHQI: AMALIYOT VA QIYOS(BADIIY-PUBLITSISTIK USLUBDAGI MATNLAR TARJIMASI) Oddiy xalqni himoya qilgan 40 nafar jasur qizlar haqidagi afsona O‘zbekistonda mavjud har bir tarixiy obida o‘zining g‘aroyib afsonaviy o‘tmishiga ega. Ularda o‘zbek xalqining mardligi va mehribon qalbi aks etadi. Fikrimizning yorqin isboti, Termiz shahrida joylashgan Qirqqiz qal’asi. Afsonada shunday deyilgan: Qachonlardir, O‘zbekiston zaminini oddiy xalq ozodligi uchun kurashgan 40 nafar jangchi ayollar himoya qilgan. Bir kuni ular uzoq safardan so‘ng Samarqand yonida joylashgan qal’ada qolishga qaror qilishdi. Bu vaqtda shahar dushman qo‘shinlari tomonidan o‘rab olingan edi. Jangchilar dushmanlar bilan kurashishga va yordam kelguniga qadar qal’ani himoya qilishga qaror qilishdi. Jang bir necha kun tinimsiz davom etdi. Oxir-oqibat, faqat qabila boshlig’i Guloyim omon qolishga muvaffaq bo‘ldi. Barcha jangchilaridan ayrilgan sardor esa qal’a darvozasini tark qilib Samarqandni egallashga qaror qilgan yog‘iyni kurashga chorladi. Dushman sardori Guloyimga yaqinlashib, uning ko‘zlariga boqdi-yu, o‘z o‘limini ko‘rdi. Uning jasoratiga hasad qildi va “Bu shaharning haqiqiy gavharini ko‘rdim” deb o‘z qo‘shinini orqaga chekintirdi. Shunda Guloyim yerga yiqiladi va so‘nggi bora yordamga shoshilayotgan jangchilarini ko‘radi. Ba’zi afsonalarda esa bir paytlar Qirqqizda ayollar madrasasi joylashgan. Bu Markaziy Osiyoda juda kam uchraydigan holat edi. Madrasada qirq nafar qiz tarbiyalangan bo‘lib, ularga Ruhaida binti Varroq ismli o‘qimishli ayol rahbarlik qilgan. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, Qirqqiz eramizning IX–X-asrlarida qurilgan. Uning me’mori kim ekanligi hanuz noma’lum. Yillar suroni, shiddatli vaqt oqimi – binoni ayamadi, shu bois hozir u deyarli vayronaga aylangan. Qirqqiz sayyohlar va o‘zbek xalqi orasida mashhur. Hammasi qal’ada hukm surayotgan atmosferaga bog‘liq. Xarobalar o‘tmishga qaytaradi, shahar shovqinidan, kundalik tashvish va tajribalardan ajralish tuyg'usini beradi. Qirqqiz obidasi o‘ziga xos mutlaq simmetriyadan tashkil topgan. Arkka eltuvchi har bir yo‘lakning qarama-qarshi yo‘nalishga ega tomoni mavjud. Lekin behisob o‘tish joylari tufayli qal’a devorlarida adashib qolish oson. Olimlarning fikricha, Qirqqiz 50 xonali va keng yo‘lakli katta saroy bo‘lgan. Endilikda qal’a davlat muhofazasidagi tarixiy, arxeologik yodgorlik hisoblanadi. Uzbekistan Airways aviakompaniyasi bilan sayohat qilib, chorshanbadan tashqari har kuni Qirqqiz va Termizning boshqa diqqatga sazovor joylarini ko‘rishingiz mumkin. Download 353.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling